MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ESHBOLTAYEV SHERMUXAMMAD SAFAR O‘G‘LI

ESHBOLTAYEV SHERMUXAMMAD SAFAR O‘G‘LI

“Edu-action” tomonidan “Eng yaxshi hamkor” nominatsiyasi g‘olibi. • Til sertifikatiga ega 100 dan ortiq o‘quvchilari mavjud. • Xalqaro maktabda ICT mutaxassisi • Uzsanoatexpert korxonasi Tarmoq administratori
Eshboltayev Shermuxammad Safar o‘g‘li 1996-yil 10-aprelda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 2003-yilda Sherobod tumanidagi 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qabul qilingan va 2012-yilda maktabni tugatib, ushbu tumandagi Politexnika kasb-hunar kollejining “Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ta’mirlash” sohasida tahsil olgan. 2017–2022-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat bosqichini tamomlagan. 2018-yilda “Rich study” o‘quv markazida ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida hamda 2019–2020-yillarda ushbu o‘quv markazining direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Xorijiy mehmonlar bilan hamkorlik qilib, o‘quv markazining ta’lim faoliyatini rivojlantirgan.

2020–2021-yillarda “Everest” o‘quv markazida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2021–2023-yillarda “Broadway Geeks” o‘quv markazining boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritgan. “Edu Action” bilan hamkorlikdagi ta’lim jarayonlarida yuzlab o‘quvchilar B2 hamda C1 darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritganlar. 2023-2024-yillarda volantyor tarzda Chinoz tumanidagi umumta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yurtigan.



2024-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro maktabda xorijiy o‘quvchilarga ICT fani o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilingan. 2025-yilda Uzsanoatexpert korxonasiga Tarmoq administratori lavozimiga ishga qabul qilingan. Shuningdek, ilmiy faoliyati davomida ta’lim sohasida o‘tkazilgan xorijiy konferensiya hamda treyninglarda ishtirok etib, sertifikat hamda diplomlar bilan taqdirlangan. Xususan, Edu-Action hamda Idp hamkorligida 2022-yil 30-avgustda o‘tkazilgan “What is critical thinking in CLT” nomli treyningda xorijiy mutaxassislar tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan.

2022-yil 12-fevralda Anna Hasper tomonidan tashkil qilingan “IELTS Train the Trainer” konferensiyasida sertifikat bilan taqdirlangan. O‘zbekiston ko‘ngillilar assotsatsiyasi tomonidan tashkil qilingan O‘zbekiston-Hindiston exporti bo‘yicha o‘tkazilgan anjumanda sinxron tarjimon sifatida taklif qilingan. 2025-yil 13-dekabrda Edu-Action tomonidan til o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi hamkor nominatsiyasi bilan taqdirlangan.

Ingliz tili bo‘yicha C1 darajaga ega hamda HTML, Tarmoq administratorlik, tarjimonlik kabi sohalarning yetakchi muxtaxassisi. Hozirda xalqaro Webster universitetida TESOL fakulteti magistranti.