1998-yil 12-mayda Navoiy viloyati Nurota tumani Temirqovuq shaharchasida tugʻilgan, millati qozoq.
Omonboeva Meruert Erkin qizi 2014-yil Navoiy viloyat Nurota tumani 2-Nurota qishloq hoʻjalik kasb-hunar kollejining aniq fanlar (informatika) yoʻnalishini a’lo baholar bilan tugatib, 2017-yil Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti Matematika oʻqitish metodikasi ta’lim yoʻnalishiga test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, toʻlov shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan. Ushbu fakultetni 2021-yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U fikrining teranligi, soʻzga chechanligi, bilimliligi tufayli tengdoshlari orasida tezda koʻzga tashlanib, professor-oʻqituvchilar va talabalarning hurmatini qozongan iqtidorli talabalardan biri boʻlgan.
Omonboeva Meruert Erkin qizi birinchi kursdan oʻqish jarayonida ilmga intilishi, qiziquvchanligi bilan alohida ajralib turardi, oʻsha davrdan boshlab “Fizika va astronomiya fanlarini oʻrganishda matematik amallardan foydalanish metodikasi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Uning 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarning toʻplamlarida va jurnallarida chop ettirilgan. Oliy ta’lim muassasasi, viloyat, mintaqa va Respublika miqyosidagi ilmiy toʻplamlar va jurnallarda muntazam ravishda Omonboeva Meruet ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.
Ilmiy maqolalari ayni vaqtdagi dolzarb mavzularni oʻz ichiga qamrab olgan hamda oʻqitish jarayoni uchun zarur ma’lumotlarga boy.
Shuningdek, yosh ijodkorning “Matematika fanining extimollari nazariyasi va matematika statistika boʻlimi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar bajarish” nomli uslubiy qoʻllanmasi NavDPI Fizika-matematika fakulteti Kengash yigʻilishining 23.05.2020-yilning 10-sonli karori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan. Shu bilan bir katorda oʻzining ilmiy ishi yuzasidan “Matematika fizika tenglamalari boʻlimi” boʻyicha amaliy uslubiy qoʻllanmasi esa NavDPI Fizika-matematika fakulteti Kengash yigʻilishining 23.05.2020-yilning 10-sonli karori bilan tasdiqlangan.
Omonboeva Meruert Erkin qizi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda tajribaga ham ega. Hozirgi kunda bu borada ham yetarlicha yutuqlarni qoʻlga kiritgan. “Quyosh va uning tuzilishi” nomli elektron oʻquv qoʻllanmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, Sanoat namunalari boʻlimi tomonidan EHM uchun dasturi rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Institutimizning faol, intiluvchan talabalaridan biri boʻlgan Omonboeva Meruert oʻz ilmiy izlanishlaridan tashqari, oʻzining tadbirkorligini ham yoʻlga qoʻygan va bu borada bir necha tanlovlar gʻolibi hisoblanadi. Bular “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi-2017” tanlovining Respublika boshqichi gʻolibi, 2017-yil “Qishloq hoʻjaligi sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz” nominatsiyasi gʻolibasi boʻlgan.
2017-yil Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan tashkil yetilgan “Boshlangʻich tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish” shiori ostida oʻtkazilgan yoshlar festivalini yuqori darajada tashkillashtirishda faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati hokimi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2018-yil Viloyat miqyosida oʻtkazilgan “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida mahorat darslarida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish Respublika Markazida boʻlib oʻtgan “Tadbirkorlik asoslari” yoʻnalishi boʻyicha 22 soatlik, qisqa muddatli oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat bilan taqdirlangan.