Shodiyev Hamza Ro‘ziqulovich 1982-yilda Navoiy viloyati Navbahor tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek. Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 7-umumtaʼlim maktabini imtiyozli tamomlagan. 1999–2003-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining “Gidrometeorologiya” yoʻnalishida tahsil olgan. 2003–2005-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Suv resurslari muhofazasi va ulardan samarali foydalanish magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2020–2021-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi tayanch doktoranti boʻlgan. 2021-yil Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi ilmiy darajalar beruvchi kengashida 02.00.07 – Kompozitsion, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv, kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari) ixtisosligidan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2021-yil texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2023-yil Tabiiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha dotsentlik unvonini olgan. 2021–2024-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutida fan doktori (Doctor of Science (DSc)) ilmiy darajasiga da’vogarlik bo‘yicha mustaqil izlanuvchisi boʻlgan. 2024-yil Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi Kengashda 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) ixtisosligidan pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 2026-yil 11.00.01 – Tabiiy geografiya ixtisosligidan professorlik unvonini olgan. H. R. Shodiyev 2002–2005-yillarda Toshkent shahri S. Rahimov tumanidagi 234-umumiy o‘rta ta’lim maktabi geografiya fani o‘qituvchisi, 2005–2006-yillarda Navoiy viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi inspektori, o‘rindoshlik asosida Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi Kompyuter axborot texnologiyalari akademik litseyining geografiya fani o‘qituvchisi, 2006–2008-yillarda Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi uslubchisi, 2008–2009-yillarda Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bosh uslubchisi, 2009–2010-yillarda Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi Kadrlar va marketing bo‘limi boshlig‘i, 2010–2011-yillarda Navoiy pedagogika kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2011–2015-yillarda Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi Rahbar va pedagogik kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirish sho‘basi mudiri, o‘rindoshlik asosida Navoiy davlat universiteti Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti o‘qituvchisi, 2015–2017-yillarda Navoiy viloyati Karmana sanoat kasb-hunar kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, o‘rindoshlik asosida Navoiy davlat universiteti Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti o‘qituvchisi, 2017–2020-yillarda Navoiy pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji direktori, 2020–2021-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi tayanch doktoranti, 2021–2024-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, o‘rindoshlik asosida Navoiy davlat universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o‘qituvchisi, 2024–2025-yillarda Navoiy davlat universiteti Sirtqi bo‘limi boshlig‘i, o‘rindoshlik asosida 0.5 stavka Navoiy davlat universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi professori lavozimlarida ishlagan. H. R. Shodiyev 2024-yil Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan samarali hamkorligi uchun” tashakkurnomasi bilan taqdirlangan. 2025-yil Navbahor tuman hokimi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashayotgan barkamol avlodni tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan” yoʻnalishi boʻyicha “Eng namunali ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi” nominatsiyasida tashakkurnoma bilan taqdirlangan. H. R. Shodiyev uzoq yillik ilmiy-pedagogik tajribasi asosida ta’lim mazmunidagi islohotlarni hisobga olgan holda faoliyat olib borgan lavozimlarda ilmiy tadqiqot va uslubiy ishlarni olib borish bilan birga, Navoiy shahar “Eldor G‘ijduvoniy” xususiy korxonasining 2025-yil 3-yanvardagi 1/01-sonli buyrug‘i asosida “Mahalliy xomashyolardan modifikatsiyalangan texnik kraxmal olish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi startap loyihasida 1 shtat birligida texnolog lavozimida faoliyat olib bormoqda. H. R. Shodiyev Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining 2026-yil 4-fevraldagi 8/3-sonli buyrug‘i asosida 2026-yil 30-yanvardan № 3/2025-sonli “Navoiyuran” DK uran qazib olish jarayonida buzilgan (zarar yetkazilgan) yerlarning rekultivatsiyasi bo‘yicha ilmiy-innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasiga jamoatchilik asosida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda. H. R. Shodiyev o‘z kasbiy faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimiga oid qaror va farmonlari mazmun-mohiyatini targ‘ib etishda va ularda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli ijrosini ta’minlashda samarali xizmat qilib kelmoqda. 025-yildan hozirgi kunga qadar Navoiy davlat universiteti Doktorantura bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. H. R. Shodiyev 2020-yil iyun oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan 72 soatga mo‘ljallangan “Masofaviy ta’limni tashkil etish texnologiyalari” masofaviy kursini to‘liq o‘zlashtirgan. H. R. Shodiyev 2020-yil iyun oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan 72 soatga mo‘ljallangan “English (Beginner)” masofaviy kursini to‘liq o‘zlashtirgan. H. R. Shodiyev 2020-yil iyun oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan 24 soatga mo‘ljallangan “Kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari” masofaviy kursini to‘liq o‘zlashtirgan. H. R. Shodiyev 2020-yil 22–25-noyabr kunlari “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursi”da tahsil olgan. H. R. Shodiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qaroriga (2-band, “e” xatboshi) asosan Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini, shu jumladan, o‘quv reja va dasturlari, kredit-modul tizimini joriy etish, mustaqil ta’limni tashkil etish, darsliklar, o‘qitish metodikalari va pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini o‘rganish maqsadida 2023-yilning 24-aprel – 7-may kunlari Finlyandiya davlatining Yuvaskyula, Yoensuu va Helsinki shaharlarida tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etdi. H. R. Shodiyev 2025-yil Karmana tumani 1-son texnikumi tomonidan kasbiy ta’lim tashkilotida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ekologiya oyligi” munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlarda ekologik ta’limni shakllantirishning samarali metodlari” mavzusidagi seminar-treningda master-klass o‘tkazib, ushbu tadbirda “Eng faol innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” bo‘yicha faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. H. R. Shodiyev 2025-yil oktyabr oyida o‘tkazilgan davlat xizmatchilari uchun “Davlat xizmatida faollikni ta’minlash” mavzusidagi 24 soatlik maxsus o‘quv kursida qatnashib sertifikat olgan. H. R. Shodiyev 2026-yil yanvar oyida taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishda oliy taʼlim tashkilotlari masʼuliyatini oshirish maqsadida “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari – https://aileaders.uz/” platformasida tahsil olib, sertifikat olgan. H. R. Shodiyev 2026-yil fevral oyida akademik litsey o‘quvchilari uchun geografiya fanidan tashkil etilgan master-klass darslarini yuqori saviyada, mazmunli va samarali tarzda o‘tganligi, yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini oshirishda yaqindan yordam berganligi uchun Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan. H. R. Shodiyev 2025-yil 27-iyuldan 5-sentyabrgacha mamlakatimizdagi va dunyo mamlakatlaridagi ilmiy tadqiqotchilarni zamonaviy ilg‘or qarashlar bilan tanishtirish, ilmiy faoliyatlarini jonlantirish, ilmiy nufuzi va salohiyatini o‘stirish, turli innovatsion tadqiqotlarda ishtirok etishini kuchaytirish, tadqiqotlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshirish va ularni keng ommaga targ‘ib etish maqsadida Praga shahridagi Chexiya Hayot Fanlari Universiteti va Praga Menejment va Texnologiya Instituti tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy ta’lim jarayoniga innovatsion o‘qitish texnologiyalarini joriy etish” mavzusidagi 144 akademik soatdan iborat ilg‘or malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. Praga Menejment va Texnologiya Instituti tomonidan tashkil etilgan Chexiya Qishloq xo‘jaligi universitetida (Praga) “Zamonaviy ta’lim jarayoniga innovatsion o‘qitish texnologiyalarini joriy etish” mavzusidagi ilg‘or malaka oshirish kursi doirasida 18 soatlik akademik ma’ruza o‘tkazgan. Mamlakatimizdagi va dunyo mamlakatlaridagi ilmiy tadqiqotchilarni zamonaviy ilg‘or qarashlar bilan tanishtirish, ilmiy faoliyatlarini jonlantirish, ilmiy nufuzi va salohiyatini o‘stirish, turli innovatsion tadqiqotlarda ishtirok etishini kuchaytirish, tadqiqotlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshirish va ularni keng ommaga yetkazishda Shodiyev Hamza Ro‘ziqulovich o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. H. R. Shodiyev Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasining “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali tahririyat a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda (guvohnoma raqami № SAI-022). H. R. Shodiyev “Zamonaviy ta’limda pedagogika va psixologiya” ilmiy jurnali tahririyat a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. H. R. Shodiyevning 4 nafar mustaqil izlanuvchisi pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. H. R. Shodiyev viloyatning tajribali va malakali olimi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o‘zining halol mehnati bilan munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. H. R. Shodiyev oʻz ishiga masʼuliyatli, talabchan va izlanuvchan yosh olim sifatida jamoa aʼzolari, universitet professor-oʻqituvchilari orasida katta hurmatga sazovor.