MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SAIDOVA NIGORAXON AKMAL QIZI

SAIDOVA NIGORAXON AKMAL QIZI

Toshkent davlat yuridik universiteti falsafa doktori (PhD) dissertanti, “Central Asian University” Xalqaro reytinglar va akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i. • Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya loyihalari doirasida 8 dan ortiq xalqaro loyihaga rahbarlik qilgan. • CAU qoshidagi "SDG Innovation Lab" ilmiy-innovatsion laboratoriyasi asoschilaridan biri. • Toshkent davlat yuridik universite
Saidova Nigoraxon Akmal qizi 1990-yil 17-iyul kuni Farg’ona shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati — o’zbek, ma’lumoti — oliy, O‘zbekiston fuqarosi. 1996–2007-yillarda Marg’ilon shahridagi 6-sonli nemis tiliga ixtisoslahsgan maktabda tahsil olgan. O‘qish davomida nemis tili, tarix va ona tili fanlari bo‘yicha tuman va shahar olimpiadalarida bir necha bor faol va muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2007-yilda nemis tili bo'yicha Respublika fanlar olimpiadasida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan, hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakultetiga imtihonsiz davlat granti asosida oq’ishga qabul qilingan. 2007-2012-yillarda Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetida xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, xalqaro huquq, diplomatik etiket fanlarini chuqur o’zlashtirdi. Talabalik davrida, 2009-yilda, xalqaro almashinuv dasturi doirasida Germaniyaning Trier universitetida bir semestr davomida Yevropa huquqi va siyosati bo'yicha yozgi maktabda o'qidi. 2010-yil Konrad Adenauer jamg‘armasining Sur-Place stipendiya dasturi doirasidagi “Eng faol talaba” tanlovi g‘olibi va stipendiyaga sazovor bo’lgan. Tanlov ta’limdagi yutuqlar, ijtimoiy faollik va liderlik fazilatlari bilan ajralib turgan talabalarni rag‘batlantirishga qaratilgan. 2012-yil – o‘qishdagi yuqori natijalari va faol talabalik faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa bo‘limida amaliyot o‘tash huquqini qo‘lga kiritdi. Olti oy davomida vazirlikda stajirovka o‘tib, xalqaro munosabatlar va diplomatik faoliyat bo‘yicha amaliy tajriba orttirdi. 2012–2013-yillarda mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va hududlararo tadqiqotlar institutida katta mutaxassis lavozimida boshladi. Faoliyati davomida davlat rahbariyati uchun tahliliy materiallar va matbuot bayonotlarini tayyorladi, shuningdek, yuqori darajadagi xalqaro tadbirlar va xalqaro konferensiyalarni tashkil etishda faol ishtirok etdi. 2013–2020-yillarda Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va monitoring qilish institutida faoliyat yuritib, katta mutaxassisdan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ishlash departamenti rahbarigacha bo‘lgan lavozimlarda ishladi. Faoliyati davomida fuqarolik jamiyati institutlari va mintaqaviy siyosat rivojlanishini monitoring qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tahlil etish, gender tengligi va xotin-qizlar huquqlariga oid yo‘nalishlarda davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar uchun tahliliy materiallar va hisobotlar tayyorlash bilan shug‘ullandi. 2021–2022-yillarda Farg‘ona davlat universitetida Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi. Universitetning xalqaro hamkorlik strategiyasini amalga oshirish, xorijiy hamkor universitetlar bilan aloqalarni rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini muvofiqlashtirish hamda xalqaro delegatsiyalar tashriflarini tashkil etishga rahbarlik qildi. Faoliyati natijasida Vengriya va Hindistonning qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi va xalqaro hamkorlik ko‘lami kengaydi. 2022–2025-yillarda “Yuksalish” harakatida bosh koordinator lavozimida faoliyat yuritdi. Faoliyati davomida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishini boshqarish bilan shug‘ullandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Antikorrupsiya laboratoriyasi loyihasini boshqarib, institutsional halollikni baholash metodologiyasi, miqdoriy so‘rovnomalar hamda davlat organlari uchun dalillarga asoslangan tahliliy tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etdi. Asosiy mehnat faoliyati bilan bir qatorda 2022–2026-yillarda qator xalqaro loyiha va dasturlarda loyiha menejeri hamda katta loyiha koordinatori sifatida faoliyat yuritdi. Jumladan, Yevropa Ittifoqi (European Union) tomonidan moliyalashtirilgan «Empowerment Now» dasturida loyiha menejeri sifatida loyiha siklining barcha bosqichlarini boshqardi, monitoring va baholash (M&E) tizimlarini ishlab chiqdi hamda Yevropa Komissiyasiga hisobotlarni tayyorladi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning International Alert tashkiloti va UK International Development bilan hamkorlikda amalga oshirilgan mintaqaviy loyihalarda ishtirok etdi, media savodxonligi va faktlarni tekshirish, iqlim siyosati hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi xalqaro loyihalarni muvofiqlashtirdi. 2023-yilda Buyuk Britaniyaning International Alert tashkiloti hamda UK International Development tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tashkil etilgan «Living with Dignity» metodologiyasi bo‘yicha trenerlar tayyorlash dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro sertifikatga sazovor bo‘ldi. Umumiy hisobda boshqaruv, korrupsiyaga qarshi kurash, media savodxonligi, iqlim siyosati va ta’lim yo‘nalishlarida 8 dan ortiq xalqaro loyiha va dasturlarda ishtirok etdi. 2025-yil may oyidan buyon Central Asian University (CAU)da Xalqaro reytinglar va akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda. Universitetning xalqaro reyting va akkreditatsiya strategiyasini amalga oshirish, Times Higher Education (THE), QS, UI GreenMetric, Round University Ranking (RUR), AD Scientific Index hamda boshqa xalqaro baholash tizimlari bo‘yicha institutsional hisobotlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, CAU qoshidagi SDG Innovation Lab asoschilaridan biri bo‘lib, Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) doirasida universitet, xalqaro tashkilotlar va biznes hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. N.A. Saidova xalqaro oliy ta’lim, universitetlar reytingi va institutsional rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro forum va konferensiyalarda Central Asian University vakili sifatida muntazam ishtirok etib kelmoqda. N.A.Saidova shu bilan birga CAU qoshidagi SDG Innovation Labning asoschilaridan biri hisoblanadi — bu laboratoriya Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadi (SDG) doirasida universitet, talabalar va xalqaro hamkorlarni birlashtiruvchi fanlararo platforma sifatida faoliyat yuritadi. N.A.Saidova xalqaro akademik hamjamiyatda universitetni faol namoyon etib kelmoqda. 2025-yil 24–25-sentabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahridagi Heydar Aliyev markazida bo'lib o'tgan “THE Eurasia Universities Summit 2025” sammitida CAU vakili sifatida ishtirok etdi. Times Higher Education tomonidan Ozarbayjon Fan va ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan 300 dan ortiq universitet rahbarlari va siyosat ishlab chiquvchilar ishtirok etdi; muhokamalar transmilliy tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik, barqarorlik va oliy ta'limning global ta'siri masalalariga bag'ishlandi. Ishtiroki Times Higher Education tomonidan rasmiy sertifikat bilan tasdiqlangan. Shuningdek, N.A.Saidova Times Higher Education Summit doirasida Xitoy (Makao) sammitida ishtirok etdi, Toshkentda QS Eurasia sammitini tashkil etishda bevosita ishtirok etdi. Hamda AlmaU universiteti tashkil etgan xalqaro akademik tadbirlarda CAU delegati sifatida qatnashdi. 2026-yil 11–13-iyun kunlari Olmaota shahrida bo'lib o'tgan “Impact-Driven Universities: Education, Leadership and Societal Change” mavzusidagi IAUP (International Association of University Presidents) Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasida CAU vakili sifatida ishtirok etdi. Ilmiy faoliyatini davom ettirish hamda biznes huquqi va xalqaro xususiy huquq sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida 2022–2023-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining «Biznes huquqi va xalqaro xususiy huquq» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil oldi. 2024-yil fevral oyidan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi huzurida mustaqil izlanuvchi sifatida tahsil olmoqda. “O‘zbekistonda elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar)ni huquqiy tartibga solish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy rahbari — yuridik fanlari doktori, professor Sh.N. Ruzinazarov. Tadqiqot doirasida elektron tijorat va raqamli platformalarni huquqiy tartibga solishning ilg‘or xorijiy tajribasi qiyosiy-huquqiy tahlil qilinib, O‘zbekistonda marketpleyslar faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish hamda platforma operatorlarining huquqiy maqomi va javobgarligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda Nigora Saidova ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan bir qatorda elektron tijorat, raqamli platformalar huquqi, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda. U 25 dan ortiq ilmiy maqola muallifi bo‘lib, ilmiy ishlari O‘zbekiston va xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan. Tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari elektron tijorat platformalarini huquqiy tartibga solish, platforma operatorlarining huquqiy javobgarligi, raqamli bozorlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston qonunchiligini ilg‘or xalqaro tajriba asosida takomillashtirish masalalarini qamrab oladi. Ilmiy va akademik faoliyatidan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda “Nigora Edu” ta’lim loyihasi asoschisi va muallifi sifatida faoliyat yuritadi. Mazkur loyiha orqali doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash, dissertatsiya yozish metodologiyasi, ilmiy izlanishlarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda oliy ta’lim tizimidagi dolzarb islohotlar bo‘yicha o‘zbek tilida ilmiy-ma’rifiy kontent yaratib kelmoqda.