MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SOBIROV JAVOXIR XAYRULLA O’G’LI

SOBIROV JAVOXIR XAYRULLA O’G’LI

Urganch davlat Universiteti Geografiya Ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi

Sobirov Javoxir Xayrulla oʻgʻli 2001-yil, 19-dekabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani Oqdarband qishlogʻida tugʻilgan 2009-yilda Qo‘shko‘pir tumanida joylashgan 27-son umum ta'lim maktabining 1-sinfiga qabul qilindim. U yerda 11 yil ta'lim olib,  2020-yilda Qoʻshkoʻpir tumani Oqdarband qishlogʻidagi 27-son umum taʼlim maktabini aʼlo baholarga tamomlab  Urganch davlat universiteti geografiya taʼlim yoʻnalishiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan.

Universitetga kirishdan oldin ko‘plab musobaqa va ko‘rik tanlovlar hamda olimpiadalarda ishtirok etib yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan.

Masalan, Geografiya bo‘yicha bilimlar bellashuvi, fan olimpiadalarida muntazam qatnashib, tumanda 1-,2-,3-o‘rinlar bilan viloyat bosqichlarida faol qatnashgan.  2019-yilda esa Viloyat bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medali sohibi bo‘lgan va respublika bosqichiga yo’llanma olgan. Geografiya fan oyliklarida o‘zi yasagan ko‘rgazmali qurollarim bilan qatnashib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. 2018-yilda “Yuksak ma’naviyatli avlod” ko‘rik tanlovining tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan va viloyat bosqichida faol ishtirok etgan. 2020-yilda “Tabiat–o‘z uyimiz” mavzusida o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashib, tuman xalq ta'limi bo‘limi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan. Yana o‘qish va jamoat ishlaridagi faolligim sabab, Qo‘shko‘pir tumani hokimi tomonidan ko‘plab tashakkurnoma va estalik sovg‘alari qoʻlga kiritgan.

Hozirda Urganch davlat universiteti 3-bosqich talabasi. Koʻplab yuqori natijalarga erishgan. Dunyodagi nufuzli xalqaro jurnallarda koʻplab maqola va tezislar chop ettirgan. Respublika miqyosidagi koʻplab tanlovlarda faol ishtirok etib faxrli oʻrinlarni egallagan. 

2020-yilda “Yil talabasi” tanlovining Urganch davlat universiteti fakultet bosqichida faxrli oʻrinni egallagan.

2021-2022-yillarda ko’plab maqola va tezislarini respublika hamda xorijiy davlatlarning jurnal va anjumanlarida chop qildirgan.

2022-Yil 10-avgust kuni MDH miqyosida oʻtkazilgan “TASHABBUSKOR ISLOHOTCHI” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2022-yili dekabr oyida Fan va innovatsiyalar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan "OLIMLAR BAYRAMI" da “Ilm-fan targʻibotchisi” esdalik nishoni sohibi boʻlgan.

2023-yili “Ulugʻbek vorislari” tanlovining tuman bosqichida faol ishtirok etgan.

2023-yili 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va  innovatsiyalar vazirligi, Islom Kаrimov nomidаgi Toshkent dаvlаt texnikа universiteti tomonidan tashkil qilingan «Fаn vа texnikа tаrаqqiyotidа intellektuаl yoshlаrning oʻrni» mavzusidagi respublikasi ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdi.

2023-yili 27-28-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va  innovatsiyalar vazirligi,   Belarus Respublikasi ta’lim vazirligi, Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Belarusiya davlat informatika va radioelektronika universiteti, “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida oʻtkazilgan “Raqamli texnologiyalar: sohalarda amaliy joriy  etishning muammo va yechimlari”  mavzusidagi xalqaro qo‘shma ilmiy-texnik konferensiyada ishtirok etdi.

Hozirgi kunda uslubiy qo’llanmalar va ilmiy maqolalar yozish va ularni keng ommaga yetkazish ustida ishlar olib bormoqda.