MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

NAZIROVA ZULFIYA RUSTAMOVNA

NAZIROVA ZULFIYA RUSTAMOVNA

Tibbiyot fanlari doktori, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasi dotsenti • 6 ta monografiya, 9 – o‘quv qullanma, 8 ta EHM guvohnomasi va 11 ta o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan. • 150 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgan. • Xorijiy oliy ta’lim muassasalar-ning birinchi mingtalik (Top -1000) reytinglariga kirgan oliy ta’lim muass
Nazirova Zulfiya Rustamovna 1984 - yil 4 mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1991 - 1998 yillari Toshkent shahridagi Yaqqasaroy tumanidagi 118-umum ta’lim maktabi. 1998 - 2000 yillari Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi litseyda tahsil olgan. 2001 – 2008 yillari Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, tibbiy pedagogika fakultetini “Vrach umumiy pediatr-pedagog” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. 2008 - yilda shu oliygoxni “Oftalmologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga o‘qishga qabul qilingan va 2011 - yili imtiyozli diplom bilan bitirgan. 2012 - yilda 14.00.08 - oftalmologiya ixtisosligi bo‘yicha aspiranturaga qabul qilingan va 2017 - yilda himoya qilib tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2019 - yilda katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutiga qabul qilingan va 2021 - yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2022 - yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. Har yili xorijiy oliy ta’lim muassasalarning birinchi mingtalik (top-1000) reytinglariga kirgan oliy ta’lim muassasalarida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib kelmoqda.

Z.R. Nazirova rahbarligi ostida hozirgi kunda 7 nafar ilmiy xodim – doktorantlar o‘zlarining ilmiy – tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar va 2 nafar xodim himoya qilish arafasida.



Z.R. Nazirova tomonidan universitetning Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasida fan-ta’lim-ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani takomillashtirish, talabalarni ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvini oldindan ta’minlash, dissertatsiya ishlarini va amaliyot jarayonini tizimli tashkil etish maqsadida seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. OTM (ilmiy tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan ilmiy – amaliy tibbiyot markazlari va xususiy klinikalari) bilan hamkorlikda “Ustoz-shogird” tizimi asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi “Bolalarda tug‘ma va ortirilgan ko‘z kasalliklarini zamonaviy diagnostikasi, davosi va reabilitatsiyasi”. Ushbu mavzuni bir fragmenti Z.R. Nazirova tomonidan bajarilmoqda. Mavzuni ishlash jarayonida yangi usul va testlarni yoritish va asoslash, oftalmologik tekshirish usullari yordamida tugma kataraktali, birlamchi tug’ma glaukomali bolalarda xirurgik davolar samaradorligiga baxo berish, g‘ilayligi bo‘lgan bollalarda xirurgik davolash usullari samaradorligini taxlil etish yo‘lga qo‘yilmoqda.



Tug‘ma glaukoma bilan kasallangan bolalarda xirurgik davo usullarini mukammalashtirish. Bolalarda uchraydigan ko‘z allergiyasi kasalligini o‘rganish va yangi zamonaviy usullarni qo‘llash bo‘yicha algoritmlarni ishlab chiqish ilmiy ish yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilmoqda.





Z.R. Nazirova ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan, 2020 yildan kafedrada iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb qilish va talabalar o‘rtasida turli xil tanlovlar, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa bir qator tadbirlarni tashkil etgan.





Z.R. Nazirova so’nggi yillarda 14.00.08 – oftalmologiya mutaxassisligi bo’yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zosi. Z.R. Nazirova oftalmologiya yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy kengash a’zosi sifatida 50 ta dan ortiq ilmiy ishlar va magistrlik dissertatsiyalariga taqrizlar berib kelmoqda. .