2000-yil 11-avgustda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tugʻilgan. Chiroqchi tumanida joylashgan 160 umumiy oʻrta talim maktabida ilk boshlangʻich ta’lim olgan va 2016-yil maktabni imtiyozli shaxodatnoma bilan tugatgan. Maktab davrida oʻzining tashabbuskorligi va intiluvchanligi bilan tengdoshlaridan ajralib turganligi uchun Kamolot YOIH maktab sardori boʻlib faoliyat yuritgan. Arxitekturaga qiziqishi va qobiliyati borligi uchun respublika miqyosida oʻtkazilgan “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovining “Arxitektura va dizayn” yoʻnalishi boʻyicha “Shaharsozlik va landshaft” nominatsiyasida faxrli II oʻrini qoʻlga kiritgan.
2016-yil imtihon asosida Qarshi Transport kasb hunar kollejiga qabul qilinadi. Kollej davrida ham o’z iqtidorini namoyon qilib, oʻz ustida doimo ishlashi natijasi bilan sardorlar kengashi a’zosi boʻldi. 2017-2018 oʻquv yilidagi say harakati va izlanishlar olib borgani uchun Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqini Boshlangʻich Tashkilotini faoliyatini namunali tashkil etishda va intiluvchanligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmasi tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan insholar tanlovida faxrli I oʻrinni egalladi. Rustamov Javlon davlatinimiz ravnaqiga xizmatini siyosiy maydonda ham koʻrsatish uchun 2018-yil 17-sentabrda Oʻzbekiston XDP Qarshi shahar kengashi a’zosi boʻlib qabul qilindi.
Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir! Shu shiorni o’ziga maqsad qilgan Rustamov Javlon Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirliga qarashli Chaqiruvchilarni Harbiy Texnik Tayyorlash Markazida 2019-2020 oʻquv yilida uqib oʻz muttaxasisligini egalash bilan birga yana qoʻshimcha muttaxasisligni ham egalab ikki mutaxassisligini oʻrgandi. Markaz miqyosida guruhlar oʻrtasidagi “Ma’naviy va ma’rifiy a’lochi guruh” yoʻnalishida birinchi oʻrini egalladi. Umum jamoa hisobida faxrli 2 oʻrini qoʻlga kiridi. Shu uchun oʻquv yili soʻngida markaz qoʻmondonligi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Vatan himoyasiga chaqirilgan har bir oʻgʻlon labbay deb javob berishi darkor. Rustamov Javlon ham oʻz buchini bajarish uchun harbiy xizmatga yoʻl oldi va Ona Vatan uchun xizmatini 2020-2021-yillar davomida bajarib 2021-yil aprel oyida qaytdi. Xizmati davomida oʻz xizmatiga sadoqatini ko’rsatib xizmatdoshlari oʻrtasida alohida oʻrnak boʻlganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hamda Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdan erishgan yutuqlari uchun qomondonligi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlanadi. Xizmat davrida ham ilm olishni toʻxtatmagan Javlon xizmat yakunida OTM kirish uchun qoʻshimcha kvota beriladigan imtiyozga ega bo’ldi.
Rustamov Javlon xizmatdan qaytgandan so’ng unga Universal Temurbeklar harbiy sport maktabidan unga murrabiylik ishi taklif qildi. Endi u murrabiy boʻldi. Uning murrabiylik davrida shogirdlari orasidan “Universal jang” sport turi boʻyicha Oʻzbekiston va Jahon chempionlari yetishib chiqqanligi alohida e’tiborga sazovar jihati hisoblanadi.
Rustamov Javlon ish bilan birga ilm yoʻlidan bordi va 2021-yil 23-may da “Qit’alar aro yoshlar ilmiy amaliy konferinsiyasi”da va 2021-yil 20-aprel sanasida “Xalqaro ta’lim konferensiyasi”da o’z fikrlari bilan qatnashib yuqori natijalarni ko’rsatdi. 2021 - yilning 30 - iyun kuni “Maqsad sari ilk qadam” seminarlar forumida faol ishtiroki uchun ham taqdirlandi. Oʻqish va ilm doimo kerak shu uchun Rustam Javlon Avstraliya davlatida joylashgan UKI biznes Universitetida raqamli koʻnikmalar va raqamli marketing yoʻnalishida oʻqidi hamda Oʻzbekiston Volontyorlar Assotsatsiyasi Yosh volontyorlar va Oltin Qanot volontyorlari Qashqadaryo viloyati kordinatori boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.
Rustamov Javlon tashabbusi bilan 2022-yil yozgi ta’til vaqtida Chiroqchi tumani ayrim moddiy ta’minoti kam yoshlar bepul “Boshlangʻich kompyuter savodxonligi” oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab sertifikatlar bilan taqdirlandi. 2022 - yil 9 – 10 - aprel kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tashkil etilgan “Islohotchi yoshlar-2022” Respublika forumida ham faol ishtirok etdi va taqdirlandi.
2019-2022-yillar davomida "Sciense and education", "Galaxy International Interdissiplinary Research Journal", “So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi” Obrazovaniy i nauka v XXI veke", Oʻzbekiston fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar", "Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyada" maqollar va boshqa tezislar nashr etmoqda.
2022-yil mart oyida “Best publication” ilmiy tadqiqotlari markazi tomonidan MDH oʻrtasida oʻtkazilgan “Ilm fan sohasidagi xizmati uchun” amaliy koʻrik tanlovda 1000 dan oshiq ilmiy maqolalar orasidan kuchli 100talikga kirib gʻolib boʻlib “Ilm fan sohasidagi xizmati uchun” koʻkrak nishoniga sazovar boʻldi. Shu bilan yana izlanishi oshirdi va ikki kitob ustida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Yilning sarhisobi yaqinlashishi bilan yana katta tanlovga start berildi 2022-yil avgust oyida “Best publication” ilmiy tadqiqotlari markazi tomonidan MDH oʻrtasida oʻtkazilgan “Tashabbuskor islohotchi” koʻrik tanlovida oʻzining ilmiy maqolasi bilan qatnashgan Rustamov Javlon bu safar ham yana bir bor gʻoliblik nashidasini surdi va “Tashabbuskor islohotchi” koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi.
Hozirgi kunda Tashkent Kimyo International University “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yoʻnalishi 2 - bosqich talabasi va shu bilan Qashqadaryo viloyati Oltin Qanot volontyorlari kordinatori bulib faoliyat yuritib kelmoqda.