RUSTAMOV SHERZOD RUSTAMOVICH
“SUVMASH” aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi
Texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
Oilali 3 nafar farzandning otasi
29 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta monografiya, 4 ta foydali modelga patent 5 ta metodik qoʻllanma, mahalliy va xorijiy nashrlarda 29 dan ortiq ilmiy maqolalar, taʼmirlash va ishonchliligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot hisobotlari muallifi.
Rustamov Sherzod Rustamovich 1982-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek. 2000-2004-yillardaToshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida tahsil olgan. 2007-2009-yillarda mazkur institut magistranti sifatida faoliyat yuritgan. 2007-2009-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini magistraturasini tamomlagan. 2010-2012-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, 2012-2013-yillarda “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” kafedrasi stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi. 2013-2014-yillarda katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimlarida ishlagan. 2014-2015-yillarda “Gidromeliorativ ishlarini tashkil etish va ularning texnologiyasi” kafedrasida assistent sifatida faoliyat olib borgan. 2015-yildan “SUVMASH” aksiyadorlik jamiyatida konstruktor-texnologik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 2024-yilda mazkur jamiyatda bosh muhandis lavozimiga tayinlangan. 2026-yildan esa direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda. U nasos agregatlari va gidravlik mashinalar sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borib, irrigatsiya tizimlari uchun energiya tejamkor nasos konstruksiyalarini yaratish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Sh.R.Rustamov texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan bo‘lib, ilmiy-pedagogik faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Sh.Rustamov 29 ta ilmiy maqola, 2 ta monografiya, 4 ta foydali model patenti hamda nasoslarni ishlab chiqarish, taʼmirlash va ishonchliligi boʻyicha 3 ta ilmiy-tadqiqot hisobotlari muallifi hisoblanadi. Sh.Rustamov tomonidan D turidagi nasos uchun optimal ish rejimini tanlash metodikasi ishlab chiqilgan. Sh.Rustamov rahbarligida 5 ta yangi nasos konstruktsiyasi ishlab chiqilib, ishlab chiqarishga joriy etilgan. Uning tashabbusi bilan Buxoro, Samarqand va Qarshi hududlarida 5 ta yangi nasos stansiyasi ishga tushirilgan. Sh.R.Rustamov quyidagi davlat ilmiy-texnik dasturlarida ishtirok etgan: Nasos stansiyalarining texnik holatini baholashning umumlashtirilgan usullari, va Irrigatsiya tizimlari uchun markazdan qochma nasoslarning yangi konstruksiyalari va ish rejimlarini ishlab chiqish. Hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga D4000-95SM turidagi import oʻrnini bosuvchi nasosni ishlab chiqish boʻyicha innovatsion loyiha taqdim etilgan. Sh.R.Rustamov pedagogik faoliyat bilan ham shugʻullanib, 6 nafar magistr va 11 nafardan ortiq bakalavr muhandislarni tayyorlagan. Hozirgi vaqtda 2 nafar bakalavr va 1 nafar magistrantga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Sh.R.Rustamov texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning dissertatsiya ishi “Sug‘orish tizimlaridagi markazdan qochma nasoslarning yangi konstruktiv parametrlarini va ishlash rejimlarini ishlab chiqish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Gidrotekhnika va melioratsiya qurilishi” ixtisosligi bo‘yicha professor O.Ya. Glovatskiy ilmiy rahbarligida bajarilgan. Tadqiqotda markazdan qochma nasoslarning yangi konstruktiv parametrlari, ish rejimlari, kavitatsion yemirilishni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy natijalar olingan. Sh.R.Rustamov 2021-yilda xalqaro bazalarda indekslanadigan nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirib, nasos qurilmalari, markazdan qochma nasoslarning ish rejimlari hamda irrigatsiya tizimlari samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalarini eʼlon qilgan. Sh.R.Rustamov 2020-yilda “Nasos stansiyasi” foydali modeli uchun Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent bilan taqdirlangan. Mazkur ixtiro nasos stansiyalarining samaradorligini oshirish va ekspluatatsiya ishonchliligini yaxshilashga qaratilgan konstruktiv yechimlarni o‘z ichiga oladi. Sh.R.Rustamov “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”da magistratura bosqichiga kirish imtihonlarida ishtirok etib, nomzodlarning mutaxassislik bilimlarini adolatli baholash, shaffof raqobat muhitini taʼminlashga qoʻshgan hissasi uchun institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bilan taqdirlangan. Sh.R.Rustamov “SUVMASH” AJ faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda oʻzining tashabbuskorligi, harakatchanligi, kadrlarni tanlash, ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi, yangi konstruktiv qurilmalar va nasos stansiyalarni ishga tushirish orqali irrigatsiya tizimlarining rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshgan. Oʻz ishiga masʼuliyatli, talabchan va izlanuvchan yetuk muhandis va olim sifatida jamiyat aʼzolari va suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari orasida katta hurmatga sazovor. U har qanday jamoaning munosib aʼzosi boʻlib, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajara oladi va rahbar sifatida xodimlariga mehribon, talabchan va izlanishda toʻxtamaslikni talab qiluvchi, oʻz faoliyati davomida oʻzini tirishqoq, izlanuvchan, mustaqil ilm olishga qobiliyatli shaxs ekanligini namoyon qiladi.