Toshpulatova Shaxlo Ochilovna oshpulatova Shaxlo Ochilovna 1979-yil 9-martda Navoiy viloyati Karmana tumani Do‘rman qishlog‘ida tug‘ilgan, millati oʻzbek. 1986–1996-yillarda 3-sonli o‘rta ta’lim maktabini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1996–2001-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Fizika-matematika fakultetining Fizika va informatika yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2002–2004-yillarda Samarqand davlat universitetining Lazer fizikasi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani ham imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2004–2010-yillar davomida Navoiy davlat pedagogika institutining “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasida o‘qituvchi, 2010–2020-yillarda katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2019-yilning 20-aprelida 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini O‘zR TFA akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor Ibraimov Xolboy Ibragimovich ilmiy rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2019-yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 265/1-sonli bayonnomasiga asosan Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2021-yil 30-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 302/1-sonli bayonnomasiga asosan 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan. 2026-yilning 16-yanvarida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti huzuridagi DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)” ixtisosligidan pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. Toshpulatova Shaxlo Ochilovna 2004–2010-yillar davomida Navoiy davlat pedagogika institutining “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish faoliyatini boshlagan.
010–2019-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2019–2023-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan. Toshpulatova Shaxlo Ochilovna Turon fanlar akademiyasi prezidiumining 2022-yil 20-fevraldagi 2/02-22-sonli bayonnomasi va 246-FA guvohnomasiga asosan Faxriy akademik ilmiy unvoni va ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2023–2026-yillarda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida maqsadli doktoranturada tahsil olgan.
Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi huzuridagi “OT-F1-002 – Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy-immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental-tadqiqot loyihani amalga oshirishda ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-yil 5-maydan Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasining SAI-066 raqamli guvohnomasiga asosan “Science and Innovation” nomli Xalqaro jurnalda tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2014–2022-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutida Fizika-matematika fakulteti 3-kurs talabalari orasida “Metodlar birlashganda usullar jangga kirar” nomli o‘quv-metodik an’anaviy fan oyligi va ko‘rgazmali seminar muallifi ham hisoblanadi. Tabiatan iqtidorli, mohir pedagog va iste’dodli fan fidoyisi 2022-yilda “Yil ayoli” milliy tanlovining “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha viloyat bosqichida 1-o‘rinni, Respublika bosqichida 3-o‘rinni egallagan. 2023–2026-yildan hozirga qadar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti “Fizika” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Toshpulatova Shaxlo Ochilovna o‘ziga topshirilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib, o‘zining aql-zakovati, bilimdonligi va mehnatsevarligini namoyon eta oldi. U yetuk pedagog va ilmiy xodim bo‘lib, kelajakda soha bo‘yicha masalalarni mustaqil ravishda hal eta oladi. Shaxlo Ochilovna 2025–2026-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan va Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashiga tegishli guvohnomaga ega 2 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta uslubiy qo‘llanma hamda Intellektual mulk agentligi tomonidan tasdiqlangan 1 ta elektron o‘quv qo‘llanmalari muallifi hisoblanadi. Toshpulatova Shaxlo Ochilovna Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti huzuridagi I-OT-2019-8 – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.
Shaxlo Ochilovna 2026-yil 20-noyabrdan Belgiyadagi xalqaro jurnalning ISSN (E): 2795-739X raqamli guvohnomasiga asosan “Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching” nomli jurnalda tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Shaxlo Ochilovna 2026-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Sun’iy intellekt savodxonligi” nomli malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. Shaxlo Ochilovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan 3-sonli majlis bayonining 38-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Bir mahallaga – bitta ziyoli ma’naviy homiy” tamoyili asosida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi “Mashinasozlar” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan bo‘lib, faoliyati davomida mahalladagi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, ta’limiy va tarbiyaviy sohalarda o‘z ko‘magini berib kelmoqda. Ushbu mahallada yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga jalb etish borasida samarali faoliyat olib borayotganligi uchun mahalla raisi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Toshpulatova Shaxlo Ochilovna 2022-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida va “Universitet-maktab-mahalla-oila” modelini yo‘lga qo‘yish maqsadida Yashnobod tumanidagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Toshkent shahar “Qorako‘l Renessans school” NTM bitiruvchi sinf o‘quvchilariga O‘zMPU haqida, universitetdagi mavjud yangi ta’lim yo‘nalishlari, Aniq fanlar oliy maktabi haqida hamda magistratura mutaxassisliklari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borgan. Shaxlo Ochilovna 25 yillik pedagogik faoliyati davomida 1000 dan ortiq shogirdlar va 50 dan ortiq iqtidorli talabalar bilan samarali faoliyat olib borgan. Bulardan tashqari, Shaxlo Ochilovna o‘zining tashabbuskorligi, intiluvchanligi, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faolligi, kompyuter texnologiyalaridan yuqori darajada foydalana olish ko‘nikmasiga ega ekanligi, yurtimiz tarixini mukammal bilganligi hamda bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblangan chet tillarini (rus, turk) puxta egallaganligi muhim ahamiyatga ega. Shaxlo Ochilovna ma’naviy jihatdan yetuk inson sifatida bilib, institut jamoasi, qolaversa viloyat jamoasi orasida o‘ziga xos obro‘ va e’tiborga molik pedagog, targ‘ibotchi, tadqiqotchi va olima sifatida hurmatga sazovor inson. Tabiatan iqtidorli, mohir pedagog va iste’dodli fan fidoyisi, har qanday jamoaning munosib aʼzosi boʻlib, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajara oladi va pedagog sifatida talabalari va shogirdlariga mehribon, talabchan va izlanishda toʻxtamaslikni talab qiluvchi, oʻz faoliyati davomida oʻzini tirishqoq, izlanuvchan, mustaqil ilm olishga qobiliyatli shaxs ekanligini namoyon qiladi.