SAGINOVA AYGERIM SISENBAYEVNA
• Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengashining “Umid uchquni”, shuningdek, “O‘z kasbining fidoyisi” hamda “Innovatsion targ‘ibotchi”ko‘krak nishonlari sohibasi.
• O‘zbekiston Respublikasi “Ziyolilar TOP-100” ro‘yxatiga kiritilgan (medal va sertifikat bilan), “Zulfiyaxonim” nomidagi Davlat mukofotining Xorazm viloyati bosqichi hamda “VI I
Saginova Aygerim Sisenbayevna 2000-yil 28-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Ilm-fanga bo‘lgan yuksak qiziqishi va intiluvchanligi tufayli u dastlabki ta’lim bosqichlaridanoq yuqori natijalarni ko‘rsatib kelgan. Jumladan, 2015-yilda Shumanay tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Dastlabki tibbiy ko‘nikmalarni egallash maqsadida Nukus tibbiyot kollejiga o‘qishga kirib, 2018-yilda ushbu maskanni “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli (qizil) diplom bilan yakunlagan. Iqtidorli va izlanuvchan yosh mutassis sifatida A. S. Saginova 2021-yilda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Bakalavriat bosqichida bilimlarni chuqur o‘zlashtirib, 2025-yilda universitetning “Diagnostika va laboratoriya” yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan. O‘zidagi yuqori ilmiy salohiyat va akademik ko‘rsatkichlari evaziga u muddatidan avval magistratura bosqichiga davlat granti asosida qabul qilinish baxtiga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, o‘z bilimlarini tibbiyot sohasi bo‘yicha yanada kengaytirish maqsadida 2025-yildan e’tiboran Ma’mun universitetining Tibbiyot fakulteti “Davolash ishi” yo‘nalishida tahsil olib kelmoqda. A. S. Saginova nafaqat akademik o‘zlashtirishi, balki sermahsul ilmiy va jamoat faoliyati bilan ham alohida ajralib turadi. Uning yoshlar o‘rtasida ilm-fan va tibbiyotni rivojlantirish borasidagi tashabbuskorligi munosib e’tirof etilib, 2024-yilda eng nufuzli davlat mukofotlaridan biri — Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi. Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasining “Ziyolilar TOP-100” ro‘yxatiga kiritilib, maxsus sertifikat hamda medal bilan mukofotlangan. Uning soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi hamda faolligi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan yuksak qadrlandi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengashi Rayosatining 25-iyundagi qaroriga muvofiq “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan, shuningdek, “O‘z kasbining fidoyisi” hamda “Innovatsion targ‘ibotchi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. U iqtidorli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofotining Xorazm viloyati bosqichi g‘olibi hisoblanadi. A. S. Saginova xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy bellashuvlar va xalqaro tajriba almashish dasturlarida ham faol qatnashib kelmoqda. U 2025-yilda o‘tkazilgan “VI International Olympiad of Medical Students — 2025” xalqaro tibbiyot talabalari olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. O‘z malakasi hamda dunyoqarashini oshirish maqsadida 2026-yilda Yaponiyaning Nagoya shahridagi nufuzli “Kinjo Gakuin” universitetida tibbiyot sohasi bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli o‘tab qaytdi. Hozirgi kunda u Ma’mun universiteti Tibbiyot fakultetining koordinatori hamda universitet “Yoshlar akademiyasi”ning lideri sifatida talaba-yoshlar o‘rtasida tashkilotchilik faoliyatini olib bormoqda. Shu bilan birga, u tibbiyot va biotexnologiyalar sohasiga oid 4 ta istiqbolli startap loyihaning rahbari sifatida ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish ustida samarali izlanishlar olib bormoqda.