MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

BARBU GLORIYA FUKOVNA

BARBU GLORIYA FUKOVNA

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligining ta’lim jarayonini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi • 30 dan ortiq sertifikatlar (shu jumladan xalqaro sertifikatlar) va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan • Davlat darajasida 10 dan ortiq xalqaro tadbirlar tashkilotchisi • “Vatanga sodiq inson” xalqaro ilmiy tanlovi g‘olibi • 20 dan ortiq ilmiy ma
Barbu Gloriya Fukovna 1996-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati rus. 2013-yilda I.V. fon Gyote nomidagi nemis tilini chuqurlashtirib o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan 60-sonli davlat umumta’lim maktabini tamomlagan va shu yili nemis tili bo‘yicha Sprachdiplom B1 sertifikatini qo‘lga kiritgan. 2016-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi 2-akademik litseyni imtiyozli diplom bilan tugatib, nemis tili bo‘yicha Sprachdiplom C1 xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan. 2019-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Gid-tarjimon” yo‘nalishi bo‘yicha saralovdan o‘tib, maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2020-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Nemis tili filologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 2025-yilda City Business School tomonidan tashkil etilgan “Mini-MBA Intensive” kasbiy qayta tayyorlash dasturini imtiyozli tamomlagan. Talabalik faoliyati davomida quyidagi tashkilotlar va tadbirlarda faol volontyor-tarjimon sifatida faoliyat yuritgan: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi; Gyote instituti ko‘rgazmasi; O‘zbekistondagi parlament saylovlari. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosida mehnat faoliyatini boshlagan, dastlab yetakchi mutaxassis, keyinchalik esa bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2022–2023-yillarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida mehnat faoliyati doirasida davlat miqyosidagi yuqori darajadagi tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etgan, jumladan: Toshkent xalqaro investitsiya forumi; INNOPROM. Markaziy Osiyo; «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish» xalqaro konferensiyasi; Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari to‘rtinchi yig‘ilishi; Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlament rahbar ayollarining 14-sammiti; «Yangi Nafas» marafoni; O‘zbekiston Respublikasi referendumi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi. 2023-yilda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi vakili sifatida “Hamdo‘stlik modasi” xalqaro forumida spiker sifatida ishtirok etib, “O‘zbekiston Respublikasida ipak sanoatini rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qilgan. 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tadqiqot markazida mehnat faoliyati doirasida ikki tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, 20 dan ortiq memorandumlar imzolangan. 2024-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) tomonidan tashkil etilgan “Davlat va mahalliy hokimiyat xizmatchilarining ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish usullari va ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi malaka oshirish o‘quv seminarida ishtirok etgan. 2025-yilda “Vatanga sodiq inson” xalqaro ilmiy tanlovi doirasida mukofot bilan taqdirlangan. Shu yilda Transport universiteti talabalarining muvaffaqiyatli kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazgan. Hozirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligida faoliyat yuritadi. O‘z faoliyati orqali mehnat bozorining zamonaviy talablariga javob beradigan kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishga intiladi.