MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

TURDIYEV SAYDALI ASHUROVICH

TURDIYEV SAYDALI ASHUROVICH

Toshkent davlat agrar universiteti “O’monchilik va landshaft dizayn” kafedrasi professori • Qishloq xo’jaligi fanlari doktori (DSc), professor. Oilali 2 nafar farzandlari bor • Universitetda ilmiy faoliyati davomida chop etgan nashrlari 170 ga yaqin, shundan, 2 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya, 6 ta tavsiyanoma, 7 ta patent, 6 ta guvohnoma hamda 127 t
Turdiyev Saydali Ashurovich 1978-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Kitob tumanidagi M.R.Ogahiy nomli 63-umumta’lim maktabini imtiyozli tamomlagan. 2004-yilda Toshkent davlat agrar universitetining “O‘rmonchilik” yo‘nalishiga o‘qishga kirib, 2008-yilda bakalavriatni muvaffaqiyatli tamomlagan, 2010-yilda esa 5A620803 – “Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaftli qurilish” mutaxassisligini tugatib, magistr darajasini olgan. 2010–2014-yillarda kunduzgi stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida faoliyat yuritgan, shu bilan birga 2009–2011-yillar davomida KXA-7-069V-sonli va 2012-yilda QXA-7-055-sonli davlat buyurtmasidagi ilmiy-amaliy loyihalarda ishlagan. 2014-yildan bugungi kungacha ushbu universitetda faoliyat yuritib kelmoqda. S.A.Turdiyev 2015–2016-o‘quv yilida yangi tashkil etilgan fakultetda dekan o‘rinbosari sifatida kafedra faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda o‘zining tashabbuskorligi, mehnatsevarligi, o‘quv-uslubiy hamda tashkiliy ishlarda salmoqli hissasini qo‘shgan. Pedagogik faoliyati davomida 2015–2016-yillarda KXI-5-029-2016-sonli “Chakandaning istiqbolli shakllari ko‘chatlarini yetishtirish va ona plantatsiyasini barpo etish”, 2015–2016-yillarda QXI-5-050-2015 shifrli “Sharq jiydasining istiqbolli shakllari asosida ona plantatsiyasi barpo etish” innovatsion loyihalarida mas’ul bajaruvchi sifatida ishtirok etgan. 2017 va 2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-fevraldagi 32-sonli qaroriga muvofiq o‘tkazilgan «Oliy ta’lim muassasasining mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagogi» tanlovining 410000 – Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi ta’lim sohasida «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog» nominatsiyasida 2017-yilda 3-o‘rinni va 2018-yilda 2-o‘rinni egallab, Faxriy yorliq bilan taqdirlangan. 2018-yili 06.03.01 – “O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya himoya qilib, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2019-yilda olib borgan tadqiqotlari asosida “Отбор перспективных форм и вегетативное размножение лоха восточного (Elaeagnus orientalis L.) в Узбекистане // Интенсивные технологии размножения посадочного материала в Узбекистане” mavzusidagi monografiyasi LAP LAMBERT Academic Publishing RU (Germaniya) nashriyotida chop etilgan. Ushbu monografiya 5 tilda (fransuz, ingliz, rus, nemis va boshqa tillarda) nashr etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021-yil 24-maydagi 298/1-sonli bayonnomasi bilan 06.03.01 – “O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan. Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish maqsadida “O‘zbekistonda sharq jiydasining (Elaeagnus orientalis L.) istiqbolli shakllarini tanlash asosida navlarini yaratish” mavzusidagi dissertatsiyasini 2022-yil 18-avgustda Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04-raqamli Ilmiy kengashda 06.03.01 – “O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish” hamda 06.01.05 – “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosliklari bo‘yicha himoya qilgan va 2022-yil 30-sentyabrda qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 2025-yil 25-mayda 06.03.01 – “O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish” mutaxassisligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini olgan. S.A.Turdiyev AL-672205589-raqamli “O‘rmon xo‘jaligi atamalarining o‘zbekcha-inglizcha-ruscha-nemischa illustrativ elektron lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan hamda 16/2022-raqamli “Saksavul urug‘larini aeroekishga tayyorlash usulini ishlab chiqish” mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi (2022-yil 24-noyabrdagi “Agro-Parvoz” MCHJ bilan tuzilgan shartnoma) bajarilishiga rahbarlik qilgan. Professor S.A.Turdiyev hammuallifligida ilk marotaba o‘zbek tilida “O‘zbekiston o‘rmon ensiklopediyasi” chop etilgan. Professor S.A.Turdiyev ko‘p yillik (17 yil) ilmiy tadqiqotlari natijasida O‘zbekistonda o‘rmonchilik ilmi yo‘nalishida o‘simlik naviga ilk PATENT olgan olim hisoblanadi. Jumladan, Sharq jiydasining (Elaeagnus orientalis L.) 4 ta yaratilgan naviga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan Toshkent-16 (NAP 00279), Toshkent-22 (NAP 00280), Samarqand-7 (NAP 00278) va TDAU-16 (NAP 605) navlariga patentlar olingan bo‘lib, Qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestri ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston florasida tabiiy holda o‘sayotgan zirk (Berberis L.) turkumidagi mahalliy turlardan – qoraqand zirk (Berberis oblonga), qizil zirk (Berberis integerrima), tangasimon zirk (Berberis nummularia) ning xo‘jalik-biologik qimmatli belgilarini seleksion baholash asosida shogirdlari bilan o‘rganib, zirkning Sijjak-1 (№ 2023-739), Nanay-5 (№ 2023-740), Sijjak-10 (№ 2023-738) navlariga seleksiya yutuqlari uchun Ro‘yxatga olish guvohnomalari olingan va Qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestri ro‘yxatiga kiritilgan. Hamda tangasimon zirk “Sijjak–1” (NAP 466), Qizil zirk “Nanay–5” (NAP 457) va Qoraqand zirk “Sijjak–10” (NAP 464) navlariga ham O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan patentlar olingan. 2019–2025-yillar davomida davlat topshirig‘iga asosan Orol dengizining qurigan tubida barpo etilayotgan “Yashil qoplamalar”ning holatini, ya’ni cho‘l o‘simliklarining o‘sib rivojlanishi va saqlanishini o‘rganish maqsadida xizmat safarlariga borgan hamda yashil hududlar maydonlarini kengaytirish uchun o‘z takliflarini bergan.