MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

RAZZOKOV XABIB XOLIKOVICH

RAZZOKOV XABIB XOLIKOVICH

• Ilmiy daraja va unvon: Texnika fanlari nomzodi, dotsent. •Xalqaro kompaniyalarda rahbarlik: “UzBAT” va “Nestlé” korxonalarida menejer hamda boʻlim boshligʻi boʻlib ishlagan. •Mualliflik: “Hayot faoliyati xavfsizligi” oʻquv qoʻllanmasi va "Ergonomika" (2026) darsligi yaratuvchisi. •Xalqaro tajriba: Irlandiya, Shvetsiya, Portugaliya va Rossiyada malaka oshirgan; ingliz, rus va tojik tillarini b
Razzokov Xabib Xolikovich 1962-yil 7-mayda Samarqand tumanining Bo‘zi qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan, millati o‘zbek. X. X. Razzokov 1969–1979-yillarda Samarqand tumanidagi 15-o‘rta maktabni "Oltin medal" bilan tamomlagan. 1979-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalashtirish muhandislari institutining Qarshi filiali "Qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash" fakultetiga o‘qishga kirgan va 1984-yilda mazkur institutni muhandis-mehanik mutassisligi bo‘yicha tamomlab, shu institutda o‘qituvchi va ishlab chiqarish ustasi lavozimida faoliyat boshlagan. 1985-yilda institutning ilmiy-o‘quv rejasi asosida Moskva Gidromelioratsiya institutining “Traktor va avtomobil” kafedrasida bir yillik malaka oshirish kursida tahsil olgan. Xizmat safari davomida aspiranturaga kirish imtihonlarini topshirib, aspiranturaga qabul qilingan va “Выбор конструктивных параметров многоосной шарнирно-сочлененной машины мелиоративного назначения на стадии предпроектной разработки” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan. 1991-yil 17-iyunda MGMIning ihtisoslashgan ilmiy kengashida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va tehnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Dissertatsiyasini himoya qilganidan so‘ng, X. X. Razzokov 1991–1993-yillarda Samarqand viloyat agrosanoat uyushmasida bosh mutassis, 1993–1997-yillarda Samarqand Davlat arhitektura-qurilish institutida (SamDAQI) “Qurilish mashinalari, uskunalari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi hamda “Qurilish tehnologiyasi” fakulteti dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1997–2002-yillarda UzBAT qo‘shma korxonasi e’lon qilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, ishlab chiqarish bo‘limi menejeri lavozimiga qabul qilingan. 1997-yildan 2002-yil iyun oyigacha ushbu korxonada smena boshlig‘i, ishlab chiqarish bo‘yicha menejer, mahsulotlarni rejalashtirish va tarqatish bo‘yicha menejer lavozimlarida ishlagan. 2000-yilda ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish dasturi asosida Moskva va Dakka (Bangladesh) shaharlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etib qaytgan. 2002-yil iyun oyidan Nestlé qo‘shma korxonasining Namangan fabrikasida tanlov asosida ta’minot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga qabul qilingan. 2004-yil aprel oyida oilaviy sabablarga ko‘ra Samarqandga qaytib, tanlov asosida UzBAT qo‘shma korxonasining Samarqand va Urgut hududlari bo‘yicha omborlar boshqaruvchisi lavozimiga ishga qabul qilingan. X. X. Razzokov 2005-yil yanvardan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti (2016-yildan — Samarqand veterinariya meditsinasi instituti) “Umumiy tehnika fanlari va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-yil 8-maydan 2020-yil 1-sentyabrgacha ushbu institutning “Agroinjeneriya” kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan. 2019-yilda hammualliflikda “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan vazirlik grifi ostida o‘quv qo‘llanma chop ettirgan. 2020-yil 1-sentyabrdan 28-oktyabrgacha Samarqand davlat arhitektura-qurilish institutida “Qurilish tehnologiyalari va uni tashkil etish” kafedrasida dotsent, 2020-yil 28-oktyabrdan 2022-yil 23-iyulgacha esa “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirgi vaqtda Samarqand davlat tehnika universitetida ishlaydi. 2026-yilda “Ergonomika” fanidan darsligi chopdan chiqdi. Institutdagi faoliyati davomida X. X. Razzokov xorijiy xizmat safarlarida bo‘lgan: 2012-yilda Irlandiyaning Dublin, 2013-yilda Shvetsiyaning Stokgolm, 2017-yilda Rossiyaning Chelyabinsk va 2018-yilda Portugaliyaning Lissabon shaharlarida bo‘lib qaytgan. X. X. Razzokov tojik, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladi. Davlat mukofotlariga tavsiya etilmagan va saylovlarda nomzod sifatida qatnashmagan. 1981-yilda oila qurgan, to‘rt farzandning — bir o‘g‘il va uch qizning otasidir. O‘z ishiga mas’uliyatli, talabchan va izlanuvchan tajribali mutassis sifatida jamoa a’zolari va hamkasblari orasida katta hurmatga sazovor. U ko‘p yillik pedagogik va ishlab chiqarish faoliyati davomida o‘zining bilimi, intizomi va tashkilotchilik qobiliyati bilan namuna bo‘lib kelgan hamda har qanday jamoaning munosib a’zosi sifatida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajaradi.