MURADOVA ZULFIYA ALIYEVNA
Oʻzbekiston Respublikasi San’atshunoslik instituti Etnomusiqashunoslik
va zamonaviy musiqa bolimi mudiri
• San’atshunoslik fanlari nomzodi,
katta ilmiy xodim
• Oilali, 2 nafar farzandning onasi
• 2 ta monografiya (jumladan 1 si – hammualliflik horijiy), mahalliy va xorijiy nashrlarda 89 ta ilmiy maqolalar chop ettirgan.
Muradova Zulfiya Aliyevna 1956-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek. Farg‘ona shahridagi 3-umumta’lim hamda Usta Olim Komilov nomidagi 1-musiqa maktabini imtiyozli tamomlagan. 1971–1975-yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi Farg‘ona davlat musiqa bilim yurtini “Musiqa nazariyasi va tarixi” yo‘nalishida tahsil olgan va imtiyozli tamomlagan. 1976–1981-yillarda M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini musiqashunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1981–1992-yillarda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan. 1992–2009-yillarda V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida O‘zbek musiqa adabiyoti va O‘zbekiston madaniyati tarixi fanlaridan dars bergan. 2009–2013-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik institutida ilmiy kotib hamda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2013-yildan hozirgi paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik institutining Etnomusiqashunoslik va zamonaviy musiqa bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2011-yilda O‘zR FA San’atshunoslik instituti huzuridagi Ilmiy kengashda 17.00.02 – Musiqa san’ati ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2012-yilda san’atshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2015-yilda 17.00.02 – Musiqa san’ati ixtisosligi bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasining katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan. Z.A.Muradova 2014–2020-yillarda O‘zR FA San’atshunoslik instituti amaliy ilmiy loyihalari bajaruvchi guruhining a’zosi bo‘lib, O‘zbekiston tarixiy-madaniy o‘lkalarining badiiy madaniyati va nomoddiy merosi (2012–2014), Qadimgi va o‘rta asrlar O‘zbekiston badiiy madaniyatida an’analar va innovatsiyalar (2015–2017), Janubiy O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar badiiy madaniyatida an’analar davomiyligi muammolari (2018–2020) loyihalari amalga oshirilganida ishtirok etgan. Z.A.Muradova 2015-yilda UNESCO huzuridagi International Information and Networking Centre for Intangible Cultural Heritage in the Asia-Pacific Region (ICHCAP), Republic of Korea moliyaviy ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi kuratorligida amalga oshirilgan Uzbekistan-ICHCAP Joint Cooperation Project of Safeguarding Intangible Cultural Heritage by Restoring and Digitising ICH-Related Analogue Data xalqaro loyihasining ilmiy rahbari bo‘lgan.
Loyiha natijasida O‘zR FA San’atshunoslik instituti arxiv audiofondi materiallari asosida o‘zbek an’anaviy musiqa merosi 69 ta namunalarini jamlangan 8 ta CD va ekspeditsiya kinomateriallarini o‘z ichiga olgan 2 ta DVD tayyorlandi. U 2018-yilda Germaniya va Avstriyaga xizmat safarini amalga oshirib, Hildesxaym va Gyottingen universitetlari bilan ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan, shuningdek, Berlin Fonogrammarxivi va Avstriya Fanlar akademiyasi Fonogrammarxivida musiqiy merosni raqamlashtirish tajribasi bilan tanishgan. Z.A.Muradova 2022–2023-yillarda Qurmanqozi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasida magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha davlat attestatsiya komissiyasi raisi bo‘lgan. Z.A.Muradova xalqaro va respublika miqyosidagi qator ilmiy seminarlarni tashkil etgan va ularga ilmiy rahbarlik qilgan. Jumladan, T.S. Vyzgoning ilmiy merosi va zamonaviy o‘zbek musiqashunosligi: tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanadi (2016), Ansambl ijrochiligi: tarix, nazariya, amaliyot (2021), shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va san’at oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish bo‘yicha seminarlar (2022–2023).
Z.A.Muradova Sharq taronalari (2013), Jahon sivilizatsiyasida maqom san’atining o‘rni (2018), Jahon sivilizatsiyasida baxshichilik san’atining o‘rni (2019), “Muğam aləmi” 6-cı Beynəlxalq Musiqi Festivalı çərçivəsində keçirilən Elmi simpozium (2023), Түркі мәдениеті: ортақ бастаулары және даму ерекшеліктері атты мәдениет және өнер қайраткерлерінің халықаралық конгресі (2023), The 10th Symposium of the ICTMD Study Group on Music and Dance in the Turkic World: Institutions, Masters, and Apprentices in the Safeguarding, Transmission, Research, and Transformation of Turkic Music and Dance Traditions (2026) kabi yirik xalqaro konferensiya, kongress va simpoziumlarda ma’ruzalar bilan qatnashgan. 2024-yildan buyon Z.A.Muradova T. Sattorov nomidagi Tojikiston Milliy konservatoriya hamda Tojikiston Davlat tasviriy san’at va dizayn instituti huzuridagi 6D.KOA-070 qo‘shma dissertatsiya Kengashining xorijiy a’zosi.
Hozirgi paytida Hildesxaym universiteti va Avstriya Fanlar akademiyasi Fonogrammarxivi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan The Fonoteka of the Uzbek Academy of Sciences’ Institute for Art Studies – a Trilateral Infrastructure and Capacity Building Project (D-UZ-A): Restoring, Digitizing, Cataloguing and Digitally Storing the Fonoteka’s Audio Collections and Accompanying Materials for Academic and Public Access xalqaro ilmiy-amaliy loyihasining hamrahbari faoliyatini oshirmoqda. Oʻz kasbiga ega, masʼuliyatli va talabchan olima sifatida O‘zR FA San’atshunoslik instituti jamoasi orasida katta hurmatga sazovor.