GAZIYEVA NIGORA SHAMSIDDINOVNA
Angren universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi
• 40 dan ziyod ilmiy maqolalari hamda 10 dan ortiq o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan.
Gaziyeva Nigora Shamsiddinovna 1976-yil 27-oktyabrda Toshkent viloyati Angren shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. 1983–1993-yillarda Toshkent viloyati Angren shahridagi 8-umumta’lim maktabida ta’lim olgan. 1993–1998-yillarda Toshkent viloyati davlat pedagogika institutida (TVDPI) “Boshlang‘ich ta’lim va amaliy psixolog” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 1998–2014-yillar davomida Toshkent viloyati davlat pedagogika institutida (TVDPI) o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan. 2014–2015-yillarda A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy institutida “Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 2015–2019-yillarda Angren shahar XTBga qarashli 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida psixolog lavozimida faoliyat olib borgan. 2019–2023-yillar davomida Angren shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limida “Ta’lim sifatini ta’minlash va metodik yordam ko‘rsatish” bo‘limi uslubchisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2023-yildan shu kunga qadar Angren universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 2019–2023-yillar davomida Angren shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limida “Ta’lim sifatini ta’minlash va metodik yordam ko‘rsatish” bo‘limi uslubchisi lavozimida ish faoliyatini olib borish jarayonida barcha MTTlarida belgilangan reja asosida seminar-treninglar va tanlovlarni tashkil etib kelgan. Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda qatnashib, munosib o‘rinlarga ega bo‘lgan.
1998-2014-yillari Toshkent viloyati davlat pedagogika institutida, 2023-yildan shu kunga qadar oliygoh talabalariga bilim, malaka va ko‘nikmalar berish bilan birga, oliygoh miqyosida o’tkazilgan tadbirlarda va bayramlarda faol ishtirok etib, tanlovlarda qatnashib munosiv o‘rinlarga ega bo‘lgan hamda o‘z ustida ilmiy jihatdan izlanib 40 ga yaqin ilmiy maqolalari hamda o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan. Universitet talabalariga hayot va ijod yo‘li haqida har tomonlama kerakli bo‘lgan maslahatlarni va metodik yordamlarini berib kelmoqda. Universitet bitiruvchi talabalariga ilmiy mavzulariga rahbarlik qilib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim yo‘lishida tahsil olayorgan talabalarga malakaviy amaliyotlariga doimiy rahbarlik qilib, uslubiy tavsiyalar berib kelmoqda. Universitet hamda kafedra rejasi asosida belgilangan ochiq dars mashg‘ulotlarini qiziqarli tarzda o‘tib kelmoqdalar.
N.Sh.Gaziyeva ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarida Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda maqolalarni yozib, nashr etishlarida ustozlik vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.