SULTONOVA O‘G‘ILOY NABIYEVNA
Termiz muhandislik-texnologiya instituti "Aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi mudiri
• Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
• Oilali 6 nafar farzandning onasi 20 nafar vevaraning buvisi
• 6 ta darslik, 12ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya, 1-ta xorijdan(Hindiston) monografiyasi 2 ta variativ dastur va 2-loyiha.Termiz davlat universitetigi hamkasblari bilan 9 ta metodik qoʻllanma, 3ta Skop
Sultonova O‘g‘iloy Nabiyevna 1954-yil 5-dekabrda Surxondaryo viloyati Angor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Angor tumanidagi 3-umumta’lim maktabini oltin medal bilan tamomlagan. 1970–1974-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining Fizika fakulteti yo‘nalishida tahsil olgan va tamomlagan. 2005–2007-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi bo‘lgan. 2007-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi kengashda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2007-yili pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2018-yili Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika yo‘nalishida dotsentlik unvonini olgan. 2018–2022-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi bo‘lgan. 2022-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi ixtisosligi yo‘nalishi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 2024-yili 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi pedagogika ixtisosligidan Oliy attestatsiya komissiyasining professorlik unvonini olgan. 1974–1979-yillar – Angor tumani 5-sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi, 1982–1985-yillar – Angor tumani 29-sonli o‘rta maktab o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2011–2013-yillar – Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi, 2018–2020-yillar – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali “Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti, 2020–2021-yillar – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri, 2022-yildan h.v.q. – Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri, 2024-yildan hozirgacha universitet professori. Sultonova O‘g‘iloy Nabiyevna ish faoliyatini maktabdan boshlagan, uning umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishlash davrida erishgan yutuqlari: Fizika fanidan o‘quvchilarni fan olimpiadasiga tayyorlashda: 1982–1983-o‘quv yilida 10-sinf o‘quvchisi Jiyanova Sayyora fizika fanidan viloyat va respublika olimpiadasida 1-o‘rinni, xalqaro fizika fan olimpiadasida 5-o‘rinni olishga muyassar bo‘ldi; 11-sinf o‘quvchisi To‘laganova Dilbar respublika va xalqaro fizika fan olimpiadasi g‘olibi. Sultonova O‘g‘iloy Nabiyevna 2014–2015-yillarda Respublika test markazi tomonidan tashkil etilgan “Fizika fanidan testlar tanlovi”da ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. Testlari axborotnomalarda chop etildi. 2016–2017-o‘quv yilida DTS va o‘quv dasturini kompetensiyaviy yondashuv asosida matematika fanini tajriba-sinovdan o‘tkazishda metodistlik qildi. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi va darsliklarni ekspert qilish respublika guruhida 2017–2021-yillarda ishtirok etayotganligi, ta’limning noan’anaviy uslublaridan dars davomida kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanayotganligi tufayli uning ish tajribasi viloyat va respublikada ommalashtirilgan. 2017–2021-yillarda o‘quvchilari: 9-sinf o‘quvchisi Jo‘rayev Xudoyshukur hamda 10-sinf o‘quvchisi Tursunov Azizbeklar fan olimpiadasida viloyatda 1-o‘rinni, respublikada 2-o‘rinni egallab; 2020–2021-yillarda Tursunov Azizbek viloyatda va respublikada 1-o‘rinni, 2021-yili xalqaro fizika fan olimpiadasida 1-o‘rinni egallab, oltin medal olishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining fizika fakulteti talabasi. 2017–2019-yillarda “Yil o‘qituvchisi”, 2017-yili “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovi g‘olibi, 2020-yili UNESCO olima xotin-qizlar ko‘rik-tanlovining faol ishtirokchisi. 2023–2024-yillarda respublika loyihachi olima ayollar g‘olibi. Uning “Qishloq sharoitida muqobil elektr energiyasi hosil qilish” loyihasi respublikada g‘olib deb topildi. Oliygohda “Yosh fiziklar” to‘garagiga rahbarlik qilgan. Shogirdlari: 1-kurs talabalari Yangiboyev Usmon, Fayziyev Daler, Nuraliyev Zafarlar o‘qituvchi rahbarligida quyosh panellari, patli shvabra va kichik kombaynlar qurish loyihalari asosida ish olib bormoqda. 2021–2022-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali institutining 1-kurs talabasi Xudoyorov Jasur fizika fanidan respublika fan olimpiadasida qatnashib, 1-o‘rinni egalladi. O‘qituvchi institutda zamon talablari asosida fizika xonasini jihozlagan, ko‘rgazmali qurollar va mingdan ortiq test bloklari tayyorladi. 2021-yili “Mahallabay” va Prezidentimizning Murojaatnomasini targ‘ibot qilish guruhida ishladi, ish faoliyati namunali deb topildi. 2023–2025-yillar davomida 13.00.02 ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar, himoya ilmiy kengashi a’zosi. 2024-yilda Termiz davlat universiteti ilmiy kengashi a’zosi. 2026-yili Termiz davlat pedagogika instituti seminar kengashi raisi vazifasida faoliyat olib bormoqda. 2025-yili respublikada o‘tkazilgan olima ayollar xalqaro konferensiyasida ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 2023-yildan tuman Kengashi deputati. Ilmiy sohada 5 nafar shogirdlari fan nomzodi bo‘lib diplomlarini olishdi. Jumladan: Ismoilov Botir, Boboyeva Mahfuza, Soqiyeva Barchinoy, Sagbayeva Vitaliya, Ashurova Nasibalar. Davlatimiz tomonidan bir necha mukofotlarni olishga sazovor bo‘ldi, jumladan: • 1998–1999-yillar – 2 marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Faxriy yorlig‘i; • 2007-yil – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni (16725-guvohnoma); • 2014-yilda – “Mehnat shuhrati” ordeni (orden raqami: 1751); • 2021-yil – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi; • 2022-yil – “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali; • 2024-yil – “Mo‘tabar ayol” medali; • 2024–2025-yillar – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i; • 2025-yil – O‘zbekiston Respublikasi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni medali.