MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ABDULLAYEVA OZODA ODILJON QIZI

ABDULLAYEVA OZODA ODILJON QIZI

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi 2000-yilda Toshkent viloyati Parkent tumanida tavallud topgan. Toshkent viloyati Parkent tumanida istiqomat qiladi.

 Abdullayeva Ozoda 2007-yil Parkent tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 1-sinfga qabul qilinib, 2016-yilda a’lo baholar bilan tugatgan.

2019-yilda Parkent Agrosanoat kasb hunar kollejining “Kompyuter injineringi texnigi” yo‘nalishida tahsil olib, imtiyozli tamomlagan. Ozoda yoshligidanoq ona tili va adabiyot fanlariga juda qiziqqan va shu fandan maktab, kollej davridanoq olimpiadalarga muntazam qatnashib kelgan hamda yuqori natijalarga ega bo‘lgan. Jumladan, 2018-yilda ona tili fan olimpiadasida ishtirok etib, hudud bosqichida faxrli o‘rinni egalladi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, shuningdek, viloyat bosqichida ham munosib ishtirok etdi.

 Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi a’lo o‘qishi hamda tirishqoqligi sababli dastlabki urinishdayoq Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etildi.

Abdullayeva Ozoda universitet hayotida faol talabalardan hisoblanadi. Jamoat ishlariga mas’uliyat bilan yondashishi, zehnliligi, tirishqoqligi, ilmga chanqoqligi, tashabbuskorligi, liderlik qobiliyati, namunali xulqi, barcha fanlardan a’lo baholarga o‘zlashtirishi va faolligi bilan o‘zini namoyon qila oladi. Barcha talabalar va universitet jamoasi bilan samimiy muloqot o‘rnata oladi.

O‘quv mashg‘ulotlarida o‘zining faolligi bilan qatnashadi hamda jamoat ishlarida, tadbirlarda, targ‘ibot ishlarida mas’uliyatni his qila olishlik qobiliyati va guruhni o‘z ortidan ergashtira olishi bilan birgalikda yaxshi tashkilotchi hisoblanadi. Fakultet, universitet va respublika doirasidagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, onlayn olimpiadalar, xalqaro konferensiyalar, onlayn sammitlar, ilmiy-amaliy anjuman, onlayn vebinarlar va forumlarning ishtirokchisi, shu bilan birgalikda sovrindori hamda faol tashkilotchisidir.

Abdullayeva  Ozoda universitet va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. “Talabalikka bag‘ishlov”, “9-may – Xotira va qadrlash kuni”, “Bir oyda 10 kitob, 1 yilda 100 kitob bilan do‘stlashdim”, “Zukko kitobxon”, “Universiada-2022”, “Yoshlar forumi”, “Til dekadasi” va boshqa ko‘plab tadbirlar shular jumlasidandir.

80 dan ortiq guvohnoma, sertifikat, tashakkurnoma, diplom, tavsiyanoma, faxriy yorliq hamda minnatdorchilik xatlarining sohibasi. 20 dan ortiq xalqaro konferensiya, onlayn sammit, xalqaro forum, ilmiy-amaliy anjuman, vebinar, master-klass, seminar-trening, muhokama, xayriya marafon, musobaqa, onlayn tanlov hamda olimpiadalarning ishtirokchisi, sovrindori va tashkilotchisi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ilhom” tanlovida universitet miqyosida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga tavsiya etilgan hamda Respublika bosqichida ishtirok etgan.

 “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi universitet bosqichida faol ishtirok etib,  III darajali diplom bilan taqdirlangan.

Universitet miqyosida o‘tkazilgan “Hokim stipendiyasi” tanlovida faol qatnashgan.

“Yil talabasi – 2021” Respublika tanlovining  "Yilning eng faol bilimdon talabasi" (o‘z mutaxassisligi bo‘yicha) nominatsiyasi universitet bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

 2021-yilda Gumanitar fanlar fakultetida “Vatan – sen yagona” nomi ostida o‘tkazilgan audioshe’rlar tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlangan.

Institutda o‘tkazilgan “Universiada-2022” doirasida sportning voleybol, basketbol va gandbol turi bo‘yicha “Gumanitar fanlar fakulteti qizlar” jamoasi bilan ishtirok etib faxrli II va III darajali diplom bilan taqdirlangan.

Universitetda 21-oktabr - “O‘zbek tiliga davlat tili” maqomi berilganining 32 yilligi munosabati bilan Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi kafedralari tomonidan tashkil etilgan “Til dekadasi” doirasida o‘tkazilgan turli tanlov va targ‘ibot tadbirlarning faol tashkilotchisi hamda “Ilmiy maqolalar” tanlovi II darajali diplom sohibasi.

Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun joriy qilingan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Ozoda Abdullayeva tomonidan 2022-yilda 2 ta klub faoliyati hamda 8 ta targ‘ibot loyihalari amalga oshirilgan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ilm-fanga qiziqtirish, yoshlarning tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan.

Ozoda Abdullayeva nafaqat universitet yoshlarining balki maktab labaratoriyasi doirasidagi turli hududlardagi xususan, Chirchiq, Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq maktablari o‘quvchi-yoshlari bilan samarali targ‘ibot ishlarini amalga oshirib keldi.

Abdullayeva Ozoda tomonidan tashkil etilgan “Tashabbuskor yoshlar” klubi samarali faoliyat yuritib, 150 dan ortiq yoshlar orasida ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibot jarayonlari tashkil etildi.

Klub a’zoligiga 15 nafar talaba-yoshlar qabul qilingan bo‘lib, ular bilan birgalikda  yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni tashabbuskorlikka chorlash, kitobxonlikka jalb qilishga doir 10 ga yaqin targ‘ibot loyihalari amalga oshirilgan.

Ozoda Abdullayeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh tadqiqotchilar” klubi doirasida esa ijtimoiy ish, tarix, xorijiy til, o‘zbek, qozoq, tojik tili yo‘nalishlarida sirtqi va kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar bilan  10 dan ortiq seminar-treninglar tashkil etildi. 

 “Bugun o‘qigan – ertaga lider” nomli loyihasi doirasida maktab o‘quvchilarini OTMlarga qiziqtirish, kitobxonlikka jalb qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsad qilib olingan bo‘lib, unda Chirchiq, Parkent tumanidagi 5 ga yaqin maktabda uchrashuvlar

tashkil etilgan, unda 400 dan ortiq maktab o‘quvchilari qamrab olingan.

 “Ijtimoiy tarmoq - tashabuslar oynasi” nomli loyihasi orqali Ozoda Abdullayeva tomonidan turli kanal va guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, unda 500 dan ortiq yoshlar jalb qilingan bo‘lib, turli tanlov, konferensiya, foydali ma’lumotlar hamda motivatsion postlar berib boriladi. Yoshlarni qiziqtirgan savollariga va muommolariga yechim beriladi.

Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekiston sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali 3-bosqich talabasi Ulugʻova Nozima Baxtiyor qizi Ozoda Abdullayeva bilan hamsuhbat bo‘lib, u tomonida yaratilgan telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal hamda guruhlar orqali kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldi va savollariga javob oldi va shu orqali u ilmiy maqola yozish, uni chop etish ko‘nikmalariga ega bo‘lib, koʻplab muvaffaqiyatlarga erishdi.

Talabalarga Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari haqida batafsil ma’lumot berish, ularni faollika targ‘ib qilish va shu orqali talabgor talabalar kontingentini shakllantirish maqsadida tashkil etgan “Stipendiantlik sari ilk qadam” loyihasi doirasida 5 dan ortiq mahorat darslarini tashkil etdi.

Maktab labaratoriyasi doirasida olib borgan “Adabiyot - qalbim quyoshi” nomli to‘garak loyihasi o‘quvchilarni til va adabiyotga ko‘proq jalb qilish, yozuvchi shoirlarni hayotini chuqurroq o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu to‘garak Parkent tumanidagi 26-maktabda tashkil etilgan. To‘garakda 15 nafar o‘quvchilar tahsil olib, 5 nafar maktab bitiruvchisi talabalikka tavsiya etilgan.

“Ma’rifat targ‘ibotchilari” loyihasi

doirasida faol talabalar bilan Toshkent viloyati tumanlaridagi maktablar, mehribonlik uylari, maktabgacha ta’lim muassasalari shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar maktablarida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlarni uyushtirish hamda ularni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, 5 ga yaqin ta’lim muassasalarida faoliyat olib borilgan. Targ‘ibot jarayonida 20 dan ortiq kitoblar sovg‘a tariqasida o‘quvchilarga taqdim etilgan. 

“Adiblar yoshlar nigohida” loyihasi doirasida o‘zbek adabiyotiga hissa qo‘shgan adiblarning tavalludini munosib nishonlash maqsadida  20 ga yaqin o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari bilan 50 ga yaqin talabalar va aholi orasida targ‘ibot faoliyati olib borildi.

“Maqsaddan muvaffaqiyatgacha” loyihasi talabalarni to‘g‘ri va aniq maqsad qo‘yishga chorlash, maqsadi yo‘lida uchraydigan to‘siqlarni yengib o‘tishga doir kerakli ma’lumotlarni berish, muvaffaqiyatga erishish va turli tanlovlar uchun shaxsiy portfolio tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni berish maqsadida tashkil etilgan.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan universitetda tashkil etilgan 10 kunlik til dekadasida o‘zining “Til targ‘ibotchilari” loyihasi bilan faol qatnashdi. Bu loyiha doirasida o‘zbek va qozoq tili talabalaridan iborat guruhlar tashkil etib, Toshkent viloyatidagi Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq hududlaridagi maktablarda targ‘ibot ishlarini olib bordi hamda tadbirlarda jamoasi bilan faol ishtirok etdi. Targ‘ibot jarayonlariga 100 ga yaqin maktab o‘quvchilari hamda tub aholi jalb qilindi.

 Abdullayeva Ozoda “Yil talabasi-2022” Respublika tanlovining oliy ta’lim bosqichida faol ishtirok etib, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.

Shuningdek, Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari faol talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil talabasi-2022” tanlovida g‘olib bo‘ldi.

Abdullayeva Ozoda ijtimoiy hayotda faol bo‘lishi bilan birgalikda, ilmiy faoliyatni ham birdek olib boradi. Uning muallifligida turli xil jurnal hamda konferensiya materiallarida 50 ga yaqin xalqaro va respublika miqyosidagi maqola va tezislar nashr ettirilgan. Shulardan  20 ga yaqin maqolasi xalqaro jurnallar va konferensiyalarda chop etilgan. Bundan tashqari Oliy attestasiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy jurnallarda maqolalari e’lon qilgan.

Ozoda Abdullayeva tomonidan bugungi kunga qadar ilmiy izlanishlar natijalarini aks ettiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid muallifligidagi “Adabiyot fanini zamonaviy usullarda o‘rgatish” nomli dastur (DGU) guvohnomasiga hamda “Xalqaro standartlar asosida oʻquv jarayonini tashkil etish (adabiyot fani misolida)” mavzusida ma’lumotlar bazasi (BGU) guvohnomasiga ega.

Ilmiy faoliyatning yorqin misoli sifatida talaba Abdullayeva  Ozoda Respublika Yosh olimlar kengashi a’zosi hisoblanadi. Shuningdek,  "Google Scholar" xalqaro reyting tizimida o‘z shaxsiy profiliga ega bo‘lib, iqtiboslar soni 278 ta, h index 12, i10 index 13 ga teng.

Abdullayeva Ozoda  ilmiy rahbari Qurbonova Maftuna Faxriddinovna - Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. bilan “PISA talablari asosida adabiyot darslarini tashkil etish metodikasi” mavzusida ilmiy ishi ustida ishlamoqda.

Abdullayeva Ozoda ijodkor talaba ham hisoblanadi. Uning muallifligidagi hikoyalari ijtimoiy tarmoq oraqli universitet rasmiy kanallarida e’lon qilib boriladi. Universitet rektori tashabbusi bilan ijodkor yoshlarning ijod namunalari jamlanib “Pedagog ilhomlari”, “Qalbim kuylari” nomi ostida to‘plam sifatida nashr etilgan bo‘lib, bu to‘plamda Ozodaning ham ijodiy ishlari o‘rin olgan hamda universitet rektori tomonidan ota-onasiga tashakkurnoma taqdim etilgan.

Hozirgi kunda Ozoda Abdullayeva tomonidan talabalarni ilmiy faoliyatga qiziqtirish yuzasidan olib borayotgan targʻibot jarayonlari doirasida 5 dan ortiq yo‘nalishda 1-bosqichda tahsil olib kelayotgan 300 dan ortiq talabalar bilan seminar-treninglar tashkil etildi. Seminar-treningda talabalarga faoliyati davomidagi muvaffaqiyatga erishishida ilmiy faoliyatning ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, maqola va uning yozilishi, bakalavr talabasi uchun ahamiyati, uning oʻquv jarayoniga taʼsiri, tezisning maqoladan farqli jihatlari, jurnallarda chop etish, undagi kamchiliklar, "yirtqich jurnallar" toʻgʻrisida ham tushunchalarga ega boʻlishdi                                                                

 Bugungi kunda Ozoda Abdullayeva o‘qish bilan birgalikda Chirchiq davlat pedagigika universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi lavozimida ish faoliyatini olib bormoqda.