NAZAROVA RUXSORA TOXIROVNA 1979-yil 8-sentyabrda tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston fuqarosi. Oilali. 1986–1996-yillarda Samarqand shahri A.S.Pushkin nomidagi 37-o‘rta ta’lim maktabida rus sinfida o‘qigan. 1996–1997-yillarda 16-kasb-hunar bilim yurtining kotiba-ish yurituvchi bo‘limida ta’lim olgan. 1998–2002-yillarda Samarqand shahridagi fizika va matematika litseyida kotiba-ish yurituvchi vazifasida ishlagan. 1998–2002-yillarda Samarqand Davlat Chet Tillar Institutining filologiya bo‘limida o‘qib, ingliz va fransuz tili o‘qituvchisi, filolog mutaxassisligini qo‘lga kiritgan. 2001-yil 4-kurs paytida Samarqand shahridagi 34-o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi lavozimiga qabul qilingan. 2003–2011-yillarda Samarqand shahridagi Iqtisodiyot va Servis Instituti Akademik litseyida ingliz tili o‘qituvchisi lavozimiga qabul qilingan. Litseyda ishlagan davrlarda Ruxsora Toxirovna turli xil seminar va tanlovlarda ishtirok etgan. Va shu bilan birga “Kamolot” (Yoshlar ittifoqi) tashkilotining o‘z litseyida yetakchisi bo‘lib ishlagan, sertifikat va faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2011–2014-yillarda sayohat va izlanish maqsadida Yevropaning Shvetsiya davlatiga borib kelgan. 2015-yil Samarqand shahridagi 16-o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2015–2022-yillarda Samarqand shahridagi o‘quv markazlarida ingliz tilidan dars bergan. 2022-yildan hozirgi kunga qadar Samarqand Davlat Iqtisodiyot va Servis Instituti Akademik litseyida (Matlyubov A.A.) ingliz tili fani o‘qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda. O‘zbek va rus guruhlarida dars beradi. OROL dengizi dunyo miqyosida global muammoga aylangan. 21-fevral Xalqaro turist gidlar kuni va “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Samarqandning Boqiy Shahrida tashkil qilingan edi. Shu munosabat bilan R.Nazarova Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahriga amerikalik jurnalist Adrian Margaret Brune bilan birgalikda Orol dengizini ko‘zdan kechirdilar. U yerdan qaytgach litsey talabalari uchun seminar va davra suhbati tashkil qilingan. Ish faoliyati davomida Ruxsora Toxirovna turli xil tadbirlar tashkil qilib kelmoqda. Prezidentimizning farmoni bilan “JADID AYOLLAR VA ULARNING MEROSI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilgan.
“OQILA AYOLLAR” harakatining a’zosi sifatida litseydagi yosh qizlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etilgan.
2024-yil 19-oktyabrda Samarqandning Boqiy Shahrida BMT General Assambleyasining UNWTO 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Shu kunning mavzusi “Global Education Forum” deb nomlangan bo‘lib, R.Nazarova shu forumda ishtirok etgan. UNWTO 1975-yildan beri BMT nizomi asosida faoliyat yuritib keladi va barqaror hamda qulay turizmni rivojlantirishga asoslangan.
Shu munosabat bilan xorijiy davlat o‘qituvchilari bilan hamkorlikda Ruxsora Toxirovna noan’anaviy ochiq darslar va davra suhbatlari o‘tkazgan. Sayohatlar uyushtirilgan.
2024-yil 8-yanvarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan va “Eng yaxshi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, sertifikat va guvohnoma bilan taqdirlangan.
2024-yil may oyida bo‘lib o‘tgan “Ilm-fan ziyosi” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan va maxsus statuetka, guvohnoma va oynali sertifikat bilan taqdirlangan.
Litsey talabalarini turli xil tadbir va konferensiyalarga tayyorlagan. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha a’lo natijalar ko‘rsatilgan.
“Reading Passages for Practice” o‘quv qo‘llanmasi muallifi.
Respublika va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarga chop etilgan maqolalar to‘plami muallifi hamdir. Ruxsora Nazarova — poliglot. U 6 ta tilda gaplasha oladi: tojik, o‘zbek, rus, eron, shved, ingliz tillari. Fransuz tilida o‘qishni biladi.