MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

KRIPA MONDAL

KRIPA MONDAL

Senior Agriculture & Rural Development Professional Chairman, Malati Krishna English Medium School • Qishloq xo‘jaligi va qishloq taraqqiyoti bo‘yicha katta mutaxassis • Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va barqaror rivojlanish bo‘yicha magistr • Amity University Tashkent — (Economics) • IACG — O‘zbekiston bo‘yicha Country Partner • Harit Agri Global FZ LLC — O‘zbekiston Country Head & Channe
Kripa Mondal 1976-yil 7-mart kuni Hindistonning Andaman va Nikobar orollaridagi Little Andaman hududining Ram Krishna Pur qishlog‘ida tug‘ilgan. Hindiston fuqarosi. Fermer oilasida voyaga yetgani uning qishloq xo‘jaligi va fermerlar bilan ishlashga bo‘lgan qiziqishi va kasbiy yo‘nalishining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. 1987–1993-yillarda Jawahar Navodaya Vidyalaya maktabida tahsil olgan. 1993–2000-yillarda Bidhan Chandra Krishi Viswavidyalaya universitetida oliy va magistratura ta’limini olgan. 2000–2002-yillarda Indian Institute of Ecology and Environment institutida Sustainable Development yo‘nalishida magistrlik darajasini olgan. Hozirda Environmental Law and Policy bo‘yicha Post Graduate Diploma dasturida tahsil olmoqda. MEHNAT FAOLIYATI Kripa Mondal mehnat faoliyatini E-TV telekanalida qishloq xo‘jaligiga oid dasturlar tayyorlashdan boshlagan. Fermer oilasidan chiqqanligi sababli uning faoliyati boshidanoq fermerlar va qishloq jamoalarini rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan. 2004-yil dekabr oyida yuz bergan tsunami Andaman va Nikobar orollariga ham katta zarar yetkazgan. Shu davrda u orollarni tiklash va qayta qurish jarayonlarida ishtirok etdi. Dastlab Qishloq xo‘jaligi departamenti, ADRA India va keyinchalik CEFI bilan hamkorlikda tiklash va rivojlantirish ishlarida faoliyat yuritdi. Shuningdek, orollarda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga hissa qo‘shdi. North va Middle Andaman District Administration bilan hamkorlikda chiqindilarni samarali boshqarish va ekologik xabardorlikni oshirish bo‘yicha jamoatchilik kampaniyalari, seminarlar, jamoatchilik bilan ishlash va targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etdi. NORTHEAST INDIA VA QISHLOQ TARAQQIYOTI Keyingi faoliyat bosqichida Kripa Mondal Hindistonning Shimoliy-Sharqiy hududlarida ishladi. U Jahon banki loyihasi bo‘lgan North East Rural Livelihood Project doirasida qishloq tirikchilik manbalarini rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat yuritdi. 2018–2022-yillarda ICCOA va ICICI Foundation tashkilotlarida Assam shtatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etdi. Ushbu davrda uning qishloq xo‘jaligi, fermerlar bilan ishlash, qishloq tadbirkorligi va barqaror tirikchilik yo‘nalishlaridagi tajribasi yanada boyidi. TRESP — JAHON BANKI LOYIHASI 2022–2025-yillarda Kripa Mondal Tripura Rural Economic Growth and Service Delivery Project (TRESP) — Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihada faoliyat yuritdi. U loyiha doirasida qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirdi, Agriculture Sector uchun Project Implementation Plan ishlab chiqdi va uning ijrosida ishtirok etdi. 2023-yil 14-iyun kuni Kolkata shahrida Hindiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida va Indian Chamber of Commerce tomonidan tashkil etilgan BIMSTEC Business Conclave tadbirida TRESP/Tripura vakili sifatida ishtirok etdi. O‘ZBEKISTONDAGI ILMIY FAOLIYATI O‘zbekiston Kripa Mondalning xalqaro kasbiy va ilmiy faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. 2024-yildan boshlab u O‘zbekistonda turli seminar, konferensiya va ilmiy tadbirlarda faol qatnashib, qishloq xo‘jaligi va barqaror rivojlanish masalalariga oid tadqiqotlarini taqdim etib kelmoqda. U International Agricultural University, Tashkentda o‘tkazilgan Life Science Festival 2024 tadbirida “Creating a Sustainable Livelihood Framework for Advancing Farm Businesses in Uzbekistan” mavzusidagi ilmiy ishini taqdim etdi. 2024-yil 15-may kuni Fergana State Universityda o‘tkazilgan innovatsion ilmiy konferensiyada “Building a Sustainable Agricultural Future for Uzbekistan” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

“Water harvesting for climate resilience in Uzbekistan’s agriculture: opportunities, barriers, and policy recommendations” nomli ilmiy ishi 2026-yilda Green Economy and Development jurnalining 4-jild, 4-sonida chop etildi. HOZIRGI KASBIY FAOLIYATI

2025-yildan boshlab O‘zbekistonda turli tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirdi. Encompass tashkilotida Senior Agriculture Expert sifatida faoliyat yuritdi. Shuningdek, AKIS Centre bilan hamkorlik qilib, xodimlar va fermerlarga innovatsion qishloq xo‘jaligining ahamiyati bo‘yicha bilim va amaliy tavsiyalar yetkazishga ko‘maklashdi.

2026-yildan u Amity University Tashkentda Teaching (Economics), International Agriculture Consulting Group (IACG)da O‘zbekiston bo‘yicha Country Partner hamda Harit Agri Global FZ LLCda O‘zbekiston Country Head & Channel Partner sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Malati Krishna English Medium School raisidir. ILMIY VA ADABIY FAOLIYATI Kripa Mondal ilmiy faoliyatini amaliy qishloq xo‘jaligi, barqaror tirikchilik, iqlimga chidamlilik va qishloq taraqqiyoti masalalari bilan bog‘lab olib bormoqda. Uning tadqiqotlarida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, barqaror qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan samarali foydalanish va iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. U “Uzbekistan in Transition: Markets, Reforms and Ties with India”, “Unveiling Nagaland: A Trek to Dzukou Valley and the Resonance of Hornbill Festival” va “Life’s Journey: Navigating for Peace and Happiness” kitoblari muallifidir. Shuningdek, “Dehkan Farmers of Uzbekistan: Evolution, Challenges and Pathways to Climate-Resilient Prosperity” kitobini yakunlagan bo‘lib, uning nashr etilishi kutilmoqda. OILA Kripa Mondal turmush qurgan, bir nafar qizi bor. Uning rafiqasi Amity University, Tashkentda Economics professori bo‘lib faoliyat yuritadi. Qizi Amerika Qo‘shma Shtatlarida PhD bosqichida tahsil olmoqda. Oila a’zolari ham ilmiy va professional faoliyat bilan shug‘ullanadilar. KASBIY FAZILATLARI Kripa Mondal mas’uliyatli, talabchan va izlanuvchan mutaxassis sifatida hamkasblari va tinglovchilari orasida hurmatga sazovor. U o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishga, doimiy ravishda yangi bilimlarni egallashga va amaliy natijalarga erishishga intiladi. Turli davlat tashkilotlari, xalqaro loyihalar, nodavlat tashkilotlar, fondlar, konsalting kompaniyalari va akademik muassasalardagi ko‘p yillik faoliyati davomida u tirishqoq, tashabbuskor, mustaqil izlanishga qodir va jamoa bilan samarali ishlay oladigan mutaxassis sifatida o‘zini namoyon etib kelmoqda.