QAHRAMONOVA ASILA NOZIMOVNA
Buxoro davlat texnika universiteti magistri
Axborot texnologiyalari yo‘nalishi mutaxassisi
Pedagog
• 10 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgan.
• Monografiya hamda O‘quv qo‘llanma kitoblari e’lon qilingan
• Xalqaro va Respublika tanlovlari sovrindori.
• O‘zbek jang san’ati federatsiyasi a’zosi
• Rektor stipendiyasi sohibasi
• “Yuksak ehtirom” ko‘krak nishoni sohibasi
• “TOP-100 eng ya
Qahramonova Asila Nozimovna 2002-yil 21-yanvarda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Oliy ma’lumotli. 2008–2019-yillarda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil oldi. Maktabni qizil shahodatnoma hamda oltin medal bilan muvaffaqiyatli tamomladi. 2019-yilda Shofirkon sanoat va milliy hunarmandchilik kolleji bazasidagi o‘quv-ishlab chiqarish muassasasining to‘la kursini “Yengil sanoat buyum konstruksiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha yakunladi. Davlat attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq keng assortimentdagi kiyimlar konstruktori kasbi hamda tikuvchi ixtisosligi bo‘yicha kasb malakasi diplomiga ega bo‘ldi. 2015-yildan boshlab o‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullana boshladi. Mazkur yo‘nalishdagi izchil mashg‘ulotlari natijasida O‘zbek jang san’ati federatsiyasiga a’zo bo‘lib, sariq belbog‘ darajasiga sazovor bo‘ldi. 2020-yilda Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga “Axborot texnologiyalari tarmoqlari va sohalari” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi. Institutda tahsil olish davrida intellektual yoshlar koordinatori vazifasida faoliyat yuritdi. 2024-yilda oliy ta’lim bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi. 2024-yilda Buxoro davlat texnika universitetining “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti” yo‘nalishiga davlat granti asosida magistraturaga qabul qilindi. lmiy faoliyati raqamli ta’lim tizimlari, sun’iy intellekt texnologiyalari hamda onlayn ta’lim platformalarini rivojlantirish yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Ilmiy faoliyati davomida raqamli ta’lim va axborot texnologiyalari yo‘nalishida amaliy loyihalar ustida ham faol ish olib bordi. Xususan, “Maktabda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha onlayn repetitorlik platformasini yaratish” nomli dasturiy mahsulot muallifi hisoblanadi. Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi bo‘yicha davlat reyestrida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ilmiy faoliyati davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda maqolalari e’lon qilingan. Jumladan, 2024–2025-yillar davomida raqamli ta’lim, sun’iy intellekt va onlayn platformalar yo‘nalishidagi ilmiy ishlari xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar va konferensiya to‘plamlarida chop etildi. Xususan: Onlayn repetitorlik platformalarining ta’lim jarayoniga ta’siri, Sun’iy intellekt asosidagi axborot tizimlari, Raqamli ta’lim muhitida innovatsion metodlar,hamda Matlab Simulink dasturining pedagogik imkoniyatlariga oid ilmiy maqolalari ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi. Ilmiy va akademik faoliyati natijasida Buxoro davlat texnika universiteti Rektor stipendiyasi magistratura bosqichi g‘olibasi bo‘ldi.
Ilmiy va kasbiy rivojlanish jarayonida bir qator yutuqlarga erishdi. 2024-yilda turk tilidan xalqaro B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi. Shu yilda “Google IT Support” xalqaro dasturini muvaffaqiyatli tamomladi. 2025-yilda axborot xavfsizligi yo‘nalishida malakasini oshirib, “ISO/IEC 27001:2022 Information Security Associate” xalqaro sertifikatiga sazovor bo‘ldi. Harvard University (CS50x) hamda University of Leeds tomonidan tashkil etilgan xalqaro kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi. 2025-yilda Buyuk Britaniyadagi nufuzli universitetlardan biri University of Leeds tomonidan “AN INTRODUCTION TO PROGRAMMING USING PYTHON” Python yordamida dasturlashga kirish kursini muvafaqqiyatli tamomlab Xalqaro darajadagi sertifikatni qo’lga kiritgan. 2025-yilda “Sun’iy intellekt asosida axborot biznes eksport tizimini yaratish” mavzusidagi maqolasi Xalqaro “Pedagogik tadqiqotlar “jurnalida chop ettirilgan.
2025-yilda “Onlayn repetitorlik platformasining ta’lim jarayoniga ta’siri” nomli maqolasi Xalqaro “Development of science” jurnalida chop ettirilgan. 2025-yilda “Maktab fanlari bo’yicha onlayn repetitorlik platformasini yaratishning dolzarbligi va tizimli yondashuvi” nomli tezisi Xalqaro “Ta’lim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy o‘qitishda raqamli texnologiyalarning o‘rni” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada doklad qilgan. 2025-yilda “Maktab fanlari bo’yicha onlayn repetitor virtual platformasini yaratishning dual ta’limdagi ahamiyati ” nomli maqolasi “Muhandislik oliy ta’limi transformatsiyasi jarayonida ta’lim sifatini oshirishda dual ta’limning istiqbollari” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada doklad qilgan. Asila o‘z ilmiy ishlari orqali ta’lim jarayonini raqamlashtirish, sun’iy intellektdan foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish kabi dolzarb masalalarga innovatsion yechimlar taklif qilmoqda. 2025-yilda Asila Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda yurtimiz taraqqiyotiga qo’shgan sermazmun hissasi, halollik va mas’uliyat bilan yo’g’irilgan faoliyat,shuningdek jamiyatda barqaror ijtimoiy qadriyatlarni qaror toptirishdagi fidokorona say-harakatlari hamda, o’z kasbini sadoqat bilan xizmat qilayotgan hamda Vatan ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat qilayotkani uchun rag’batlantirish maqsadida “Yuksak ehtirom” ko‘krak nishoni va medali sohibasi bilan taqdirlangan. 2025-yilda lm; -fan va texnika sohas vaki illari o'z izlanishlari oraal buyuk kelajak strategiyasini ishlab chiqishda yoshlarning tadqiqot munosabatlardagi umumiy masalalar bo’yicha samarali takliflarini ishlab chiqishda, mustaqil izlanuvchilarda immunitetni rivoilantirish hamda ta’lim bo’yicha tajriha ko'nikmalar almashish jarayonida o’zining yetakchilik fazilatlarini namoyon etgani,hamda pedagogika sohasida sadoqat bilan fidokorona xizmat qilayotganligi uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda “TOP-100 eng yaxshi pedagog” maxsus estalik statuetkasi bilan taqdirlangan. 2026-yilda“Maktabda o'qitiladigan fanlar bo'yicha onlayn repetitor” nomli yakka mualliflikdagi monografiyasi monografiyasi chop etilgan. “Raqamli va onlayn platformalarni rivojlantirishdagi ilmiy izlanishlari munosib eʼtirof etilib, 2026-yilda “Master” axborot-taʼlim portali “Maktab fanlari boʻyicha onlayn repetitorlik platformasini yaratish” loyihasi boʻyicha I darajali sertifikatga ega boʻldi. Undan tashqari 2026-yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni boshqarish agentligi tomonidan turk tilidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo’ldi. "2026-yil 20-may kuni Rossiyaning "Ta’lim va ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish markazi" (ANO "Российские таланты") tomonidan o‘tkazilgan IV Umumrossiya tanlovida Pedagogika fanlari hamda «Innovatsion pedagogik mahorat» nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etib, «O‘quvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirish uchun boshlang‘ich ta’limda pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish» mavzusidagi ishi uchun 1-darajali diplomi bilan taqdirlandi. 2026-yilning may oyida Buxoro davlat texnika universiteti magistranti sifatida ilmiy-innovatsion faoliyatda yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, «Магистр» Butunrossiya axborot-ta’lim portali tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda «Maktab fanlari bo‘yicha onlayn repetitorlik platformasini yaratish» mavzusidagi ishi uchun I darajali sertifikat hamda «Iqtidorli talabalar» umumrossiya tanlovida I darajali g‘olib diplomi bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, «Корабль Знаний» portali tomonidan tashkil etilgan «New talents» xalqaro tanlovining «Maqola» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, maxsus diplomga sazovor bo‘ldi." 2026-yil 2-iyun kuni "Магистр" Butunrossiya axborot-ta'lim portali tomonidan o‘tkazilgan «Talent. Science. Intelligence» Umumrossiya tanlovida «Maktab fanlari bo‘yicha onlayn repetitorlik platformasini ishlab chiqish» mavzusidagi loyiha bo‘yicha g‘olib tayyorlagani hamda yuqori pedagogik-rahbarlik maxorat ko‘rsatgani uchun I darajali sertifikat bilan taqdirlandi "2026-yilda Qozog‘istonning Ostona shahrida «BILIM-ORKENIETI» Milliy innovatsion ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan «Markaziy Osiyoning eng yaxshi pedagogi» xalqaro ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘ldi. 2026-yilda yana yakka mualliflikdagi “Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini axborot texnologiyalari asosida rivojlantirish” monografiyasi chop etildi. 2026-yilda hammualliflikdagi “BIG DATA” nomli o’quv qo’llanmasi chop etildi. Shuningdek 2026-yilda “Axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv qo’llanma yaratish metodikasi” hamda “Dasturlash muhitida ilovalar yaratish bo’yicha electron o’rgatuvchi qo’llanma” nomli yakka mualliflikdagi monografiyalari chop etildi.