MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MATYAKUBOVA  PARAXAT  MAYLIYEVNA

MATYAKUBOVA PARAXAT MAYLIYEVNA

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti, “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedra mudiri • Texnika fanlari doktori (DSc), professor • Oilali 3 nafar farzandning onasi • 500 dan ziyod ilmiy va ilmiy uslubiy ishlarning muallifi (7 ta monografiya, 12 ta darslik, 9 ta o‘quv qo‘llanma, 27 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 9
Matyakubova Paraxat Mayliyevna 1961-yilning 14-may oyida Xorazm viloyati, Urganch shahri ziyolilar oilasida tug‘ilgan, millati — o‘zbek. Xorazm viloyati Urganch shahar 14-son maktabini imtiyozli tamomlagan. 1978–1983-yillar — Toshkent elektrotexnika, aloqa instituti talabasi. 1983–1991-yillar — Urganch shahar aloqa bo‘limi muhandisi. 1991–1993-yillar — Urganch davlat universiteti umuminjenerlik fanlari kafedrasi assistenti. 1993–1997-yillar — Toshkent davlat texnika universiteti ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kafedrasi aspiranti. 1997–2002-yillar — Urganch davlat universiteti mashinasozlik kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2002–2003-yillar — Urganch davlat universiteti informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti. 2003–2007-yillar — Toshkent davlat texnika universiteti ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kafedrasi doktoranti. 2007–2010-yillar — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali dotsenti, ilmiy kotibi. 2010–2012-yillar — Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish” kafedrasi dotsenti. 2012–2013-yillar — Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish” kafedrasi professori. 2013-yildan hozirgi vaqtgacha — Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri. 2000-yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun 05.11.13 – “Tabiiy muhit, moddalar, materiallar va mahsulotlarni nazorat qilish asboblari va usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Don mahsulotlarini elektrofizik parametrlarini nazorat qilish tizimlarini aniqlik tavsiflarini yaxshilash” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan. 2009-yilda texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun 05.11.13 – “Tabiiy muhit, moddalar, materiallar va mahsulotlarni nazorat qilish asboblari va usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Don mahsulotlarini namlik-issiqlik bilan qayta ishlashda parametrlarni nazorat qilish usullari va texnik vositalari” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan. 2007-yildan TATU Urganch filialida ilmiy kotib va “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2010-yil 2-sentyabr oyidan Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasining dotsenti, 2012-yil 2-sentyabrdan kafedra professori, 2013-yil 18-fevraldan to hozirgi vaqtga qadar “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2018-yil — Janubiy Koreya Respublikasida o‘tkazilgan “KIWIE – 2018” muntazam O‘zbekiston Respublikasi ixtirochi ayollari nomidan ishtirokchi va 4 karra oltin medal sohibi. 2019-yil — ilm-fan oldida qilgan ulug‘ xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan “Do‘stlik ordeni” bilan mukofotlangan.

2019-yil — Kanada davlatining Toronto shahrida IV Xalqaro ixtirochilar innovatsion ko‘rik-tanlovi — “The 4-th International Invention Innovation competition in Canada, iCAN 2019 Toronto International Society of Innovation” Oltin medal sovrindori, “Yil mutaxassisi” deb tan olingan. 2019-yil - Koreyada o‘tkazilgan KIWIE tanlovida 4 karra oltin medal va gran-pri sohibasi. 2021-yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2021-yil — Koreyada o‘tkazilgan KIWIE tanlovida oltin medal va gran-pri sohibasi. 2022-yil — “Yil ayoli” milliy tanlovining “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi g‘olibi. 2022-yil — AQSh Orlando shtatida bo‘lib o‘tgan “ADDITIVE MANUFACTURING RESEARCH AND STANDARDS (ASTM ICAM 2022)” konferensiyasida ishtirok etib, munosib o‘rin g‘olibi. 2022-yil — Turon fanlar akademiyasi akademigi unvoniga sazovor bo‘ldi. 2022-yil — AQShning "Akkreditatsiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha E36 qo‘mitasi" faol a’zosi. 2023-yil — Koreya Ixtirochi ayollari Assotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual Mulk Ofisi (KIPO) va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan Janubiy Koreyada “Koreya Xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi — KIWIE 2023” ko‘rgazmasining maxsus sovrini (Gran-pri) va Oltin medal sohibasi. 2023-yil — O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan “Eng yaxshi innovatsion loyiha” ko‘rik-tanlovining komissiya a’zosi. 2023-yil — Belarus milliy texnika universitetida davlat attestatsiyasi komissiyasi a’zosi. 2023-yil — Moskva energetika instituti, Rossiya Milliy ilmiy-tadqiqot yadro universiteti bilan talabalar tayyorlash dasturi rahbari. 2023-yil — “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi.

2024-yil – Butunjahon metrologlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2024-yil - Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi ko‘rik tanlovi g‘olibi. 2025-yilgacha bo‘lgan davr uchun AQSh, Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan “ADVANCED MANUFACTURING (AM ICAM 2025)” xalqaro konferensiyasi ishtirokchisi va oltin medal g‘olibi. Matyakubova P.M. Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli ilmiy kengash va kengash qoshidagi 05.03.01 – “Asboblar. O‘lchash va nazorat usullari” ixtisosligi (tarmoqlar bo‘yicha), 05.02.04 – “Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kengash va ilmiy seminar a’zosi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim tizimini takomillashtirishga mo‘ljallangan xalqaro loyihalarda, jumladan, AQSh professor-o‘qituvchilari almashinuvi yuzasidan loyihalarda ishtirok etib keladi. Ya’ni, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari bilan hamkorlikda Belarus Respublikasining Belarus davlat metrologiya institutida, Turkiya davlatining TÜBİTAK Milliy metrologiya institutida, Xitoy davlatining Xitoy Milliy metrologiya institutida stajirovka o‘tab kelgan. O‘zbekistonda ilk bor yangi avlod milliy etaloni yaratildi. 2025-yildan P.M.Matyakubova “Sath o‘lchagichlarini tekshirish uchun namunali qurilma (sath kattaligi birligi etaloni) yaratish” nomli mahalliy va “Atrof-muhit nanotexnologik sensor tarmoqlarini ishlab chiqish va qo‘llash” nomli xalqaro proyektga rahbarlik qilmoqda. O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tasarrufidagi O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda muhim ilmiy-amaliy loyihani amalga oshirdi. Mamlakatimizda ilk marotaba xalqaro talablariga mos bo‘lgan “Kontaktli sath o‘lchash etaloni” yaratildi.

P.M.Matyakubova tashabbusi bilan “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi uchun Jahon banki tashkiloti tomonidan 26 turdagi o‘quv-laboratoriya jihozlari olib kelinib kafedra qoshida ilmiy laboratoriya tashkil qilindi. 2026-yilda P.M.Matyakubova tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasining ElMetro kompaniyasi bilan hamkorlikda talabalar uchun kafedra qoshida o‘quv laboratoriyasi jihozlanib foydalanishga topshirildi. Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyatidan tashrif buyurgan nufuzli delegatsiya vakillari qabul qilindi. Mazkur tashrif Chelyabinsk viloyati ma’muriyati, “ElMetro-Engineering” kompaniyasi hamda universitetimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va strategik sheriklikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. P.M.Matyakubovaning bevosita tashabbusi natijasida mazkur Agentlik bazasida kafedra filiali, Kadastr agentligining Ohangaron tumanidagi Geodezik punktlar tarmog‘i bazasida O‘quv-eksperimental baza tashkil etildi. Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan aynan shu baza orqali har yili 50 dan ortiq yuqori kurs talabalari uchun dala sharoitida kalibrlash ishlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026-yil — Koreyada o‘tkazilgan KIWIE tanlovida oltin medal sohibasi.

2026-yil — innovatsiyalar, ilmiy ishlanmalar va xalqaro hamkorlikka bag‘ishlangan “SVIIF 2027 in the Heart of Silicon Valley” xalqaro tadbirida ishtirok etib, oltin medal sohibasi bo‘ldi.

Paraxat Mayliyevnani mamlakatimizning o‘z kasbini puxta egallagan, g‘ayratli, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sidqidildan bajaradigan va shu bilan birga jamoa a’zolari orasida katta hurmatga sazovor professor-o‘qituvchilarni hurmat qiluvchi inson sifatida e’tirof etsak bo‘ladi. U har qanday jamoaning munosib a’zosi bo‘lib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajara oladi va rahbar sifatida xodimlariga mehribon, talabchan va izlanishda to‘xtamaslikni talab qiluvchi, o‘z faoliyati davomida o‘zini tirishqoq, izlanuvchan, mustaqil ilm olishga qobiliyatli shaxs ekanligini namoyon qiladi.