Musurmankulov Farxod Uralovich, 1971-yil 16-dekabrda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ishchi oilasida tug‘ildim. Millatim — o‘zbek. Oilali, 4 nafar farzandning otasiman. Umumiy mehnat stajim — 36 yil. 1998-yilda Guliston davlat universitetining tarix fakultetini tamomlaganman. Ma’lumotim — oliy. 1979-yilda Sardoba tumanidagi F.Xo‘jayev DFXBdagı Beruniy nomli 5-o‘rta maktabning 1-sinfiga o‘qishga bordim. O‘rta maktabda o‘qishim davomida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, sportning boks, og‘ir atletika va kurash turlari bilan shug‘ullandim. 1987–1989-yillarda boks bo‘yicha tuman va viloyat miqyosidagi musobaqalarda faxrli o‘rinlarga ega bo‘ldim. 1986–1987-yillarda Sardoba tumanidagi “Ishchi va qishloq muxbirlari” maktabiga qatnashib, jamoatchilik tartibidagi muxbirlik guvohnomasini oldim. 1988–1989-yillarda Tarix va rus tili fanlari bo‘yicha fan olimpiadalarida qatnashib, tuman va viloyat tanlovida Tarix fanidan faxrli o‘rinlarni egalladim. Beruniy nomidagi 5-o‘rta maktabning 10-sinfini a’lo baholarga tugatib, 1989-yil 1-iyulda “kumush medal” bilan mukofotlandim. Mehnat faoliyatimni 1989-yil 1-iyulidan 10-dekabriga qadar Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ijtimoiy ta’minot bo‘limida inspektorlik vazifasidan boshladim. Mehnat daftarcham 1989-yil 6-iyulda ochildi (TAD № 0257950). 1989-yil 18-dekabrda harbiy xizmatga ketdim. 1989–1991-yillarda harbiy xizmatni IIV qismida o‘tadima. 1991-yil 10-fevralda №103-buyruq bilan “A’lo xizmati uchun” 2-darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Xizmatdan Starshina unvoni bilan qaytdim. Xizmatdan qaytgach, asosiy mehnat faoliyatimni pedagogika sohasiga bog‘ladim. 1991–1993-yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi”da sportning boks turi bo‘yicha murabbiy va 5-sonli maktabda 1992-yil 9-yanvardan 1993-yil 1-avgustgacha “Chaqiriqqacha bo‘lgan yoshlar tarbiyasi” fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishladim. 1993-yil 1-sentyabrdan 1998-yil 30-iyungacha Guliston davlat universiteti tarix fakultetining kunduzgi bo‘limida tahsil oldim. O‘qish davomida 1995–1996-yillarda Guliston tumanidagi 25-maktabda Tarix fanidan o‘rindosh o‘qituvchi bo‘lib ishladim. O‘qishni tugatib, 1998-yil 5-sentyabrda Guliston davlat universiteti tarix fakultetining «Siyosatshunoslik va davlat huquqi asoslari» kafedrasiga kabinet mudiri lavozimida ishga kirdim. 2000-yil 25-dekabrdan “O‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi, 2007-yil 12-apreldan 2013-yil 22-avgustgacha ushbu kafedra katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab keldim. Shu bilan birgalikda 2002–2004-yillarda Guliston davlat universiteti qoshidagi Guliston shahar Akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida o‘rindoshlik asosida Ijtimoiy fanlardan dars berdim. 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-iyuldagi PF-3272-sonli “Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan tashkil etilgan “Iste’dod” jamg‘armasi granti sovrindori bo‘ldim va 2006-yil 22-noyabrdan 12-dekabrgacha Sankt-Peterburg davlat politexnika universitetida “Sotsiologiya va axborot texnologiyalari” ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik malaka oshirib keldim hamda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamkorlik shartnomalari tuzishga erishdim. 2007-yil 10-sentyabridan 2007-yil 31-dekabriga qadar Toshkent Davlat madaniyat institutida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va sotsiologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kursida ta’lim oldim (Diplom QT № 000300). 2011-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan 2010–2011-o‘quv yillaridagi o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faolligim uchun Guliston davlat universiteti rektorining fahrli yorlig‘i bilan taqdirlandim. 2011-yil 6-sentyabrdan Universitet “Iqtidorli talabalar ilmiy jamiyati” rahbarligini bajardim. Ilmiy rahbarligimdagi talabalarimdan Oybek Musurmankulov (2007-y.), Nuriddin Saidqulov (2011-y.) va Fazliddin Yakubovlar (2012-y.) Respublika fan olimpiadalarida va ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishdi va Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lishdi. Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan Qilichbek Musurmankulovga (2010-y.), Kumush Sultonovaga (2013-y.), Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan Muhammad Musurmonqulovga (2014-y.) va Nigora Xasanovaga (2015-y.) ilmiy assistentlik qildim. 10 dan ortiq talabalarim o‘zlarining ijod namunalari bilan tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlar g‘olibi, “Mehr nuri”, “Fond forum” grantlari sovrindori hamda davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishgan. 2012-yil 9-noyabrdan jamoatchilik asosida Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muolini lavozimida ish olib bordim. 2013-yil 1-martdan 2013-yil 4-iyulga qadar Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri vazifasini bajardim. Olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarim asosida 100 dan ortiq maqola va tezislarim e’lon qilingan. 1992-yildan buyon O‘zXDP a’zosiman va O‘zXDP Markaziy Kengashi “Istiqbol” yoshlar qanoti Markaziy boshqaruvi, Sirdaryo viloyat bo‘limida targ‘ibotchilar guruhi a’zosi sifatida Partiya tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlarning siyosiy va kasbiy salohiyatini oshirish borasida o‘z hissamni qo‘shib keldim. Muhtaram Prezidentimiz, Hukumat rahbariyati, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid qaror va ko‘rsatmalarni hamda yurtimizda mustaqillik yillarida ijtimoiy va siyosiy sohalarda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni joylarda aholining turli qatlamlari vakillariga, ayniqsa yoshlarimiz ongiga singdirish borasida uzluksiz tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boruvchi ishchi guruhi a’zosi sifatida qatnashib kelmoqdaman (Hokimiyat, mahallalar, prokuratura, harbiy qismlar, UVD, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Universitet, KHK, maktablar, Toshkent shahri tumanlari, Respublika viloyatlarida). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi 2013-yil 23-avgustdagi farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. 2013-yildan Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazida mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy ish yuzasidan ish olib bormoqdaman. 2014-yil 13-avgustda O‘zXDP Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan tashakkurnoma bildirildi. 2014-yil 15-sentyabrdan 2015-yil 20-maygacha O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Sirdaryo viloyat tashkilotining ijrochi direktorligi lavozimida ishladim. 2014-yil sentyabrdan Sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘rindoshlik asosida katta o‘qituvchilik, 2015-yil 19-oktyabrdan “Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo‘limi” mutaxassisi lavozimida, 2016-yil 23-martdan “Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo‘limi” boshlig‘i, 2018-yil 4-yanvardan Guliston davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida “Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo‘limi” boshlig‘i lavozimida ishladim. 2016-yil 14-yanvarda Sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektorining fahrli yorlig‘i bilan taqdirlandim. 2016-yil 19-martda Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasining fahrli yorlig‘i bilan taqdirlandim. 2016-yil 1-oktyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni bilan taqdirlandim. 2018-yil 10-oktyabrdan 2020-yil 8-sentyabrgacha A.Avloniy nomidagi xalq tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogik xizmatlar” markazi direktori lavozimida ishladim. 2020-yilning oktyabr oyidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakultetining, Kutubxona-axborot faoliyati fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi marketologi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Sirtqi bo‘lim uslubchisi, 2023-yil sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori yordamchisi lavozimlarida ishlab keldim. Ish faoliyatim davomida mehnat jamoalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jonlantirish, mafkuraviy barkamolligini ta’minlash, Muhtaram Prezidentimiz, Hukumat rahbariyati tomonidan qabul qilingan ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid qaror va ko‘rsatmalarni hamda yurtimizda mustaqillik yillarida ijtimoiy va siyosiy sohalarda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni joylarda aholining turli qatlamlari vakillariga, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish, yoshlarni o‘z yurtini sevish va ardoqlashga, buyuk ajdodlarimizga munosib farzand bo‘lishga, bunyodkorlik va ona tabiatga hurmat tuyg‘ularini tarbiyalashga erishishda bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirib keldim. Mamlakatimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida faol tashkilotchilik ishlarini olib borish bilan bir qatorda turli rasmiy tadbirlarda va respublika va xalqaro anjumanda o‘zimning ilmiy maqolalarim bilan ishtirok etib keldim. Pedagog sifatida zimmamga yuklatilgan vazifalarni bugungi kun talablari darajasida bajarilishini ta’minlash maqsadida doimiy izlanishda hamda kasb mahoratini oshirish maqsadida o‘z bilim saviyamni orttirish ustida doimo ishlab keldim. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va rivojiga o‘zimning munosib hissamni qo‘shish maqsadida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida 2024-yildan mustaqil izlanuvchilikda 09.00.07 – “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi” (falsafa fanlari) ixtisoslik yo‘nalishidagi “Oliy ta’lim muassasalarida uchinchi renessans muhitini yaratishning ma’naviy-ma’rifiy omillari” mavzusi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) darajasini olish dissertatsiyasi ustida p.f.d., professor M.Quronov ilmiy rahbarligida ish olib bormoqdaman.