MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ISTAMOVA DILNOZA SADULLOYEVNA

ISTAMOVA DILNOZA SADULLOYEVNA

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,(PhD) Navoiy davlat universiteti Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti • 80 dan ziyod ilmiy maqolalarni,monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklar avtori. • Xalqaro dastur g`olibi. • Angliya,Hindiston,Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi mamlakat dasturlari ishtirokchisi. • Respublika tanlovlari ishtirokchisi.
Istamova Dilnoza Sadulloyevna Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. 1989–1999-yillarda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 5-umumtaʼlim maktabi va 38-gumanitar litseyda tahsil olgan. 1999–2003-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqichi, 2003–2005-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining magistratura bosqichi hamda 2021–2023-yillarda tayanch doktoranturada tahsil olgan. Istamova Dilnoza mehnat faoliyatini 2005-yilda Navoiy davlat pedagogika institutining “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasida boshladi. Oʻzining faoliyati davomida talaba-yoshlarga tahsil berish barobarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan ham shugʻullanmoqda. U oʻquv jarayoni, maʼnaviy-ma meʼmoriy hamda maʼrifiy ishlar, ilmiy-tadqiqot faoliyati va tashkiliy ishlarni boshqarishda mohir ustozdir. D. Istamova faoliyati davomida nafaqat oʻquv jarayonining mohiyatini chuqur anglagan, balki zamonaviy taʼlim paradigmasiga mos metodik yondashuvlarni puxta egallagan pedagog sifatida shakllandi.

2005–2009 yillar – Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi. 2009–2013yillar – Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi. 2013–2015yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2015–2021yillar – Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2021–2023 yillar – Navoiy davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti. 2021 yil – Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi ichki o‘rindosh katta o‘qituvchisi. 2024-yildan hozirga qadar – Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. Dilnoza Istamova 2019-yil ITEC dasturi g‘olibi bo‘ldi va Hindistonning International Management institutida malaka oshirib qaytdi. Istamova Dilnoza o‘z darslarida ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalar, kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari, interfaol metodlar va AKT yechimlaridan foydalanib, talabalarning mustaqil fikrlashi, analitik mulohaza yuritishi va amaliy ko‘nikmalarni egallashi uchun samarali sharoit yaratadi. Dilnoza Istamova Boku davlat universiteti hamda Ozarbayjon davlat pedagogika universitetlariga tajriba almashish maqsadida taklif etildi. Mazkur tashrifning maqsadi O‘zbekiston ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish hamda zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga joriy qilishdan iborat dasturlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, ushbu dasturlar universitet o‘qituvchilarining ingliz tilini o‘rgatish uslubi, tajribasi, til o‘zlashtirish nazariyalari, darsni rejalashtirish hamda amaliy o‘qitish ko‘nikmalariga tayyorlashga mo‘ljallangan edi. Dilnoza Sadulloyevna ilmiy hamkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Boku davlat universitetining “Dədə Qorqud dünyası” nomli xalqaro ilmiy jurnali tahrir hay’ati a’zoligiga qabul qilindi.

Tashabbuskor, ta’lim-tarbiya sohasining fidoiysi, hamkasblari va talabalar hurmatini qozongan Dilnoza Istamova mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qiluvchi, talaba-yoshlar orasida o‘zbegimning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini hamda insoniylik fazilatlarini to‘g‘ri targ‘ib etuvchi olima sifatida 2025-yilda “Yil ayoli” milliy tanlovida ishtirok etib, viloyat bosqichi g‘olibasi bo‘ldi. D.S. Istamova — tashabbuskor va ishchan tashkilotchi xodim. U ko‘plab iqtidorli talabalarning xalqaro, respublika va ilmiy-amaliy anjumanlardagi ishtirokida ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Magistratura va doktorantura bosqichidagi talabalarning dissertatsiya ishlarida talabchan rahbar sifatida ular bilan doimiy izlanishda bo‘lib kelmoqda. U universitet va fakultetda bo‘lib o‘tadigan jamoat ishlarida hamda tadbirlarda faol ishtirok etadi. Xususan, o‘quv intizomini mustahkamlash, talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni o‘rgatish hamda targ‘ib qilish, umumta’lim maktablari bilan hamkorlik yo‘nalishlarida o‘ziga xos tajribaga ega. Dilnoza Istamova mahallalarda kam ta’minlangan oilalar bilan muntazam ishlash jarayonida yuqori mas’uliyat va insonparvarlik namunasini ko‘rsatib kelmoqda. U har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur o‘rganib, ehtiyojlardan kelib chiqqan holda manzilli yordam ko‘rsatish, zarur xizmatlarga yo‘naltirish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda tashabbuskorlik namoyon etadi. Universitet ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondashadi hamda o‘ziga topshirilgan har qanday vazifani sidqidildan uddalaydi. Jamoada alohida hurmat qozongan pedagog sifatida ko‘plab faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan. Navoiy davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Ustozlar forumi – 2026” tanlovida nizomga muvofiq ta’sis etilgan “Eng fidoyi ustoz”, “Yilning eng yaxshi tyutori”, “Eng tashabbuskor o‘qituvchi”, “Eng ijodkor kafedra mudiri” kabi 10 dan ortiq nominatsiyalar bo‘yicha munosib deb topilgan 70 nafarga yaqin nomzodlar orasida Dilnoza Istamova ham taqdirlandi.