RASULXO‘JAYEVA MADINA AXMADJONOVNA
• Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b. professor
• Oilali 2 nafar farzandning onasi
• 4 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya, mahalliy va xorijiy nashrlarda 100 ta ilmiy maqolalar chop ettirgan.
• Xorijiy davlatlarda 4 ta malaka oshirganlik sertifikatlari
Rasulxo‘jayeva Madina Axmadjonovna 1975-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 45-umumtaʼlim maktabini imtiyozli tamomlab, 1992–1994-yillarda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 20-sonli kollejning “Maktabgacha ta’lim” yoʻnalishida tahsil olgan va uni imtiyozli tugatgan. 1997–2002-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Maktabgacha va oilaviy taʻlim” bakalavriat bosqichini, 2002–2004-yillarda “Maktabgacha va oilaviy taʻlim” magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2004-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va oilaviy ta’lim kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2017–2018-yillarda Nizomiy nomidagi TDPUning Nazorat bo‘limi metodisti lavozimida ishlagan. Ushbu yillarda Maktabgacha ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga o‘tkazilgan. 2021-yilda Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan. M. A. Rasulxo‘jayeva 2022-yilda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy kengashda 13.00.08 – “Maktabgacha taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2024-yilda maktabgacha taʻlim yoʻnalishi boʻyicha dotsentlik unvonini olgan. 2023–2024-yillar davomida Qo‘qon universitetining “Ta’lim” kafedrasida dotsent lavozimida bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga turli pedagogik-metodik fanlardan dars mashg‘ulotlarini olib borgan. 2024-yilda Toshkent shahridagi Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida dotsent lavozimida o‘qituvchilik qilgan. 2025-yilda Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri lavozimiga o‘tgan. 2023-yilda dunyo mamlakatlarining oliy ta’lim tizimidagi top-1000 talikka kirgan Qozog‘iston Respublikasining M. Auezov nomidagi universitetida pedagogika sohasida 144 soatlik malaka oshirgan. 2024-yilda maktabgacha ta’lim sohasi istiqbolini rivojlantirish maqsadida bir qancha o‘quv fan dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar yaratgan. M. A. Rasulxo‘jayeva Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasidagi o‘qituvchilik lavozimi bilan parallel ravishda 2014–2016-yillarda Yunusobod tumanida joylashgan 531-maktabgacha taʼlim muassasasi psixologi bo‘lib ishlagan. M. A. Rasulxo‘jayeva 2022-yilning avgust oyida Turkiyaning “Gaziantep University” universitetida ijtimoiy pedagogika yo‘nalishidagi sohalarni o‘rganish bo‘yicha tajriba orttirib, sertifikat bilan taqdirlangan. 2023-yil may oyida Janubiy Qozog‘istonning Chimkent shahrida boʻlib, M. Auezov nomidagi universitetda maktabgacha taʼlim amaliyotida innovatsion usullarni oʻrgangan hamda sertifikat bilan taqdirlangan. M. A. Rasulxo‘jayeva 2024-yilda Qozog‘istonning Ostona shahridagi L. N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetiga tashrif buyurib, 17-aprel kuni «Разработка и внедрение инновационной модели развития трансверсальных навыков будущих учителей (на основе опыта Финляндии, Эстонии)» nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda «Развитие экологического опыта у студентов педагогического направления» mavzusida ma’ruza qilgan. 15–18-aprel kunlari Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalariga “Формирование понятий правовое-экологической культуры у будущих педагогов” mavzusida ma’ruza o‘qigan hamda maktabgacha taʼlim tizimi amaliyotini, davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ish faoliyatini oʻrgangan. M. A. Rasulxo‘jayeva 2025-yil may oyida Toshkent Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti tomonidan Praga shahridagi “Czech University of Life Sciences Prague” universitetida “The System of Teaching and Research Methods in Modern Universities” nomli 144 soatlik kursda malakasini oshirib, sertifikat bilan taqdirlangan. M. A. Rasulxo‘jayeva 2025-yilda Toshkent Texnologiya, menejment va kommunikatsiya institutida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri etib tayinlangan. M. A. Rasulxo‘jayeva kafedra faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda oʻzining tashabbuskorligi, gʻayrati, kadrlarni tanlash, namunaviy va ishchi dasturlarni tuzish, oʻquv-uslubiy majmualarni yaratish hamda darslarni samarali tashkil etishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. M. A. Rasulxo‘jayeva 2026-yilning avgust oyida Turkiyaning Trabzon shahrida “Pedagogik mahorat” kursida 144 soatlik malakasini oshirib, sertifikat bilan taqdirlangan. M. A. Rasulxo‘jayeva oʻz ishiga masʼuliyatli, talabchan va izlanuvchan olima sifatida jamoa aʼzolari orasida katta hurmatga sazovor. U har qanday jamoaning munosib aʼzosi boʻlib, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajara oladi. O‘z faoliyati davomida tirishqoq, izlanuvchan va mustaqil ilm olishga qobiliyatli shaxs ekanligini namoyon etib kelmoqda.