MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

Ishmuratova Nigina

Ishmuratova Nigina

@kokoshka__999 lifestyle Instagram bloger • Oliy taʼlim: TATUning "Axborot texnologiyalarini oʻqitish" yoʻnalishini (rus tili fakulteti) muvaffaqiyatli tamomlagan. • Xalqaro grant: Janubiy Koreyaning Youngsan universiteti professorlari imtihonidan yuqori natija bilan oʻtib, 40 foizlik grant asosida magistraturaga qabul qilingan. • Tadqiqotlar: Magistraturada COVID-19 davrida turizm va m
Ishmuratova Nigina Ismoil qizi (KOKOSHKA__999) taxallusi bilan tanilgan lifestyle Instagram bloger — 1994-yil 9-oktabrda Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tug‘ilgan. Bekobod shahridagi Alisher Navoiy nomidagi nufuzli maktabda tahsil olib, uni a’lo baholar bilan tamomlagan. 2010–2013-yillarda Bekobod tibbiyot kollejida tahsil olib, tez tibbiy yordam yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan. (Lekin tibbiyot sohasiga qiziqishi juda katta bo‘lmagani sabab, raqamli texnologiyalar, media marketing sohasiga qiziqishi katta bo‘lgan.) 2015–2019-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rus tilidagi ta’lim fakultetida tahsil olib, “Axborot texnologiyalarini o‘qitish” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan. 2019-yilda O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Busan shahridagi Youngsan universiteti professorlari tomonidan “Business Management, Hotel Tourism va IT Management” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichiga o‘tkazilgan saralash imtihonlarida ishtirok etgan. Suhbat va og‘zaki imtihonlarda yuqori natija ko‘rsatib, 40 foizlik grant asosida magistraturada tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan va shu yili Janubiy Koreyaga kelgan. Magistratura davrida axborot texnologiyalari, biznes boshqaruvi, turizm va mehmonxona boshqaruvida raqamli texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borgan. Magistrlik dissertatsiyasida, xususan, COVID-19 pandemiyasi davrida turizm va mehmonxona xizmatlarini masofadan boshqarish, onlayn bron qilish tizimlari, mehmonxona xonalari va xizmatlarini masofadan ko‘rib tanlash hamda bron qilish imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan loyiha ustida universitet professorlari bilan hamkorlikda ish olib borgan. Ingliz tilini IELTS 6.5 darajasida, koreys tilini esa 3-darajada egallagan. Media va marketing faoliyati Ishmuratova Nigina 2023-yil oxiridan boshlab Instagram va TikTok ijtimoiy tarmoqlarida shaxsiy kontent yaratish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. 2024-yildan boshlab ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada kengaytirgan. Uning kontentlari asosan Janubiy Koreyadagi hayot, xorijda ta’lim olish, ayniqsa Koreyada o‘qishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun foydali ma’lumotlar, shaxsiy tajriba va tavsiyalar, shuningdek, kundalik hayotga oid qiziqarli va yumoristik videolardan iborat. Auditoriya bilan sodda va samimiy muloqot, foydali ma’lumotlarni ko‘ngilochar uslubda yetkazish natijasida qisqa muddat ichida ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyani shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan. Ikki yil davomida Instagram sahifasida 500 mingdan ortiq, TikTok platformasida 70 mingga yaqin, YouTube kanalida esa 230 mingdan ortiq obunachi to‘plagan. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati va katta auditoriya bilan ishlash tajribasi uning marketing, raqamli kommunikatsiyalar hamda xalqaro auditoriya bilan ishlash sohalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirgan. Professional faoliyati 2023–2025-yillarda Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi xorijliklarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi GME (Global Money Express) kompaniyasida Marketing Officer lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida xorijiy mijozlar bilan ishlash, raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar orqali kompaniya xizmatlarini targ‘ib qilish va xalqaro auditoriya bilan kommunikatsiya o‘rnatish bo‘yicha tajriba orttirgan. 2025-yildan hozirgi kunga qadar Janubiy Koreyada xorijiy fuqarolarga xalqaro pul o‘tkazmalari, moliyaviy xizmatlar, SIM-karta va boshqa fintech xizmatlarini taqdim etuvchi HANPASS kompaniyasida faoliyat olib bormoqda. U kompaniyada Marketing & Finance Officer, Head of CIS Marketing, shuningdek, HANPASS Ambassador va Influencer sifatida faoliyat yuritadi. MDH davlatlaridan bo‘lgan mijozlar bilan ishlash, marketing strategiyalarini ishlab chiqish, kompaniya xizmatlarini ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish, moliyaviy xizmatlar bo‘yicha axborot berish hamda kompaniya va xorijiy mijozlar o‘rtasidagi kommunikatsiyani rivojlantirish uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Axborot texnologiyalari bo‘yicha olgan ta’limi, Janubiy Koreyadagi xalqaro tajribasi, ijtimoiy tarmoqlarda shakllantirgan katta auditoriyasi hamda moliya va marketing sohasidagi professional faoliyati Nigina Ishmuratovaning IT, media, marketing va moliyaviy xizmatlarni birlashtirgan yo‘nalishda faoliyat olib borishiga zamin yaratgan. Bugungi kunda u Janubiy Koreyada yashayotgan va ta’lim olishni rejalashtirayotgan xorijliklar, xususan, Markaziy Osiyo yoshlari uchun foydali ma’lumotlar ulashish, ularning Koreyadagi hayot va xizmatlar haqidagi bilimlarini oshirish bilan bir qatorda, xalqaro marketing va moliya sohasidagi professional faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Shaxsiy hayoti 2026-yil 8-aprelda Nigina Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, kelib chiqishi tojik-turk millatiga mansub yigit bilan oila qurgan. Ularning tanishuv tarixi 2021-yilda Janubiy Koreyada boshlangan. Ular dastlab TikTok ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, muloqot qila boshlagan. Avvaliga oddiy do‘stlik sifatida boshlangan munosabat qariyb ikki yil davom etib, vaqt o‘tishi bilan o‘zaro ishonch va mehrga asoslangan jiddiy munosabatga aylangan. Bir necha yil davom etgan tanishuv va munosabatlardan so‘ng ular oila qurishga qaror qilgan va 2026-yil 8-aprelda nikoh to‘yini o‘tkazgan.