MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ISMONOV ABDUVAXOB JOʻRAYEVICH

ISMONOV ABDUVAXOB JOʻRAYEVICH

● lmiy ishlar va kartografiya: 300 dan ortiq ilmiy maqola, 10 dan ortiq monografiya, "Oʻzbekiston Respublikasi tuproqlari kartasi" (2008) hamda "Tuproq qoplamlari atlasi" (2010) hammuallifi va tuzuvchisi. ● Amaliy va respublika ahamiyatidagi loyihalar: 150 dan ortiq xoʻjalikning tuproq bonitirovka xaritalari, respublika boʻyicha agrotuproq va yer baholash xaritalarini tuzib, amaliyotga joriy etg
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida – Tuproqlar genezisi, geografiyasi va raqamli kartografiya boʻlimi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, oilali, uch nafar farzandning otasi. 10 dan ortiq hamkorlikdagi monografiyalar, oʻn ikkita tavsiyanoma, 1 mualliflik guvohnomasi, “Oʻzbekiston Respublikasi tuproqlari kartasi” (2008), “Oʻzbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari atlasi” (2010) hamda 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 4 ta shogird tayyorlagan va ular (PhD) himoya qilganlar. Ismonov Abduvaxob Joʻrayevich 1960-yilda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1977-yili M. Ulugʻbek nomidagi 4-oʻrta maktabni tamomlagan. 1977-yili Namangan davlat pedagogika institutiga kirib, geografiya-biologiya oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha 1982-yilda tamomlagan. Mehnat faoliyati: 1982-1984 yy. – Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani, 30-oʻrta maktab biologiya oʻqituvchisi. 1984-1987 yy. – Namangan davlat pedagogika instituti “Geografiya” kafedrasi laboranti. 1984-1985 yy. – Harbiy xizmat. 1987-1990 yy. – Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot Davlat instituti aspiranti. 1990-1995 yy. – Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot Davlat instituti “Tuproq ekologiyasi” boʻlimi kichik ilmiy xodimi. 1995-2006 yy. – Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot Davlat instituti “Tuproqlar genezisi, geografiyasi va mineralogiyasi” boʻlimida katta ilmiy xodim. 2006-2023 yy. – Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot Davlat instituti “Tuproqlar genezisi, geografiyasi va kartografiyasi” boʻlimi mudiri. 2005-yili “Och tusli boʻz tuproqlar mintaqasi tuproqlari va ular unumdorligini oshirish yoʻllari” mavzusida nomzodlik himoyasini qilgan. 1989-yildan 2014-yilgacha Respublika sugʻoriladigan yerlari tuproqlarida “tuproq baholash” ishlarini oʻtkazgan va 150 dan ortiq xoʻjalik (massiv)larning bonitirovka xaritalarini 1:10000 masshtabda tuzib, ishlab chiqarishga joriy etgan. 2008-yili Oʻzbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari atlasini 1:450000 masshtabda tuzgan va amaliyotga joriy etgan. 2010-yili Oʻzbekiston Respublikasi tuproq kartasini 1:750000 masshtabda tuzgan (hammualliflikda) va amaliyotga joriy etgan. 2001-2012-yillarda respublikamizning barcha viloyatlarini 1:200000 masshtabdagi “Agrotuproq kartalari”ni va “Yer baholash kartalari”ni tayyorlagan. Davlat ilmiy-texnikaviy dasturida Respublikaning Fargʻona vodiysi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Quyi Amudaryo va Toshkent viloyatlari hududlari sugʻoriladigan zonasi tuproq qoplamlarini kompleks oʻrganish, ularni baholash hamda degradatsiyaga uchragan tuproqlar ekologik-meliorativ holatini yaxshilash va mahsuldorligini oshirishning samarador texnologiyalarini ishlab chiqish mavzulari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazgan. 2022-2024-yillarda “Geoaxborot texnologiyalari asosida Orol dengizi qurigan tubida degradatsiyaga uchragan tuproqlarning ekologik-meliorativ holatiga oid oʻrta masshtabli tuproq kartasini yaratish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirib, uning 1960-yildan boshlab suvlari chekingan (qurigan) tubida 4,2 mln gektar yer maydonlari ochilib qolganligi va ularni “Tuproq, tuproq-gruntlari kartasi”, “Tuproq shoʻrlanishi kartasi”, “Zaharli tuzlar kartasi”, “Orol dengizi qurigan tubining geomorfologik rayonlari kartasi” va “Agrolandshaftlar kartasi”ni 1:200 000 masshtabda tuzgan va ishlab chiqarishga joriy etgan. 2001-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasining 23.12.2000-yildagi 496-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida Yer monitoringi nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Respublikaning qishloq xoʻjaligiga yaroqli yer maydonlarida tuproq monitoringini oʻtkazish boʻyicha tadqiqotlar olib bormoqda. Unga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda tuproq monitoringi tadqiqotlari oʻtkazilmoqda va bu ishlarga A. J. Ismonov rahbarlik qilib kelmoqda. Tuproq monitoringi tadqiqotlaridan lavha 2020-y.





Orol dengizi joylashgan Moʻynoq tumaniga kirib borish. 2022-y. Orol dengizi qurigan tubining deflyatsiyaga kuchli uchragan qismidagi qum tepaliklar. 2022-y. Orol dengizi qurigan tubining koʻrinishi, 2023-y. Orol dengizi qurigan tubining umumiy koʻrinishi. 2024-y. Tuproq tekshiruv izlanishlari. Tuproq namunalarini olish jarayoni Orol dengizini avvalgi va hozirgi davrdagi koʻrinishi.

Orol dengizining hozirgi qoldiq qismining koʻrinishi. 2024-y. Moʻynoq tumani, Orolboʻyiga oʻrnatilgan xotira-estalik monumenti. 2024-y. Orol dengizi qurigan tubida qolib ketgan kema. 2024-y.