XALIKOVA NARGIZA ABDUVALIYEVNA
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining marketing va rejalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi
• Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
• Oilali 3 nafar farzandning onasi
• 2 ta darslik, 2 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta monografiya, 1 ta patent, dastur va institutdagi hamkasblari bilan hamkorlikda 10 ta metodik qoʻllanma, mahalliy va xorij
Xalikova Nargiza Abduvaliyevna 1977-yil 30-iyunda Rossiya Federatsiyasi Irkutsk viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 60-umumta’lim maktabida a’lo baholarga o‘qigan. 1992–1994-yillarda Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabni imtiyozli tamomlagan. 1994–1999-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Kasbiy ta’lim va texnik fanlar” yo‘nalishining “injener-pedagog” ixtisosligida tahsil olgan va imtiyozli tamomlagan. 2007–2011-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetini Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti bakalavriat, 2012–2014-yillarda Maktabgacha ta’lim magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 1999–2000-yillarda – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Ichki inspeksiyasi inspektori 2002–2004-yillarda – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti aspiranti 2004–2005-yillarda – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi metodisti 2007–2017-yillarda – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash kafedrasi assistenti 2017–2018-yillarda – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi kafedrasi (0,5 stavka) assistenti 2018–2019-yillarda – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Traktorlar va avtomobillar kafedrasi assistenti 2019–2020-yillarda – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Traktorlar va avtomobillar kafedrasi dotsenti 2020–2022-yillarda – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash kafedrasi dotsenti 2022–2023-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bosh mutaxassisi 2023-yildan hozirgacha – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi Marketing va rejalashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Xalikova Nargiza Abduvaliyevna 2018-yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, texnika fanlari doktori, professor Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarligida 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash ixtisosligi bo‘yicha “Motor moylarini oksidlanish mahsulotlaridan tozalash qurilmasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash” mavzusida himoya qilgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga va 2019-yilda texnika fanlari nomzodiga ega bo‘ldi. Xalikova Nargiza Abduvaliyevna tomonidan pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha uning asosiy g‘oyalari va mazmunini aks ettiradigan jami 24 ta nashr ishlari e’lon qilingan bo‘lib, shu jumladan, 1 ta elektron darslik, 1 ta monografiya, 1 ta mualliflik guvohnomasi, 1 ta o‘quv qo‘llanma, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 17 ta maqola (jumladan, 15 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda) chop etilgan, 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan. 2020-yilda “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovining “Eng yaxshi foydali model” tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
Hozirgi kunda Xalikova Nargiza Abduvaliyevna tomonidan pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida talabalarni texnik kompetentligini rivojlantirish” (texnika yo‘nalishlari misolida) dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi 2025-yil 25-apreldan 16-may kuniga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Shihezi shahrida joylashgan Shihezi universitetida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etdi va sertifikat bilan taqdirlandi. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2025-yil 14–15-oktyabr kunlari xalqaro-ilmiy amaliy konferensiya tashkilotchisi. N.A.Xalikova hozirgi kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda Koreya Respublikasining Keimyung College University va "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetlari o‘rtasida loyihasi doirasida tuzilgan ishchi guruh koordinatori.
O‘z ishiga mas’uliyatli, talabchan va izlanuvchan olima sifatida jamoa a’zolari orasida katta hurmatga sazovor. U har qanday jamoaning munosib a’zosi bo‘lib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajara oladi va xodimlarga mehribon, talabchan va izlanishda to‘xtamaydigan, o‘z faoliyati davomida o‘zini tirishqoq, izlanuvchan, mustaqil ilm olishga qobiliyatli shaxs ekanligini namoyon qiladi.