Nurjanov Furqatbek Reyimberganovich 1984-yil 14-oktabrda Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti - oliy. 1990-1995-yillarda Qo‘shko‘pir tumanidagi N.Ostrovskiy nomidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tahsil olgan. 1996-2001-yillarda Qo‘shko‘pir tumanidagi K.Avezov nomidagi 46-sonli umumta’lim maktabi hamda shu tumanda joylashgan 4-sonli umumta’lim fanlariga ixtisoslashgan litseyda tahsil olgan. 2003 - 2007-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Informatika va axborot texnologiyalari” ixtissosligi bo‘yicha bakalavr yo‘nalishini tamomlagan. 2007 - 2012-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Amaliy informatika” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani imtiyozli tamomlagan. Mеhnat faoliyatini 2008-2010 yillarda Urganch davlat univеrsitеtining “Markеting va informatsiya xizmati” bo‘lim mudiri lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 2012-2013-yilgacha O‘zbеkiston Davlat jismoniy tarbiya instituti Axborot tеxnologiyalari markazining “Tarmoq dasturlovchisi va tizim administratori” lavozimida ishlagan. 2013-2016-yilgacha Muhamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti Kompyutеr injiniringi fakultеtining “Informatika asoslari” kafеdrasi assistеnti hamda katta o‘qituvchi lavozimlarida ish faoliyatini olib borgan. 2017-2020-yilllarda Muhamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti Kompyutеr injiniringi fakultеtining “Axborot tеxnologiyalari” kafеdrasiga tayanch doktaranturaga qabul qilindi. Ilmiy rahbari texnika fanlari doktori, professor Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich. 2020-yil 6-martda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti huzuridagi ilmiy darajalar bеruvchi DSc.13/30.12.2019. T.07.01 raqamli Ilmiy kеngashda 05.01.04 –“Hisoblash mashinalari majmualari va kompyutеr tarmoqlarining matеmatik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha “Shaxs yuzi tasviriga ko‘ra idеntifikatsiyalashning matеmatik va dasturiy ta’minoti” mavzusidagi ilmiy dissеrtatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2020-yil 13-mayda tеxnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2020-yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kompyuter inginiringi fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. F.R.Nurjanov 2020-yilning oktabr oyida Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va axborot - kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlangan va faoliyat olib borgan. Ushbu davr mobaynida agrar ta’lim tizimini raqamlashtirish yo‘nalishida keng ko‘lamli va samarali ishlarni amalga oshirib, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etdi. Xususan, raqamli platformalar, elektron ta’lim resurslari va masofaviy o‘qitish tizimlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Natijada ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonini optimallashtirish hamda pedagogik faoliyatni innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etishga erishildi. 2023-2025-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Qurolli Kuchlarda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik”kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bordi. 2025-yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Istiqbolli harbiy texnologiyalar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. F.R.Nurjanov tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar va darsliklar asosan kursantlar, talablar o‘quv faoliyatining sifati va samaradorligini ta’minlash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, “Harbiy faoliyatda kompyuter grafikaning o‘rni”, “Sun’iy intellekt texnologiyalari” hamda “Sun’iy intellekt: nazariya va amaliyot” nomli o‘quv qo‘llanmasi hamda “Shaxs yuzi tasviriga ko‘ra idеntifikatsiyalashning matеmatik va dasturiy ta’minoti” nomli monografiyasi va “Kiberxavfsizlik asoslari” yangi avlod darsliklari o‘quv jarayonida keng foydalanilib kelinmoqda. Universitetning o‘quv uslubiy tadbirlarda faol ishtiroq etib kelmoqda. Hozirgi kunga qadar F.R. Nurjanov o‘zining ilmiy-tadqiqot faoliyatini izchil davom ettirib, uni rivojlantirish yo‘lida salmoqli yutuqlarga erishgan. Jumladan, u ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlar olib borish hamda o‘z ilmiy maktabini shakllantirish yo‘nalishida muhim natijalarga erishib kelmoqda.
Shuningdek Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik hamda yuz tasvirini tanib olish yo‘nalishlarida dolzarb mavzular asosida ma’ruzalar bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Bular: “Harbiy sohada sun’iy intellekt texnologiyalarni qo‘llash tamoyillari” // “Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kiber va media xavfsizlik kompitentligini rivojlantirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ma’ruzasi bilan ishtirok etgan. Sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlangan. “Tasvirlarni tanib olishda sun’iy intellektning usullari” // Harbiy sohada axborot tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning o‘ziga xos hususiyatlari mavzusidagi Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ma’ruza bilan ishtirok etgan. Sertifikat bilan taqdirlangan. “Harbiy obyektlarga kirib chiqishda yuz tasvirini identifikatsiyalash usullari” // O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Qurolli Kuchlari tizimida sun’iy intellektni qo‘llash muammolari va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy –amaliy konferensiyasida ma’ruzasi bilan ishtirok etgan. Tashakkurnoma bilan taqdirlangan. “Raqamli texnologiyalar asosida yuz tasviriga dastlabki ishlov berish” // O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Qurolli Kuchlari tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash muammolari va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasida ma’ruza bilan ishtirok etgan. Tashakkurnoma bilan taqdirlangan. “Smart armiyani yaratishda sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyati” // Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Intellektual texnologiyalar – smart armiyani shakllantirishning asosiy mezoni” mavzusidagi Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasida ma’ruzasi bilan ishtirok etgan. Konferensiyada innovatsion va kreativ g‘oya tashhabuskori sifatida Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining sertifikati bilan taqdirlangan. “Harbiy sohada sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyati” mavzusida “Zamonaviy ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, ularni yaratish va takomillashtirish istiqbollari, muammolar va yechimlar” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ma’ruza bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan. Shu bilan birga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining tegishli buyruqlariga asosan quyidagi 5A330500 va 5A330501 - Kompyutеr injiniringi fakultetining “AT servis” va “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash” mutaxassisligi yo‘nalishidagi bakalavr (6 ta) va magistratura (4 ta) ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarning dissertatsiya ishlariga ilmiy rahbarlik qilgan. Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019. T.07.01 raqamli Ilmiy kengashlarda rasmiy opponentlik qilgan. Bular, dissertantlar Mansurova Maxina Yashnarova va Umarov Muhriddin Abduhalil o‘g‘lining dissertatsiya himoya ishlariga opponentlik qilgan. Shu bilan birga, u amaliy va fundamental tadqiqot loyihalarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan: FZ-20200930404-sonli “Bo‘lak-polinomial bazislarda signallar va tasvirlarga raqamli ishlov berishning intellektual dasturiy-texnik tizimlarini yaratishning nazariy-metodologik asoslari” mavzusidagi pudrat shartnomasi asosida amalga oshirilayotgan loyihada jamoatchilik asosida ishtirok etmoqda. Shuningdek, “Mini BPLA” shifri ostidagi “Kichik hajmli uchuvchisiz uchish apparatlariga radioelektron qarshilik ko‘rsatish uskunalarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada katta ilmiy xodim sifatida samarali va yuqori sifatli faoliyat olib bormoqda. 2022-yilda “Best Publication” ilmiy-tadqiqotlar markazi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan “Tashabbuskor islohotchi” ilmiy nominatsiyasida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, OAK Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/1-son buyrug‘iga asosan 05.01.04 ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi. Ushbu yuksak natija uning ilmiy faoliyati, tashabbuskorligi hamda innovatsion g‘oyalarga boy yondashuvining yorqin ifodasi hisoblanadi. Mazkur muvaffaqiyati uchun u maxsus esdalik ko‘krak nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlangan bo‘lib, bu uning ilm-fan sohasidagi salmoqli hissasi va yuqori darajadagi professional faoliyatining e’tirofi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, uning ilm-fan sohasida erishgan salmoqli yutuqlari, ayniqsa, shaxs biometrikasi yo‘nalishida yuz tasvirlarini aniqlash, tanib olish va identifikatsiyalashga oid ilg‘or algoritm va tizimlarni yaratish borasidagi fundamental hamda amaliy ahamiyatga ega ilmiy tadqiqotlari keng jamoatchilik va mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan. Bundan tashqari, uning ilmiy ishlari nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi nashrlarda chop etilib, xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Mazkur ilmiy ishlari, innovatsion yondashuvlari hamda sohaga qo‘shgan munosib hissasi inobatga olinib, Turon Fanlari Akademiyasi Prezidiumining tegishli qaroriga muvofiq Turon Fanlari Akademiyasi akademigi ilmiy unvoni tantanali ravishda berildi. Ushbu yuksak ilmiy unvon mas’uliyatini chuqur his etgan holda, u ilm-fan sohasida yanada yangi kashfiyot va innovatsion ishlanmalarni yaratish yo‘lida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda. Shu bilan birga, fan yutuqlarini O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va ilmiy-texnik taraqqiyotiga samarali tatbiq etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Shuningdek, har yili Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etib kelinayotgan “MSITF-2025-2026” ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan “Dasturlash” musobaqasida ekspert hakam sifatida ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga, oʻquv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bitiruvchi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari uchun diplom loyihasi va bitiruv malakaviy ishi hamda magistratura mutaxassisliklari uchun magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini o‘tkazishda yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi ekspert sifatida ishtirok etib keladi. Asosan F.R.Nurjanov malaka oshirish kurslarini yuqori natijalar va a’lo baholar bilan muvaffaqiyatli yakunlagan: TATU qoshidagi PKQT va MO markazi, 2016 y. – “Informatika va axborot texnologiyalari”, 288 s. TATU qoshidagi PKQT va MO markazi, 2020 y. – “Informatika va axborot texnologiyalari”, 288 s. Bosh ilmiy metodik markazida, 2022 y. – “Ta’lim menejmenti”, (M) 288 s. TATU qoshidagi PKQT va MO markazi, 2025 y. – “Telekommunikatsiya va pochta aloqasi texnologiyalari”, 144 s. 01.04.2025-yildan 28.04.2025-yilgacha. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda Hindiston armiyasi bilan hamkorligida tashkil etilgan, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt mutaxassisligi bo‘yicha 144 soatlik malaka oshirish kursida ishtirok etib, yuqori natijalar bilan faxrli 1-o‘rinni egallagan hamda universitet boshlig‘ining faxriy yorliqi va sertifikat bilan taqdirlangan. 24.02.2026-yildan 20.03.2026-yilgacha. Shuningdek, F.R. Nurjanov mahalliy va xalqaro miqyosda nufuzga ega bo‘lgan ilmiy jurnallar tahririyat a’zosi hisoblanadi. 1. “For joining Editorial Doard of Texas journal of Engineering and Tecnologies”, Plano, Texas 75024.U.S.A. Jurnal tahririyat a’zosi. 2. “Fars international journal of education, social science &humanities (FIJESH)” ISSN:2945-4492 Sjif:7.502. Jurnali tahririyat a’zosi. Finlandiya davlati. 3. Harbiy fan va ta’limda innovatsiyalar ilmiy jurnali tahririyat a’zosi. 4. OSCE learning (e-learning) platform EXHTkiber/AKT xavfsizligi CBM16:// Еvropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan sеrtifikat bilan taqdirlangan. 5. BAA va O‘zbekiston hamkorligidagi ‘Five Million AI Prompters’ o‘quv qursini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat bilan taqdirlangan.
F.R. Nurjanov o‘quv va ilmiy faoliyati bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham faol ishtirok etib, 2024–2025-o‘quv yili davomida Qurolli Kuchlarda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik kafedrasida kursantlar uchun “Kibermakon” to‘garagi tashkil etilgan. Uning rahbarligida kursantlarni dasturlash (C, C++, Python, Java, C#, JavaScript) bo‘yicha fan olimpiadalariga tayyorlab, “Ustoz–shogird” an’anasi asosida o‘z bilim va tajribalarini o‘rgatib kelmoqda. Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida respublika miqyosida “Informatika” yo‘nalishida o‘tkazilgan olimpiadada Qurolli Kuchlari Akademiyasi kursantlari jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, “Dasturlash” va “Microsoft Office” yo‘nalishi bo‘yicha yakka tartibda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosarining (tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha) diplomi bilan munosib taqdirlandi.
Yutuqlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida yangi tashkil etilgan sun’iy intellekt, robototexnika, kiberxavfsizlik hamda uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘nalishlarida OAV va “Vatanparvar” ko‘rsatuvlarida o‘zining kreativ va innovatsion g‘oyalari bilan muntazam chiqishlar qilib kelmoqda.
F.R.Nurjanov ko‘p yillik sermahsul pedagogik faoliyati hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari sohasida yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan yetuk olimdir.
O‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida u universitet va jamoat ishlarida yuksak mas’uliyat, mehnatsevarlik va tashabbuskorlik namunasini ko‘rsatib kelmoqda.
Uning ta’lim tizimiga bo‘lgan tizimli yondashuvi, ilmiy va kreativ g‘oyalari kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. F.R.Nurjanov o‘zining qat’iyati, kasbiy intizomi va ma’naviy fazilatlari bilan jamoa orasida munosib obro‘ - e’tibor qozongan. U o‘zining pedagogik kasbiy faoliyati davomida kasbiga bo‘lgan yuksak sadoqati, fidoyiligi va uning faoliyati natijalari davlatimiz miqyosida ham e’tirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti rahbariyati tomonidan bir necha bor yuqori baholanib, turli darajadagi faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar va sertifikatlar bilan munosib taqdirlangan. Hozirgi kunda F.R.Nurjanov sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida usul va algoritmlarni ishlab chiqish hamda mavjud modellarini takomillashtirish yo‘nalishida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun fundamental tadqiqotlar olib bormoqda.