MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

FARMANOV TO’LQIN XAYITMURODOVICH

FARMANOV TO’LQIN XAYITMURODOVICH

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi professori • Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor • Oilali, 4 nafar farzandning otasi • 2 ta darslik, 9 ta monografiya, 26 ta услубий qoʻllanma (ҳаммуаллифликда), mahalliy va xorijiy nashrlarda, shu jumladan Scopus bazasiga kiradigan ilmiy jurnallarda 150 ga yaqin ilmiy maqolalar chop ettirgan
Farmanov To‘lqin Xayitmurodovich 1964-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Beshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Yangi Nishon shahridagi 1-son umumta’lim maktabini imtiyozli tamomlagan. 1981-yil sentyabrida Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat agrar universiteti) “Buxgalteriya hisobi” fakultetiga o‘qishga kirib, ushbu fakultetni 1985-yil dekabr oyida imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1985-yilning dekabr oyidan 1986-yil avgust oyigacha Nishon tumanidagi U. Yusupov nomli sovxoz-texnikumida katta iqtisodchi vazifasida ishlagan. 1986-yil sentyabr oyidan 1989-yil noyabr oyigacha O‘rta Osiyo Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutida kunduzgi bo‘lim aspiranturasida o‘qib, “O‘zbekistonning janubiy mintaqasida qorako‘lchilik xo‘jaliklarining samaradorligini oshirish” mavzusida iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini tayyorlagan va o‘z muddatida himoya qilgan. 1990-yilning yanvar oyidan 1992-yilning may oyigacha O‘zbekiston narx-navo ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, 1992-yilning may oyidan 1998-yilning sentyabr oyigacha Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot institutida (sobiq O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti) katta ilmiy xodim, sektor mudiri, direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1998-yil sentyabr oyidan 1999-yil noyabr oyigacha O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, 1999-yilning noyabr oyidan 2000-yilning mart oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatida yetakchi mutaxassis, 2000-yilning mart oyidan 2004-yil iyul oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining konsultanti lavozimida ishlagan. 2004-yil iyuldan 2007-yil sentyabr oyigacha Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lim boshlig‘i, 2007-yil sentyabr oyidan 2010-yil 1-apreligacha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida “Qishloqda bozor infratuzilma obyektlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2010-yil 1-aprelidan 2012-yil 4-sentyabrigacha Toshkent davlat agrar universitetining “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, 2013-yil yanvar oyidan 2014-yil 1-apreligacha mazkur kafedraning professori lavozimida ishlagan. 2014-yil sentyabridan 2020-yil yanvarigacha Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutida bosh ilmiy xodim lavozimida, Shu bilan bir vaqtda, 2014-yil mart oyidan 2019-yil 30-noyabrigacha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, Global Ekologik Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonning tog‘li, yarim cho‘l va cho‘l landshaftlarida sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlarni raqobatli ekspluatatsiya qilinishi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytirish” loyihasi menejeri lavozimida ishlagan. 2020-yil yanvar–fevral oylarida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida loyiha rahbari, 2020-yil mart oyidan 2021-yil aprel oylarida “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DK direktorining birinchi o‘rinbosari, 2021-yil aprel oyidan 2021-yil dekabr oyigacha Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti direktori, 2021-yil dekabr oyidan 2023-yil fevral oyigacha Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2023-yil 27-fevraldan 2025-yil 2-sentyabrgacha Toshkent davlat agrar universitetining “Agroiqtisodiyot va turizm” kafedrasi (hozirgi Agrobiznesni boshqarish va logistika kafedrasi) professori, kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2025-yil 2-sentyabridan shu vaqtgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Mintaqaviy iqtisodiyot (hozirgi “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi) professori lavozimida ishlamoqda. 2006-yil mart oyida “O‘zbekiston Respublikasida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiya ishini himoya qilib, iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2009–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha Ekspert kengashida ekspert, 2017-yildan hozirgi vaqtgacha “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha Ekspert kengashi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlamoqda.

T. X. Farmanov Innovatsion rivojlanish agentligida “Iqtisodiyot” yo‘nalishida Ilmiy-texnik kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. O‘tgan vaqt ichida T. X. Farmanov rahbarligida 10 nafar ilmiy xodim iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) va 3 nafar ilmiy xodim DSc ilmiy darajasiga ega bo‘lish uchun dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar. Hozirgi vaqtda 5 nafar PhD va 1 nafar DSc bo‘yicha ilmiy daraja olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda. T. X. Farmanov ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bir vaqtda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, GIZ (Germaniya), JAYKA (Yaponiya), BMTTD, EHHT, FAO va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlarning yirik loyihalarida mahalliy ekspert sifatida ishlab kelmoqda. T. X. Farmanov mehnat faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasiga oid quyidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ekspert sifatida faol ishtirok etgan:

• “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (1998); • “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonuni (1998); • “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (1998); • “Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2010); • “Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonuni (2011–2012); • “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2019); • “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonuni (2019); • “Qishloq xo‘jaligi kooperativlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2022–2024). Mehnat faoliyatim davomida quyidagi davlatlarda malaka oshirishda bo‘lgan: 1. Suriya Arab Respublikasi, xalqaro ICARDA tashkilotining bosh ofisida, qishloq xo‘jaligining ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish (1997-y.); 2. Italiya davlati, TASIS yo‘nalishida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishish (1999-y.); 3. Xitoy Xalq Respublikasi, xalqaro savdo va karantin xizmatlarida hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro konferensiya (2006-y.); 4. Germaniya davlati, “Yashil hafta” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirokchi (2010-y.); 5. Ispaniya davlati, sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil hududlarda tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishish (2016-y.); 6. Germaniya davlati, qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarining rivojlanish darajasi (2022-yil). 7. Xitoy Xalq Respublikasi, Jilin universitetida (2024-y.).