MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SHARAFUTDINOVA LEYLA POLATOVNA

SHARAFUTDINOVA LEYLA POLATOVNA

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent • Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruv institutida bevosita rahbarlik va ishtiroki bilan umumiy qiymati 60,2 mlrd so‘m bo‘lgan 50 dan ortiq fundamental va amaliy geologiya-qidiruv loyihalari amalga oshirdi. • Za
Sharafutdinova Leyla Polatovna 1980-yil 3-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda O‘zbekiston Milliy Universiteti Geologiya fakultetiga talabalikka qabul qilingan. 2001-yilda bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2004-yilda mazkur universitetning Geologiya fakulteti magistratura bosqichini “Geologiya” mutaxassisligi bo‘yicha tugatib, geolog mutaxassisligiga ega bo‘lgan. 2019-yilda 04.00.07 – “Neft va gaz konlari geologiyasi, qidirish va razvedka qilish” ixtisosligi bo‘yicha “Shimoliy Ustyurt yura yotqiziqlarining litologik-fatsial xususiyatlari hamda neftgazlilik istiqbollari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan. Ilmiy ishida neft va gaz kollektor jinslarining petrofizik xususiyatlarini kompleks tahlil qilish, ularning sanoat ahamiyatini baholash va samarali qidiruv metodlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra dotsent ilmiy unvoni berilgan. Leyla Polatovna mehnat faoliyatini 2004-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetida boshlagan. Dastlab 1-toifali muhandis sifatida faoliyat olib borib, keyinchalik katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. Bu davrda u talabalarga umumiy geologiya, neft va gaz konlari geologiyasi, litologiya, neftgazli qatlamlar litologiyasi va boshqa maxsus fanlardan dars bergan. 2006–2012-yillar davomida “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” OAJda muhandis, kichik ilmiy xodim va katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. Ushbu davrda u ilmiy-amaliy geologik-qidiruv loyihalarida faol ishtirok etgan. Uning bevosita rahbarligi va ishtirokida umumiy qiymati 60,2 milliard so‘m bo‘lgan 50 dan ortiq fundamental va amaliy tadqiqot loyihalari amalga oshirilgan. Mazkur loyihalar mamlakatimiz neft-gaz salohiyatini oshirish, yangi istiqbolli konlarni aniqlash va mavjud konlarning zaxiralarini qayta baholashga xizmat qilgan. Shuningdek, L.Sharafutdinova 2015 yili “Neft va gaz kollektor jinslarini fizik hamda petrografik usullar bilan tadqiq etish” nomdagi RH 39.0-148:2015-sonli hammualliflikda uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqqan. Ushbu metodik hujjat amaliyotda keng qo‘llanilib, geologik-qidiruv jarayonlarining sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Milliy Universiteti Geologiya kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan. 2020-2023-yillarda Geologiya fanlari universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu davrda ta’lim jarayonini kredit-modul tizimiga moslashtirish, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish va o‘quv jarayonini raqamlashtirish borasida samarali ishlarni amalga oshirgan. 2023-yildan buyon universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. Ushbu lavozimda u o‘quv jarayonini strategik rivojlantirish, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. So‘nggi uch yil davomida 2 ta darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanma yaratgan. Darsliklar zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan. TOP-300 talikka kirgan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida geologiya sohasidagi 5 ta ta’lim dasturi tubdan yangilagan. Shuningdek, universitetning 125 ta o‘quv dasturi takomillashtirgan. Bu jarayonda xalqaro standartlar, kredit-modul tizimi, kompetensiyaviy yondashuv va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim prinsiplari asos qilib olingan. 2022–2025-yillar mobaynida yetakchi xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda 1 ta ta’lim yo‘nalishi (TOP-100) va 3 ta magistratura mutaxassisligi (TOP-500) bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan. Mazkur dasturlar talabalarga ikki tomonlama diplom olish, xalqaro akademik almashinuvda ishtirok etish va global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkonini bermoqda. 2024/2025-o‘quv yilida universitetning 129 nafar bakalavriat talabalari uchun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimosti tashkilotlari bazasida haq to‘lanadigan amaliyot tashkil etilgan. Bu tashabbus talabalarni ishlab chiqarish muhiti bilan bevosita tanishtirish, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash va ularning bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 2025/2026-o‘quv yilida universitetga 20 nafar xorijiy talaba jalb etilgan, shuningdek, o‘quv jarayoniga 11 nafar yetakchi xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari taklif qilingan. Bu esa ta’lim jarayonining xalqaro darajada integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. L.Sharafutdinovaning rahbarligida “Neft va gaz konlari geologiyasi, qidirish va razvedka qilish” mutaxassisligi bo‘yicha 15 nafar magistr dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar sifatida u yosh tadqiqotchilarning mustaqil fikrlashi, ilmiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish va xalqaro darajadagi ilmiy natijalarga erishishiga alohida e’tibor qaratadi. Sharafutdinova Leyla Polatovna o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida geologiya sohasini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida salmoqli natijalarga erishgan. U tajribali olima, tashabbuskor rahbar va fidoyi pedagog sifatida oliy ta’lim tizimida munosib o‘rin egallaydi.