JOʻRAYEV ADHAM MENGZIYA OʻGʻLI
• Ijtimoiy rahbarlik va amaliy natijalar: Oʻzbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Sirdaryo boʻlimi rahbari. 870+ nogironligi boʻlgan shaxsga moddiy koʻmak va yordam vositalari berilishini taʼminlagan, 240 nafarini ishga joylashtirgan hamda 100+ obyektda toʻsiqsiz muhit yaratgan.
• Respublika va xalqaro loyihalar: "Nogironligi boʻlgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan sport kompleksi" loyihasi bilan
2021-yil: "Sevimli" telekanalida Adham Joʻrayevning ilmiy faoliyati va shaxsiy hayotiga bagʻishlangan "Birgamiz" koʻrsatuvi efirga uzatildi. 2021-yil: Oʻzbekiston Respublikasi Yosh olimlar kengashi tomonidan oʻtkazilgan "Sharq xalqlari hayotida, urf-odat va qadriyatlarida Navroʻz bayramining tarixiy ahamiyati" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda "Islom Karimov – Navroʻz umumxalq bayrami asoschisi" mavzusida tezisi eʼlon qilindi. 2021-yil: Polshaning Varshava shahrida chop etiluvchi "Polish Science Journal"da "Oʻqitishning zamonaviy usullari" mavzusida hammualliflikda ilmiy maqolasi nashr qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi. 2021-yil: Turkiyaning Anqara shahrida "Ikgodum" onlayn jurnalida hammualliflikda maqolasi chiqdi. 2021-yil: "Demografik jarayonlar: muammo va yechimlar" nomli hammualliflikdagi monografiyasi nashr etildi. 2021-yil: Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan nogironligi boʻlgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Respublika musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yil: Guliston shahar hokimligi tomonidan "Sirdaryoning iftixori" koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi. 2021-yil: Rossiyaning Moskva shahrida "Ekonomika i sotsium" ilmiy jurnalida "THE ROLE OF GEOGRAPHICAL FORECASTING IN GEOGRAPHY" nomli hammualliflikdagi maqolasi chop qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi. 2021-yil: Ispaniyaning Madrid shahrida chop qilinuvchi "EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL" (Impact Factor: 7.25) jurnalida "ON THE MIGRATION OF TURKISH PEOPLE TO TURKESTAN, MOLGUZAR MOUNTAIN SYSTEMS AND MIRZACHUL (XVIII - first half of the XIX century)" nomli hammualliflikdagi maqolasi eʼlon qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi. 2021-yil: "Obrazovaniye i nauka v XXI veke" jurnalida "ZNACHENIYE MELIORATIVNYKH MEROPRIYATIY V RAZVITII SELSKOGO KHOZYAYSTVA SYRDARYINSKOY OBLASTI" nomli hammualliflikdagi maqolasi eʼlon qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi. 2021-yil: Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning yosh olimlari oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro tanlov jurnalida maqolasi chop etildi hamda 1-darajali diplom, guvohnoma va oltin medal bilan taqdirlandi. 2021-yil: "Zoʻr TV" telekanalida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan "Bu kun" informatsion dasturida Adham Joʻrayevning ibratli ilmiy faoliyatiga bagʻishlangan lavha efirga uzatildi. 2021-yil 18-19-dekabr: Toshkent shahrida Oʻzbekiston yoshlar forumi doirasida oʻtkazilgan "Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya" tanlovining Respublika final bosqichida munosib ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan diplom, sertifikat, pul mukofoti va hamkor tashkilotlarning sertifikatlari bilan taqdirlandi. 2021-yil 20-25-dekabr: Toshkent shahrida "Oʻzbekiston yoshlar forumi – 2021"da 2022-yilgi "Yoshlarga oid davlat dasturi"ga oʻz taklifi bilan ishtirok etdi, sertifikat bilan taqdirlandi va "Yoshlar elchisi" degan sharafli nomga ega boʻldi. 2022-yil fevral: Belgiyaning Brüssel shahrida nashr qilinuvchi "Eurasian Scientific Herald" (Impact Factor: 8.225) jurnalida "Elegant Perfume Smelled Pen" nomli hammualliflikdagi maqolasi chop qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi. 2022-yil mart: Chexiyaning Praga shahrida chop qilinuvchi "THE PEERIAN JOURNAL" (Impact Factor: 7.425) jurnalida "Ecological Problems Associated with the Aral Sea in Geophysical Forecasting Education" nomli hammualliflikdagi maqolasi nashr qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi. 2022-yil mart: Amerika Qoʻshma Shtatlarining Dallas shahrida chop etiluvchi "Texas Journal of Multidisciplinary Studies" (Impact Factor: 5.909) jurnalida "The Need for Formation of Andragogy as A Science" nomli hammualliflikdagi maqolasi nashr qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi. 2022-yil aprel: "OʻZBEKISTON ZAMINI" jurnalida "SIRDARYO VILOYATI QISHLOQ XOʻJALIGI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING OʻZIGA XOS JIHATLARI" mavzusida hammualliflikdagi maqolasi nashr qilindi. 2022-yil dekabr: Polshaning Varshava shahrida chop etiluvchi "MIASTO PRZYSZLOSCI" (Impact Factor: 9.2) jurnalida "The Aral Sea: Yesterday and Today" nomli hammualliflikdagi maqolasi nashr qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi. 2023-yil mart: "EMERGENT: JOURNAL OF EDUCATIONAL DISCOVERIES AND LIFELONG LEARNING" (Impact Factor: 6.516) jurnalida "PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN ADOLESCENTS" va "INCULCATING ECOLOGICAL SPIRITUALITY IN THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IS THE DEMAND OF THE TIMES" nomli 2 ta hammualliflikdagi maqolasi nashr qilindi va sertifikatlar bilan taqdirlandi. 2023-yil: "Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba" mavzusidagi xalqaro gibrid formatdagi ilmiy-amaliy anjumanda "Sirdaryo viloyatida investitsion jozibadorlikni oshirishda turizmning oʻrni" mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2023-yil sentabr: "Science and Innovation" jurnalida "Моделирование интенсивности питания грунтовых вод в слоистой толще пород" maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2023-yil oktabr: "Iqlim oʻzgarishi sharoitida arid hududlari suv resurslari muammolari va ularning yechimlari" mavzusida oʻtkazilgan konferensiyada "Transchegaraviy ekologik muammolarni yechishning ilmiy-konseptual asoslari (Markaziy Osiyo misolida)" ilmiy maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2023-yil oktabr: "Oʻzbekistonning xalqaro reyting va indekslarda oʻrnini yaxshilash: muammolar, nazariya, amaliyot va strategiya" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya jurnalida "Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash yoʻllari" maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2023-yil oktabr: "Science Promotion" jurnalida "Globallashuv sharoitida inson huquqlari va fuqarolik jamiyati" maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2023-yil oktabr: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 72 soatlik "Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqaruvi" yoʻnalishi boʻyicha malakasini oshirib, sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yil fevral: "Open Herald Journal"da "About web cards and their use" maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yil fevral: "International Journal of Scientific Trends" ochiq kirishli retsenziyalanuvchi jurnalida "Basics and directions of tourism development in Uzbekistan" maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yil mart: "Agro ecological condition of Sirdarya region and the ways to improve it" maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yil aprel: "Fan, taʼlim va innovatsiya" jurnalida "Sirdaryo viloyatining agroekologik holati va uni yaxshilash yoʻllari" maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yil may: "Yangi Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish istiqbollari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya jurnalida "Yantoq oʻsimligi va uning kimyoviy tarkibini tadqiq etish" maqolasi bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yil iyul: Sportning para yengil atletika turi boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Sirdaryo viloyati chempionatida faxrli 1-oʻrinni egallab, oltin medal va diplom bilan taqdirlandi. 2024-yil 8-13-avgust: Qashqadaryo viloyatining "Lochin" oromgohida 15 ta mamlakatdan kelgan 1200 nafar ishtirokchi orasida "Nogironligi boʻlgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan sport kompleksi" loyihasi bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va sertifikat bilan taqdirlandi. 2025-yildan boshlab sinov tariqasida mamlakatimizning 3 ta hududida Sport vazirligi tomonidan qurilishi belgilandi. Agar mamlakatimizning barcha hududlarida qurilib foydalanishga topshirilsa, 2000 ta nogironligi boʻlgan shaxslar va sogʻlom fuqarolarning bandligi taʼminlanadi. Adham Joʻrayev Oʻzbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlimi boshligʻi lavozimida 2022-yil 30-avgustdan buyon ishlab kelmoqda. Shu kungacha Adham Joʻrayev rahbar sifatida homiylar yordami bilan 370 dan ortiq nogironligi boʻlgan shaxsga moddiy yordam koʻrsatdi. 60 dan ortiq ijtimoiy soha obyektida nogironligi boʻlgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlarni va toʻsiqsiz muhit boʻyicha qilingan ishlarni monitoring qildi. 40 dan ortiq binolarni nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirdi. Joriy yilning boshidan shu kungacha nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash maqsadida: 60 nafari "Sogʻliqni saqlash", 80 nafari "Bank, moliya, iqtisod" hamda 100 nafari taʼlim va boshqa sohalarga ishga joylashtirildi. Nogironligi boʻlgan shaxslar hayotiga oid 15 dan ortiq masalalarni mutasaddi idoralar bilan birgalikda hal qildi va amaliy ishlar davom etmoqda. Shu kungacha "Guliston yangiliklari", "Davr va yoshlar", "Sirdaryo haqiqati", "Salomatlik sandigʻi", "Ishonch", "Mahalla", "Turkiston", "Xalq sPath" gazetalarida 50 dan ortiq Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati, iqtidorli yoshlarning ijodiy faoliyati va boshqa mavzularda maqolalari chiqqan. A. Joʻrayevning 30 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqola hamda tezislari chop etilgan. A. Joʻrayev 2025-yil davomida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Sirdaryo viloyati filiali grant mablagʻlari asosida 2 nafar nogironligi boʻlgan oʻquvchi uchun noutbuk, 2 nafar nogironligi boʻlgan shaxs uchun nogironlar arabachasi, 1 nafar nogironligi boʻlgan fuqaro uchun eshitish moslamasi, qoʻltiqtayoq, hassatayoq hamda homiylar koʻmagida 500 nafar nogironligi boʻlgan shaxs uchun oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlari berilishini taʼminladi. 2025-yil davomida 80 dan ortiq ijtimoiy soha va xususiy obyektlarda toʻsiqsiz muhit yaratilganligi boʻyicha oʻrganish va monitoring oʻtkazildi, 60 dan ortiq obyektda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhit yaratildi. 2025-yilda A. Joʻrayev magistrlik darajasini oldi. 2025-yilda A. Joʻrayevning hammualliflikdagi "Sirdaryo viloyati joy nomlarining izohli lugʻati" nomli kitobi nashrdan chiqdi.