MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

KASIMOV OYBEK SADIKJANOVICH

KASIMOV OYBEK SADIKJANOVICH

San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. “O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti” • “Turon” akademiyasining akademigi. • 50 dan ortiq ilmiy maqola, 1 ta darslik, 2 ta monografiya (1 tasi ingliz tilida Germaniyada chop etilgan) va 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta ijodiy ishlar katalogi muallifi. • O‘zbekiston Badiiy a
Kasimov Oybek Sadikjanovich 1974-yil 5-oktabr kuni Andijon shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek, ma’lumoti — oliy, O‘zbekiston fuqarosi. 1980–1988-yillarda Andijon shahar Xadicha Sulaymonova nomidagi 15-o‘rta maktabda tahsil oladi. 1987-yilda Andijon shahrida o‘tkazilgan “O‘t o‘chiruvchilar” tanlovi sovrindori. 1988–1992-yillarda Andijon viloyati Izboskan tumani, Shermat Yusupov nomidagi 8-sonli rassomlikka ixtisoslashgan maktabda rassomlik sirlarini o‘rgana boshlaydi. O‘qish davomida geografiya, tarix va ona tili fanlari bo‘yicha tuman va shahar olimpiadalarida bir necha bor faol va muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 1989–1990-yillarda “Ustodi avval” va “Alifbo va imlo” kitoblarini bezagan. 1991-yilda maktab hududida o‘zining ilk shaxsiy ko‘rgazmasini ochgan. 1992-yilda Toshkentdagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Interyer va jihoz” bo‘limiga o‘qishga kirgan. 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi binosi interyerlari. 1996-yilda Misr Arab Respublikasidagi O‘zbekiston elchixonasida tashkil etilgan “Mustaqil O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ishtirokchisi. 1997-yilda Toshkentdagi “Biennale” xalqaro ko‘rgazmani tashkil qilishda bosh dizayner. 1997-yilda “Tasviriy oyina” O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining tashabbusi bilan o‘tkazilgan tashviqot tanlovida eng yaxshi loyihalardan biri. 1998-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini muvaffaqiyatli bitirib, shu yildan institutning “Dizayn” kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilinadi. 1999-yil Janubiy Koreyaning “LG-Electronics” tanlovi qatnashchisi. 002-yilda O‘zbekiston Respublikasi Senati binosidagi “Siyosiy bilimlarni oshirish markazi”ni tashkil qilishda faol ishtirok etgan. 2003-yil Prezident qoshidagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi interyerlari bezagi. 2006-yilda katta o‘qituvchi va 2011-yilda dotsent lavozimida ishlagan. 2012-yili “Dizayn” kafedrasi mudiri. 2012-yilda “Go‘zal va zamonaviy Toshkent” ko‘rik-tanlovida III o‘rinni egallagan.

2012-yilda Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetidagi “Art club” asoschisi (hozirgacha faoliyatda). 2012-yilda ”Bino interyerlari va arxitektura qismlari” orta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma nashr etilgan. 2013-yilda “Kompozitsiya va maket” o‘quv qo‘llanmasiga guvohnoma olingan va nashr etilgan.

2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish kurslarida ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan. 2013–2016-yillarda O‘quv ishlari prorektori lavozimlarida xizmat ko‘rsatgan. 2015-yilda “Oliy ta’lim muassasashining eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovi g‘olibi. 2015-yilda Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetidagi “Culture and Art days-2015” nomli ko‘rgazma tashkil qilindi.



2017-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi qoshidagi “Sardorlar akademiyasi”ning Oltin diplomi bilan taqdirlangan. 2017-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tayanch doktoranti. 2017-yilda Germaniyada ingliz tilida “Gardens Legacy of East and West” nomli monografiya chop etilgan.

2018-yilda Toshkentdagi ichki ishlar organlari tarixi muzeyini tashkil qilishda faol ishtirok etgan. 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati bo‘lib, Ispaniyaning Mursiya Dizayn institutida malaka oshirib kelgan.

2020-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining tayanch doktoranturasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbari — arxitektura doktori, professor Salimov Orifjon Muslimovich. 2021-yilda “Toshkent shahrida zamonaviy turarjoy landshaft dizaynining shakllanishi” mavzusidagi ilmiy ishiga xalqaro patent olgan. 2021-yilda Toshkentdagi “Wunderkind” maktabi “Art club” asoschisi (hozirgacha faoliyatda). 2023-yilda O‘zbekistondagi Erasmus+ xalqaro dasturi doirasida tashkil etilgan “Tasviriy san’at va musiqa uyg‘unligi” deb nomlangan ko‘rgazma muallifi. 2023-yilda O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Toshkentdagi Vestminster Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmada ijodiy ishlari bilan qatnashgan. 2024-yilda Toshkentdagi Malayziya elchixonasi hamda Malayziya Islom san’ati muzeyi xodimlari tomonidan tashkil etilgan Xalqaro treningda ishtirok etildi. 2024-yilda Malayziyaning “Sulton Idris” nomidagi Pendidikan Universitetida 144 soatlik malaka oshirib kelgan.

2024-yildan buyon “AJOU” Janubiy Koreya-O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasida professor lavozimida leksiyalar o‘qib keladi. 2025-yilda “DIZAYN – TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya muallifi. 2025-yilda “Dizayn metodologiyasi asoslari” mavzusida darslik nashr qilindi. 2025-yilda Qozog‘istonning K.Jubanov nomidagi Aktobe Regional Universitetida malaka oshirib qaytgan. 2025-yilda Qozog‘istonning K.Jubanov nomidagi Aktobe Regional Universitetida xalqaro ko‘rgazma ishtirokchisi.

2026-yilda “Tumor” nomli ishlab chiqarish namunasiga Qozog‘iston Respublikasi patenti olingan. 2026-yilda Qozog‘iston Respublikasida hammualliflikda patent qo‘lga kiritildi. 2026-yilda “DIZAYN – TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya muallifi. Hozirgacha Respublikadagi interyer mutaxassisligi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari qabul jarayoni komissiyasi raisi, Respublikadagi rassomlikka ixtisoslashgan san’at maktablarida Bitiruv malakaviy ishlari imtihonlari raisi, xalqaro ko‘rik-tanlovlarda komissiya a’zosi sifatida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Respublika va xalqaro grantlarda, konferensiya va ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Bundan tashqari bakalavr va magistratura yo‘nalishlari hamda doktorantura bosqichlarida Respublika va boshqa xorijiy shogirdlarni yetishtirib chiqarmoqda.