MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

TURSUNOV  IMOMNAZAR EGAMBERDIYEVICH

TURSUNOV IMOMNAZAR EGAMBERDIYEVICH

Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti professori. • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati • O‘zbekiston “Xalq Demokratik Partiyasi” a’zosi. • Respublika tojik milliy madaniy markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi. • 200 dan ortiq ilmiy maqola, 10 ta monografiya, 4 ta darslik va 4 ta o‘quv qo‘llanma
Tursunov Imomnazar Egamberdiyevich 1964-yil 5-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati — tojik, ma’lumoti — oliy, O‘zbekiston fuqarosi. O‘zbek tilidan tashqari rus, turk, fors tillarini mukammal biladi. I.E.Tursunov oilalik, 3 ta farzandning otasi va nabiralarning sevikli bobosi, yuzlab shogirdlarning ustozidir [1]. 1972–1978-yillarda Qashqadaryo viloyati Kasbi (sobiq Ulyanov) tumanidagi A.Navoiy va M.Ulug‘bek nomli maktablarda ilk ta’lim saboqlarini olgan. 1978-yil maktab davrida o‘quvchilar orasida o‘zining bilimi, zukkoligi va a’lo xulqi bilan namuna bo‘lganligi uchun xalqaro ”Artek” (Qrim) bolalar lagerida dam olishga muyassar bo‘lgan. 1979–1982-yillarda Toshkent shahridagi Respublika yosh fiziklar va matematiklar maktab-internatida tahsil olgan. O‘qish davomida matematika va fizika fanlari bo‘yicha tuman va shahar olimpiadalarida bir necha bor faol va muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 1982-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining Sanoat va fuqaro qurilishi fakulteti gidroinshootlar qurilishi yo‘nalishiga o‘qishga kirgan.

1983–1985-yillarda armiya safida Leningrad harbiy okrugiga qarashli Sankt-Peterburg (Leningrad) va Petrozavodsk shaharlarida askarlik burchini ado etgan. 1988-yilda Turkiston harbiy okrugi tasarrufidagi Turkmanistonning Qizil Arvat shahrida harbiy xizmatda, leytenant unvonini olgan.

1988-yil Litvadagi Kayshadoris atom elektr stansiyasida (AES) amaliyot o‘tagan. 1989-yilda Toshkent politexnika institutini (kunduzgi) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik. Ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyatini 1989-yilda Qarshi shahridagi loyiha va ishlab chiqarish qurilish birlashmasida muhandis-loyihachi lavozimida boshlagan. Oliy ta’limdagi faoliyatini 1990–1992-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining gidrotexnik inshootlar kafedrasi katta laboranti lavozimida boshlagan. 1992–1995-yillarda Qarshi agrar-iqtisodiyot institutining va 1995–1997-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sirtqi bo‘limida metodist lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti mustaqil tadqiqotchisi sifatida boshlagan. Ilmiy rahbari — iqtisod fanlari doktori, professor Shepelev Viktor Maratovich. 1999-yilda ushbu institut qoshidagi ilmiy kengashda “Kichik va xususiy tadbirkorlikni mintaqaviy rivojlantirish muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan muhim ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. I.Tursunov rahbarligida, rasmiy opponentligida ko‘plab magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan [2]. 2000–2021-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi biznes maktabi direktori, iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti, institut qoshidagi dehqon, fermer xo‘jaliklari rahbarlarini qayta tayyorlash markazi direktori,



iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti, menejment kafedrasi mudiri, moliya va iqtisodiyot ishlari prorektori, ishlab chiqarish menejmenti kafedrasi mudiri, biznes va innovatsion menejment kafedrasi mudiri va xalqaro aloqalar bo‘limi eksperti lavozimlarida faoliyat yuritgan [3]. Oliy ta’lim tizimidagi faoliyati davomida, ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim tizimini sifatini va o‘quv binolarining tayyorgarligini baholash” loyihalarida ekspert sifatida ishtirok etgan. Yosh avlodni tarbiyalash va ularning intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek istiqbolli pedagog kadrlarni tayyorlash borasidagi xizmatlari uchun Viloyat, shahar hokimligi, shuningdek vazirlik tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. Bugungi zamonaviy oliy ta’limda pedagog faoliyat yuritish uchun ularning ilmiy salohiyatiga, shuningdek, xorijiy tillarni bilishi, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar bilan ishtirok etishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chiqargani, xalqaro “Xirsh” indeksiga egaligiga jiddiy e’tibor beriladi. I.Tursunov o‘z malakasi va ilmiy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. Shu izlanishlar natijasida 200 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan xalqaro va respublika konferensiyalarida va ilmiy seminar-treninglarda ishtirok etib kelmoqda.

2016-yilda Sochi (Rossiya), 2018-yilda Krasnodar (Rossiya), 2019-yilda Suxumi (Abxaziya) shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ko‘plab xorijiy iqtisodchi olimlar qatorida ishtirok etgan. 2019-yil 20–22-noyabr kunlari Moskvada Oliy iqtisodiyot maktabi (OIM), Milliy tadqiqot universiteti, Statistika tadqiqotlari va bilimlar iqtisodiyoti instituti (STBII) tomonidan tashkil etilgan «Forsayt va ilmiy-texnik hamda innovatsion siyosat» mavzusidagi IX Xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etgan.



Xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ma’ruza va taqdimotlar bilan ishtirok etganligi uchun 100 dan ortiq sertifikat va diplomlar bilan taqdirlangan. Ko‘pgina ilmiy maqolalari Respublika va xorijiy davlatlarning (AQSht, Kanada, Avstriya, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya, Polsha, Chexiya, Rossiya, Hindiston, Chili, Yaponiya va boshqa davlatlar) nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilgan. Ilmiy maqolalari xalqaro 11 darajadagi “Xirsh” indeksiga va 500 ga yaqin iqtiboslikka ega [4].

Ilmiy faoliyati davrida quyidagi xorijiy jurnallarda: European Journal of Business and Economics, Praha, Czech Republic, European Journal of Humanities and Social Sciences, Vienna, Austria, International Journal of Innovative Technologies in Economy, Warsaw, Poland, Eureka Journal of Business, Economics & Innovation Studies (EJBEIS) Osaka, ECS Journal of Solid State Science and Technology, E3S Web of Conferences, AIP Conference Proceedings, Scopus United States of America (USA). “Economics” Российский импакт-фактор, Web of Scholar Multidisciplinare Scientific Journal, Kiev, Ukraine, «Endless Light in Science», г. Астана, Казахстан, "Мировая наука", «Общественные науки», «ЭФО: Экономика. Финансы”, "Экономика и социум"(Россия) kabi nufuzli nashriyotlarda maqolalari chop etilgan. O‘zbekistonning quyidagi ilmiy jurnallarida: “Innovatsion iqtisodiyot”, “Innovatsion texnologiyalar”, “Intellektual mulkni boshqarish”, “Iqtisodiyot va ta’lim”, “Iqtisodiyot va servis”, “Bozor, pul va kredit”, “Jamiyat va boshqaruv”, «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar», “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi”, «Экономический вестник Узбекистана», Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, Tadqiqotlar jurnallarida ilmiy maqolalar chop etilgan [6]. I.Tursunov «Наука и Мир», «ЭФО: Экономика. Финансы. Общество» (Россия) xalqaro ilmiy jurnallarining tahrir hay’ati a’zosi hisoblanadi [7]. 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi tanlovining g‘olibi bo‘lgan. 2010-yilda Rossiya Federatsiyasining M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida malaka oshirgan.

2016-yilda TEMPUS (Trans-European Mobility Programme for University Studies) — Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan, hamkor davlatlarda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va oliygohlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlar loyihasi ishtirokchisi sifatida Bolgariyaning Angel Kanchev nomidagi Ruse universiteti Biznes va boshqaruv fakultetida malaka oshirishda bo‘lgan. 2019-yilda Erasmus+ (Yevropa Ittifoqi): Oliy ta’lim sohasidagi loyiha bo‘yicha Chexiyaning Praga texnika universitetida malaka oshirish (Credit Mobility) kurslarida tahsil olgan hamda ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish (CBHE) ko‘nikmalariga ega bo‘lgan. 2018–2024-yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlari asosida xorijiy davlatlarning tegishli ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishda ishtirok etdi. O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumlari ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va kadrlar tayyorlash sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlovchi eng yirik platforma hisoblanadi. I.Tursunov mamlakatimiz oliy ta’lim tashkilotlari rahbariyati tarkibida 2018-yil I forumda (2018-yil oktyabr, Toshkent) [8] va III forumda (2022-yil oktyabr, Samarqand) faol ishtirok etgan [9].



O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumlarida belgilangan vazifalar doirasida ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va kadrlar tayyorlash sohasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti, Janubiy Federal universiteti, Kuban Davlat universitetlariga tashrif buyurgan. 2023-yilda Kuban Davlat universitetida malaka oshirgan [10].



Shuningdek, talabalar almashinuvi doirasida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari ushbu nufuzli oliy dargohda ta’lim olishgan. 2023-yilda O‘zbekiston-Rossiya iqtisodchi olimlari Sidorov V.A., Turayev B.X. va Tursunov I.E.lar tomonidan “Экономическая теория” fanidan darslik yaratildi. Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim tashkilotlaridan Belarus Milliy Texnika Universiteti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘rtasida respublikada birinchilar qatorida imzolangan shartnomaga ko‘ra, “2+2” qo‘shma ta’lim dasturlarini (Double Degree) amalga oshirishda, hamda ma’muriy, tashkiliy, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishda jonbozlik ko‘rsatgan. Belarus davlatiga tashriflari davomida ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik sohasida tajriba almashish, hamkorlikda muntazam o‘tkazib kelinayotgan onlayn konferensiyalar ko‘lamini yanada kengaytirish, ilmiy adabiyotlar va maqolalar chop etish belgilangan edi [11]. 2020-yilda Tursunov I.E. va belaruslik olimlar Goncharenok I.I., Gorbachyov N.N. bilan hammualliflikda “Цифровая экономика” fanidan o‘quv qo‘llanma chop etildi. 2021-yilda belaruslik olimlar bilan hammualliflikda “Модернизация народного хозяйства и экономика рисков: вызовы и перпективы для Республики Узбекистан и Республики Беларусь” nomli monografiya chop etildi.

2023-yilda “Производственный менеджмент” fanidan belaruslik olimlar bilan hammualliflikda darslik chop etilgan. 2021-yilda Belarus Milliy Texnika Universitetida malaka oshirib qaytgan.



2024-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Biznes va logistika” kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritmoqda. I.E.Tursunov tomonidan tayyorlangan "Innovatsion iqtisodiyot", “Производственный менеджмент”, “Экономическая теория”, “Mulkni baholash va uning me’yoriy-huquqiy asoslari” fanlaridan darsliklar, “Innovatsion iqtisodiyot”, “Производственный менеджмент”, "Цифровая экономика", "Biznes va tadbirkorlik asoslari" fanlaridan o‘quv qo‘llanmalar va “Industry 4.0, Implications for Management, Economics and Law” nomli monografiyasi Germaniyaning De Gruyter nashriyotida, “Market economy under conditions of risks and uncertainty” nomli monografiyasi Buyuk Britaniyaning «LSP» London nashriyotida chop etilgan [12]. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiyalar, yaratilgan adabiyotlar tadbirkorlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va keng omma uchun mo‘ljallangan. 2001–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tojik milliy madaniy markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limining faol a’zosi, 2020-yilda markaz rahbarining o‘rinbosari va 2022-yil 2-martdan jamoatchilik asosida markaz rahbari vazifasida faoliyat yuritmoqda.

Mehnat faoliyati davomida bir qator tadbirlar, jumladan O‘zbekistonning milliy va davlat bayramlari, millatlararo totuvlikka bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etilib, “Ovozi tojik”, “Ovozi Samarqand”, “Xovar” kabi tojik tilida chiqadigan ro‘znomalarda va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining va viloyat televizion ko‘rsatuvlarida keng yoritilgan. 2022-yilda Milliy madaniy markazi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda tojik milliy madaniyati, adabiyoti va san’ati, an’analari va urf-odatlari tiklash, saqlash va rivojlantirishdagi xizmatlari uchun “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi Qashqadaryo viloyati okrug saylov komissiyasining tarkibida ishtirok etgan. 2024-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish kursida tahsil olgan. O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasidagi (XDP) faoliyati davomida mustaqilligimizni mustahkamlash, millatlararo barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan fuqarolar hayotini yaxshilash, hamda yoshlarga bilim berish va ularni kasb-hunarga o‘rgatish borasida qator ishlarni amalga oshirgan [13]. 2026-yilda "O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Iftixori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2024-yil 18-noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasining a’zosi. I.Tursunov Parlament qo‘mitasi a’zosi sifatida mamlakatdagi qonunchilikni takomillashtirishda faol qatnashib kelmoqda.





I.E.Tursunov deputat sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Polsha Respublikasi Milliy assambleyasining Seymi, Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisi, Tojikiston Respublikasi Majlisi Oliynig Majlisi namoyandagon bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlari a’zosi [14].

I.E.Tursunov xalq, jamoa va yoshlar o‘rtasida o‘zining ilm-ma’rifat sohasidagi yetuk salohiyati bilan Respublikada va xorijda alohida hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda. Fidokorona mehnati tufayli hukumatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.





I. Tursunovning shaxsiy va ilmiy ma’lumotlari quyidagi rasmiy va ommaviy manbalarda yoritib boriladi: [1]. (https://ru.wikipedia.org/wiki.ysclid=mtzu9cpu4i233006124), https://ru.wikipedia.org/wiki). [2]. (https://oak.uz/pages/26035, https://oak.uz/pages/28178). [3]. (https://portfel.qmii.uz/ietursunov). [4]. (https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=q17P5KkAAAAJ). [5]. (https://academiaone.org/index.php/4/article/view/1375?articlesBySimilarityPage=9, (https://geniusjournals.org/index.php/ejhss/article/view/7265), [6]. (https://journal.sies.uz/articles/razvitie_malogo_i_srednego_biznesa_v_usloviyah_cifrovoy_ekonomik, https://sci.ru/articles/40515, [7]. (https://scienceph.ru/editorial_staff), [8]. (https://www.gazeta.uz/uz/2018/10/16/forum/). [9]. (https://scientificrussia.ru/articles/iii-rossijsko-uzbekskij-obrazovatelnyj-forum), (https://sputniknews.uz/category_rossiya-ozbekiston-talim-forumi/). [10]. (https://kubsu.ru/ru/node/37684). [11]. (https://times.bntu.by/news/9197). [12]. (https://www.ysu.am/sites/default/files/inline-files/). [13]. https://xdp.uz/ru/fraksiya-tarkibi/60 [14]. (https://senat.uz/oz/decisions/post-5331). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy saytida (parliament.gov.uz) deputatning profillarida, u a’zo bo‘lgan qo‘mita faoliyati, qonun ijodkorligi va saylovchilar bilan uchrashuvlari tizimli ravishda e’lon qilinadi. (https://parliament.gov.uz/deputies/tursunov-imomnazar-egamberdiyevich), (https://www.gazeta.uz/ru/2024/11/01/deputies-list/) (https://lex.uz/docs/7458597) Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidagi va fraksiyadagi faoliyati partiyaning rasmiy saytida (xdp.uz va boshqalar) hamda partiyaviy (O‘zbekiston ovozi) va boshqa gazetalarda (Xalq so‘zi, Narodnoye slovo) chop etiladi. (https://xdp.uz/oz/fraksiya) Ommaviy axborot vositalari (OAV): Mahalliy va respublika miqyosidagi gazeta-jurnallar, telekanallar hamda yetakchi internet nashrlari (UzA, Kun.uz, Daryo va boshqalar) orqali deputatning qonun loyihalariga munosabati yoki hududlardagi uchrashuvlari yoritiladi. [1] (https://uza.uz/uz/posts/deputatlar-faoliyati-tahlil-qilindi_762032). Deputatning shaxsiy va rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (Facebook, Telegram, Instagram kanallari) hamda Qonunchilik palatasi va partiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali faoliyat yuzasidan tezkor ma’lumotlar berib boriladi. [1] Facebook kanallari: (https://www.facebook.com/profile.php?id=61572683007894), (https://www.facebook.com/profile.php?id=100001445548014), (https://www.facebook.com/groups/1890431011586072). [2] Telegram kanali: (https://t.me/deputat_tursunov). [3] Instagram kanali: (https://www.instagram.com/tursunovimamnazar/) [4] Odnoklassniki kanali: (https://ok.ru/profile/519274168816) [5] LinkedIn kanali: (https://www.linkedin.com/in/imomnazar-tursunov-2a479088/).