MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

PULATOVA ODINAXON XAMIDOVNA

PULATOVA ODINAXON XAMIDOVNA

University of economics and pedagogy NOTM “Pedagogika va maktabgacha ta’lim” kafedrasi mudiri • Pedagogika fanlari nomzodi dotsent • 4 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 1 ta electron darslik va 6 ta metodik qoʻllanma, mahalliy va xorijiy nashrlarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar chop ettirgan.
PPulatova Odinaxon Xamidovna 1970-yilda Andijon shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek. Andijon shahridagi 20-umumtaʼlim maktabini imtiyozli tamomlagan. 1985–1989-yillarda Andijon pedagogika bilim yurtida “Boshlangʻich ta’lim” yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan va uni imtiyozli tugatgan. 1990–1995-yillarda Andijon davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va boshlangʻich ta’lim metodikasi” mutaxassisligini tamomlagan. 1989–1999-yillarda Andijon shahridagi 10-umumta’lim maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1999–2004-yillarda Andijon pedagogika kollejida pedagogika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2004–2006-yillarda Andijon pedagogika kolleji psixologi lavozimida faoliyat yuritgan. 2006–2023-yillarda Andijon mashinasozlik instituti dotsenti boʻlib ishlagan. 2022-yilda 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvonini olgan. 2023-yildan hozirgi davrgacha University of Economics and Pedagogy NTM “Pedagogika va maktabgacha ta’lim” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Pulatova Odinaxon Xamidovna muntazam ravishda kafedra, fakultet va institutning oʻquv-uslubiy, ilmiy hamda tashkiliy faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Oʻz faoliyatida talabalar fikrini eshitib, qarorlar qabul qilishda ularga katta e’tibor beradi. Talabalarning erkin, mustaqil va tashabbuskorlik bilan faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qiladi. Natijada u ustozlik qilayotgan talabalar yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Respublikamizda yuqori malakali, yetuk, raqobatbardosh muhandis va iqtisodchi mutaxassislarni yetishtirib berishda jonbozlik koʻrsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 29-sentyabrdagi 775-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan 2017-yil 29-noyabrdagi 87-03-3027-sonli buyruq hamda institutning 2017-yil 30-noyabrdagi buyrug‘iga asosan, 2017-yilning 1-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazidagi mahorat darslarida faol ishtirok etib, “Eng faol psixolog” tanlovi gʻolibi boʻlgan. O. Pulatova 2020-yil 16-aprelda Buxoro davlat universitetida boʻlib oʻtgan “Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va ularda yuksak ahloqiy sifatlarni shakllantirishning psixologik asoslari” mavzusidagi institutlararo anjumanda oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi ilmiy maqola” nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan. O. X. Pulatova 2021-yil 30-dekabr kuni institut professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda Andijon viloyati hokimligi tomonidan o‘tkazilgan “Hech kim mehr-muruvvatdan chetda qolmaydi” nomli tadbirda ishtirok etgan. Tadbirni viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov olib borib, viloyat miqyosida 120 nafar kam ta’minlangan va nogironligi bor shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilgani, ya’ni imtiyozli kreditlar asosida boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy bilan ta’minlanib, xonadon kalitlari topshirilgani hamda ularning Respublikamiz Prezidentiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirganliklari ta’kidlab o‘tilgan. O. X. Pulatova 2020-yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida boʻlib oʻtgan “Doshkolnoye obrazovaniye: luchshiye programmi, texnologii” konferensiyasida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan. O. X. Pulatova tomonidan 2022-yil 4-yanvar kuni O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Jalaquduq tuman o‘quv-sport texnika klubida faoliyat yuritayotgan pedagogik jamoaga pedagogik mahorat va mashg‘ulotlarda interfaol texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mahorat darslari tashkil etilgan. O. Pulatova tomonidan Talabalar turar joyida doimiy ravishda davra suhbatlari tashkil qilib kelinmoqda. Davra suhbatlarida talabalarga vaqt tushunchasi, uning qonuniyatlari va mexanizmlari, bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda undan foydalanish yo‘llari haqida ma’lumot berilgan. Uning ilmiy rahbarligida 2 nafar mustaqil tadqiqotchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Hozirda 2 nafar DSc va 4 nafar PhD ilmiy darajasini olish uchun uning shogirdlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. O. Pulatova 2023-yilning 15-may kuni universitetning katta anjumanlar zalida universitet Boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi R. Yusupova hamkorligida “Oila – davlat qo‘rg‘oni” mavzusida anjuman tashkil etgan. O. X. Pulatova 2024-yilning 28-mayida universitetning katta anjumanlar zalida 170 dan ortiq talabalar bilan birgalikda “Siz muloqotda qiynalasizmi?” nomli psixologik trening tashkil etgan. Ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga psixolog tomonidan javob berilgan. Bunday treninglarni ko‘plab o‘tkazib borish talabalarning psixologik holatiga ijobiy ta’sir etishi tushuntirilgan. Treningni o‘tkazishdan maqsad yoshlar qabul qilayotgan axborotlarni tengdoshlariga qanday muloqot vositalari orqali yetkazib berayotganlarini tahlil qilishdan iborat. O. X. Pulatova 2024-yil sentyabr oyida “Olima ayollar” uyushmasi va Xotin-qizlar kengashi tomonidan eʼlon qilingan “Olima ayol” tanlovining “Yilning eng yaxshi zamonaviy ilmiy yutuqlar muallifi” nominatsiyasi gʻolibasi boʻlgan hamda diplom va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlangan. O. X. Pulatova 2024-yil 27–29-sentyabr kunlari 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Andijon viloyati hokimi kubogi uchun sportning stol tennisi yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada oliy oʻrinni egallab, diplom va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlangan. O. X. Pulatova 2024–2025-oʻquv yili yakuni boʻyicha universitet professor-oʻqituvchilari reytingida yuqori natijani qayd etgani sababli Andijon viloyati hokimining Faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlangan.

O. X. Pulatova 2025-yil 21-noyabr kuni Qirgʻiziston Respublikasi M. Adishev nomidagi Oʻsh texnologiyalar universitetining bir guruh delegatsiyasi tashrifi davomida akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, 2025-yil 21–22-noyabr kunlariga rejalashtirilgan akademik harakatchanlik, malaka oshirish dasturlari hamda mehmon ma’ruzalari doirasidagi faoliyatlarni muhokama qilish va tashkil etishda faol ishtirok etgan. 2026-yil 21-fevral kuni universitetga qardosh davlat – Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari tashrif buyurgan va ularni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtgan. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi ikkala oliygoh oʻrtasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashdan iborat boʻlgan. Oʻz ishiga masʼuliyatli, talabchan va izlanuvchan rahbar sifatida jamoa aʼzolari orasida katta hurmatga sazovor. U har qanday jamoaning munosib aʼzosi boʻlib, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajara oladi. Rahbar sifatida xodimlariga mehribon, talabchan va izlanishda toʻxtamaslikni talab qiluvchi, oʻz faoliyati davomida tirishqoq, izlanuvchan va mustaqil ilm olishga qobiliyatli shaxs ekanligini namoyon etib kelmoqda.