MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SHERNAZAROV FARRUX FARHOD OʻGʻLI

SHERNAZAROV FARRUX FARHOD OʻGʻLI

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 5-kurs talabasi

Men Shernazarov Farrux Farhod o’g’li Samarqand viloyati Urgut tumanida 1995-yil tug’ilganman 2002 - yil 98 - umum ta’lim maktabiga qabul qilinib, 2011 - yil Samarqand davlat chet tillar qoshidagi 1-sonli akademik litseyga o’qishga qabul qilindim. 2018-yil O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti 18835-sonli talabalik guvohnomasi asosida talabalikka qabul qilindim.

Hozirgi  kunda Samarqand davlat tibbiyot universiteti   5-bosqich talabasiman. Men ilmiy maqolalar yozish bilan  ham  shug’ullanaman. Mening «Инфаркт миокарда - причины, симптомы,  факторы риска, первая помощь, лечение и меры по снижению факторов риска» Образование  и наука в XXI веке" jurnalida  nashr  etildi. Ushbu jurnalda 10 ga yaqin maqolalar chop etdim.

2021-yil  dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar forumida ,,Onlayn tizimda ishlaydigan raqamli bemorlarni qabul qilish tizmini ishlab chiqish” g’oyasi bilan ishtirok etib ushbu g’oya eng kuchli g’oyalar qatoriga kiritildi. Malumot o’rnida SSV tomonidan ham 394376883_11637-v/21 raqmli murojaat ijobiy qabul qilindi. 

Shuningdek, Men Qozog’istonni Nur-Sulton shahrida  o’tqazilgan MDH IV Xalqaro kitob nashri MDH va Yevropaning barcha mamlakatlaridan kelgan yosh talabalarning ilm-fan va shaxsiy muvaffaqiyatlarini targʻib qilishga qaratilgan. MDH mamlakatlari IV Xalqaro kitob binosining ilmiy bazasini shakllantirishga qaratilgan “BEST STUDENT-2022” tanlovida ishtirok etdim. Mazkur loyihada Qozog’iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Belarus Respublikasi va boshqalarning yosh talabalari orasida ishtirok etib faxrli ikkinchi o’rinni oldim. Ushbu tanlovda ,,Gastritis causes, symptoms, diagnosis, treatment, medicines, complications, prevention” nomli maqola bilan ishtirok etib, ilmiy maqolam to’plami, faxrli ikkinchi darajali diplom, esdalik ko’krak nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandim.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr Oliy Majlisdagi va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida 2021-yilni "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yili deb e'lon qildi, va 2020-yil 25-dekabr O'zbekiston yoshlari forumida yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyatli va madaniyat egasi etib tarbiyalash borasidagi qator vazifa va loyihalarni belgilab berdi. Ushbu vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Toshkent Farmatsevtika Instituti va Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti hamkorligida o'tkazilgan "Uchinchi renessansda Ibn Sino izdoshlari" mavzusidagi talabalar, magistrantlar, va yosh izlanuvchilar uchun respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ilmiy maqolam bilan faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandim. 

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi kardiologlar assotsatsiyasi "Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va diagnostika innovatsion yondashuv mavzusidagi ilmiy amaliy anjumanda zamonaviy kardiologiyaning asosiy yo'nalishlari bo'yicha 16 (o'n olti) soatlik ma'ruzalar kursini tugatib sertifikatga ega bo’ldim.

Toshkent davlat stomatologiya insituti tomonida tashkil qilingan "Congenital and acquired defects of the face and deformities" which has held on November da ishtirok etdim va sertifikat bilan taqdirlandim.

Eurasian  Scientific  Herald  open access, peer reviewed journal  issn (e): 2795 – 7365  journal impact factor: 8.225  Berlin jurnalida ,,The Structure of the Heart and its  Physiology in Regular Athletes’’ nomli maqolam jurnalda chop etilib sertifikat bilan taqdirlandim. Bundan tashqari «Интернаука» xalqaro jurnalida ,,Increased brain pressure - causes, symptoms, complications, treatment’ nomli maqolam chop etildi.

Bundan  tashqari ilmiy maqolam «Innovative Academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi, O’z-LIDEP Toshkent shahar kengashi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi birlashgan holda  o’tkazgan «Лучший  инноватор в области и науки» xalqaro tanlovida ilmiy maqolam to’plami, xalqaro darajadagi diplom, esdalik ko’krak nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandim.

Hozirgi kungacha O’zbekiston, O’rta Osiyo va Yevropaning bir qator mufuzli bazalarida indeklanadigan jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalarim chop etib kelinmoqda.

Salomatlikka oid bir qancha maqolalarim O’zbekistondagi eng foal saytlardan biri Kun.uz rasmiy sahifalarida shifokor sifatida maqolalarim chop etilib turadi.

Jahon Sog’liqni Saqlash Vazirligining ,,OPENWHO’’ platformasi tomonidan tashkil etilgan ,,My Courses’’ onlayn kurslarini muvaffaqiyatli tamamlab, 30 ga  yaqin a’lo darajali sertifikatlar bilan taqdirlandim.

2019-2020 yillarda Covid - 19 pandemiyasi sababli insonlarni muammoli savollarini ijobiy hal qilish maqsadida butun O’zbekiston Respublikasi barcha hududlaridan 200 ga yaqin tibbiyot sohasidagi barcha mutaxasislarni bir joyga jamlash va ushbu tizimda boshchilik qildim.

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti ​2022 - yil 13 - aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining navbatdagi Ilmiy kengashi boʻlib oʻtdi. Ilmiy kengashda nomdor stipendiyalar sohiblari sifatida eʼtirof etildim.

Zamon talabi bo’lgan bloggerli sohasiga qiziqqanim sababli tibbiy blogger sifatida bir qancha tibbiyot kanallariga egaman.

Hozirda Kun.uz loyihasidagi ,,Sog’lom Hayotuz’’ telegram kanalida shifokor sifatida muntazam salomatlik haqidagi maqalolarim chop etib kelinmoqda. Bundan tashqari 320 mingga yaqin auditoriyaga ega ,,Sog’lomHayot’’ muntazam salomatlikka oid tavsiyalar berish va ,,SoglomUZbot’’ orqali barcha murojaatlarni qabul qilish va tavsiyalar berib kelmoqdaman.