MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

QODIROVA MAHLIYOXON  QOBILJON QIZI

QODIROVA MAHLIYOXON QOBILJON QIZI

Fargʻona viloyati Margʻilon shahar “Kelajak markazi” Ingliz tili to'garak rahbari, Fargʻona davlat universiteti 4-bosqich talabasi • Ko‘plab ilmiy maqolalari nashr etilgan. • Xalqaro va Respublika tanlovlari sovrindori. • Ijodiy, faol o‘qituvchi, yosh av- lodlarni ijod yo‘lida yetaklovchi ijodkor.
Qodirova Mahliyoxon Qobiljon qizi 2004-yil 4-mayda Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, Oyim shaharchasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi. 2023-yilda Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabini tamomlagan. Hozirda tugallanmagan oliy maʼlumotga ega. 2023-yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Fargʻona viloyati “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” sohibasi boʻlgan va “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari — kecha, bugun, ertaga” nomli tarixiy hujjatli filmida ishtirok etgan. “International students Conference” 2025 da “The best delegate” unvonini olgan. 2025-yil “Zulfiyaxonim izdoshlari” viloyat bosqichi ishtirokchisi. 2023-yil “Andijon yoshlar sammiti” ishtirokchisi. 2024-yil Turkiyaning “Oʻzbekistan Kalem sairleri” antologiyasida sheʼri chop etilgan. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan “Mushoira” tanlovi Fargʻona viloyati gʻolibasi. “Top izlanuvchi – 2025” ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisi. Raqamli texnologiyalar markazida “Kompyuter operatorligi”, “UI/UX” dizayn kurslarini tamomlagan. Fargʻona davlat universiteti miqyosida oʻtkazilgan barcha tadbir va tanlovlarning faol ishtirokchisi. Xususan, “Eng zoʻr ijtimoiy loyiha” tanlovi “Eng tezkor yechim” nominatsiyasi sohibasi. 2024-yilda “Eng faol islohotlar targʻibotchisi” universitet bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2025-yilda Fargʻona davlat universitetida oʻtkazilgan “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovida 1-oʻrinni egallagan. “Yangi Oʻzbekistonning ibratli qizlari” koʻrik-tanlovida 2-oʻrinni, “Ekologiya yangi avlodniki” ijodiy ishlar tanlovida “Eng yaxshi ijodiy ish” nominatsiyasini qoʻlga kiritgan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Zukko kitobxon” tanlovida shahar bosqichida 1-oʻrin, viloyat bosqichida esa “Eng yaxshi notiq” nominatsiyasi sohibasi. 2023-yilda Hindiston va Oʻzbekiston bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Hindiston madaniyatlari” kuni xalqaro konferensiya tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etgan. 2016-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan MDH miqyosida oʻtkazilgan “YILNING INNOVATOR TADQIQOTCHISI” va “Vatan faxri” ilmiy-amaliy koʻrik-tanlovi ishtirokchisi. 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 100 ga yaqin sheʼrlar yozgan. 2020-yilda “Hayratlarga yoʻgʻrilgan yurak”, 2022-yilda “Qalbimdagi dengiz”, 2025-yilda esa “Sunny childhood – yorqin bolalik” sheʼriy kitoblari nashrdan chiqqan. “Bilimdon” jurnalida bolalar uchun ingliz tilida yozilgan hikoya va sheʼrlari muntazam ravishda chop etiladi. ISSUP – International Society of Substance Use Professionals aʼzosi. 2026-yil IT Roadshow konferensiyasi ishtirokchisi. Fargʻona viloyati Yozuvchilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan “Oltin qalam” klubi faol aʼzosi. Fargʻona viloyati Yozuvchilar uyushmasi hamda Fargʻona viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikdagi “Mikrofon muallifda” loyihasining 2026-yil ishtirokchisi. Fargʻona “Voice Up – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohi ishtirokchisi. Hozirda talaba boʻlish bilan bir qatorda Margʻilon shahar “Kelajak markazi” “Ingliz tili” toʻgaragi rahbari.