GAFAROVA AZIZA ISRAILOVNA
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi PhD, katta o’qituvchisi
• Scopus va Web of Science™ bazasidagi Q darajadagi nufuzli jurnal va konferensiyalarda 10 dan ortiq va Respublika jurnal va konferensiyalarda 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
• Xalqaro va Respublika
Gafarova Aziza Israilovna 1984-yil 26-oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1991–1999-yillarda 223-umumta’lim maktabida, 1999–2002-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. 2005–2009-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida “Sug‘oriladigan yerlarda melioratsiya tizimi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat, 2009–2011-yillarda “Suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va 2020–2022-yillarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturasida (PhD) tahsil olgan. 2011–2015-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Gidromelioratsiya fakultetiga qarashli Sug‘orish va suvni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish markazida kichik ilmiy xodim, 2015–2016-yillarda Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi, 2016–2017-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi, 2017–2024-yillarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi assistenti bo‘lib ishlagan, 2024-yildan hozirgi kunga qadar ushbu kafedraning PhD, katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2016-yildan hozirgi kunga qadar 10 dan ortiq guruhlarga murabbiy sifatida faoliyat olib borib, ushbu guruhlarda respublika fan olimpiadasi, tanlovlar va loyihalar g‘oliblari yetishib chiqqan. Xususan, 2020-yilda “Qishloq xo‘jaligi gidrotexnika melioratsiyasi” fani bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida uning ilmiy rahbarligida talabalar faxrli 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Talabalar bilan ilmiy-ijodiy faoliyat olib borish bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Gafarova Aziza Israilovna suv resurslarini samarali boshqarish sohasining pedagogik va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yil “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengashda “Sug‘orish tarmoqlaridagi suv o‘lchash va taqsimlash qurilmalaridan foydalanishni axborot texnologiyalarni qo‘llash asosida takomillashtirish” mavzusidagi 06.01.02– “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi Diplomini olishga erishgan. Ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil bo‘lib, Scopus va Web of Science™ bazasidagi Q darajadagi nufuzli jurnal va konferensiyalarda 10 dan ortiq hamda Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya to‘plamlarida 50 dan ziyod ilmiy maqola, EHM Guvohnomasi, Patent, Darslik, O’quv qo’llanma va uslubiy ko’rsatmalari nashr etilgandir. 2025-yildan Gafarova Aziza Israilovna O‘zbekiston respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, “Research Focus” ilmiy jurnalida tahririyat a'zosi sifatida faoliyat yuritmoqda 2017-yil O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida X Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi Eng yaxshi ishtirokchi, 2018 yil TIIAME professor-o’qituvchilari o’rtasida o’tzazilgan “INTELLEKTUAL-2018” tanlovida “Eng yaxshi” Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturining rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi “Guvohnoma uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rin g‘olibi, 2018-yil Qozog‘iston Respublikasi Olmata shahridagi “Representation of expert products of Hungarian water and sewer companies by specialists of the Hungarian Water Companies Association” konferensiyasi, 2019-yil Jeneva universiteti (University of Geneva), Oregon davlat universiteti (Oregon State University) va TIQXMMI hamkorligidagi “Hydro-diplomacy and Water Energy Food Nexus” seminari, 2020-yil TIQXMMI va UNESCO MOST “Supporting young researchers on scientific publishing through online peer-review platforms” seminari, 2025-yil Institute of Geographic Sciences and Natural Resources Research, Chinese Research Academy of Environmental Sciences, Shihezi University va TIQXMMI hamkorligidagi “Water saving irrigation technology training program” ishtirokchisi. Gafarova Aziza Israilovna hozirgi kunda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasida PhD, katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
5