MAMATOV DILMURAD NARMURATOVICH
Yangi asr universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
• Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
• Oilali 3 nafar farzandning otasi
• 5 ta monografiya, 7 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 30 tadan ortiq metodik qo‘llanma, 70 dan ortiq ilmiy–nazariy va ilmiy–metodik maqolalar, shulardan 5 tasi Scopus ma’lumotlar bazasi ro‘yxatidagi jurnallarda chop ettirgan.
Mamatov Dilmurad Narmuratovich 1983-yilda Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tug‘ilgan, millati — o‘zbek. Xovos tumanidagi 1-iqtidorli maktabni imtiyozli tamomlagan. 2005-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini bakalavr, 2007-yilda magistratura, 2010-yilda aspirantura bosqichida tahsil olgan. D.N.Mamatov 2021-yilda “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan. 2003, 2004-yillarda “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sohibi hamda “Yil talabasi” tanlovi g‘olibi. 2005–2020-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahridagi Adju universitetida O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-yildan hozirgi vaqtga qadar Yangi asr universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor sifatida faoliyat olib bormoqda. D.N.Mamatov o‘zining ilmiy–pedagogik faoliyati davomida 5 ta monografiya, 7 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 30 tadan ortiq metodik qo‘llanma, 70 dan ortiq ilmiy–nazariy va ilmiy–metodik maqolalar chop ettirgan, shulardan 5 tasi Scopus ma’lumotlar bazasi ro‘yxatidagi jurnallarda e’lon qilingan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 7-sinf “Texnologiya”, 5-sinf “Texnologiya” darsligi muallifi.
2017-yil 3-oktyabrda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ixtisoslashgan Kengashda – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Elektron axborot ta’lim muhitida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini, 2023-yil yanvarda “Raqamli texnologiyalar muhitida ta’limda korporativ hamkorlik jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasi ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2019-yilda dotsent, 2024-yilda professor ilmiy unvonini olishga muvaffaq bo‘lgan.
D.N.Mamatov 2013-yil 15-noyabrda Jansons Institute of Technology xalqaro seminarida “Technical Education: Global Trends and Challenges” mavzusi bo‘yicha qilgan ma’ruzasi xalqaro e’tirof etilgan. Seul (Janubiy Koreya), Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon (Rossiya), Turgovishte (Ruminiya), Praga (Chexiya), Dubay (BAA) shaharlarida ilmiy seminar va simpoziumlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. D.Mamatov 2013-yil 2-oktyabrdan – 26-noyabrgacha Hindistonda o‘tkazilgan “Development of Technical Education to meet the Global Needs” mavzusi bo‘yicha malaka oshirish kursini tamomlagan. 2024-yilda Nankin politexnika universitetining “Professor” ilmiy unvoni bilan taqdirlangan.. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan “Universiada-2016”, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining Jizzax shahrida o‘tkazilgan “Barkamol avlod-2019” musobaqalarida tashkiliy qo‘mita tarkibida ishtirok etib, bevosita tashkiliy qo‘mitaning faoliyatini takomillashtirib borgan. D.N.Mamatov Hozirda pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar hamda Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi texnologiya fani bo‘yicha ilmiy-metodik kengash azosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. D.N.Mamatov ilmiy rahbarligida 3 nafar mustaqil tadqiqotchi pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Hozirda 2 nafar DSc va 4 nafar PhD ilmiy darajasini olish uchun shogirdlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. D.N.Mamatov Universitetda Erasmus+ dasturi doirasida 2025-yildan boshlab bajariladigan "Strengthening Disaster Risk Governance Through EU Law" (101228848 - RiskGovEU ERASMUS -JMO-2025-HEI-TCH-RSCH) nomli loyihaning universitet bo'yicha mas’uli sifatida loyiha doirasida berilgan topshiriqlarning sifatli bajarilishini ta'minlash, monitoringini olib borish va loyihani bajarish uchun malakali mutaxassislarni jalb qilish vazifalari bajarib kelmoqda. Universitetda ta’lim–tarbiya jarayonini tashkillashtirishda, talabalarning odob–axloqi, darslardagi davomati, intellektual salohiyatli, turli tadbir va tanlovlarda faol qatnashishida, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishida, sog‘lom muhitni yanada yaxshilashda faol ishtirok etmoqda.