Ernazarov Azizbek Ilxomjon o‘g‘li 1995-yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan, millati — o‘zbek. Qarshi shahridagi 9-umumtaʼlim maktabini imtiyozli shahodatnoma bilan tamomlagan. Maktabda o‘qish davomida matematika va fizika fanlari bo‘yicha tuman hamda shahar olimpiadalarida faol qatnashib, muvaffaqiyatli o‘rinlarni egallagan. 2013–2017-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining "Suv xo‘jaligi va melioratsiya" bakalavriat yo‘nalishida, 2017–2019-yillarda esa "Gidromelioratsiya" magistratura mutaxassisligida tahsil olgan. 2019–2021-yillarda QS Jahon universitetlari reytingida top-100 talikka kiruvchi Janubiy Koreyaning Sungkyunkwan universitetida "Suv resurslarini boshqarish" magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2021-yilda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy kengashda 05.09.07 – "Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi" ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2025-yilda u "Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi" ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Mehnat faoliyatini 2014-yilda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida texnik sifatida boshlagan. 2019–2021-yillarda mazkur institutda katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan. 2022–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda keyinchalik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligida yetakchi va bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat olib borgan. Ushbu davrda u milliy innovatsion ekotizimni rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha muhim loyihalarda hamda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Oʻzbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasi doirasida iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, qishloq va suv xoʻjaligi, energetika, qurilish, transport, kon-metallurgiya sohalarida innovatsion va texnologik rivojlanishni taʼminlash borasida faol ishtirok etdi. A.I.Ernazarov 2024-yilning iyun oyidan Irrigastiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy hodim lavozimida faoliyat olib bormoqda. 2019-yilning Sentabr oyida A.I.Ernazarov Janubiy Koreyining Degu shahrida boʻlib o’tgan Korea International Water Week - KIWW 2019 Xalqaro forumida Yoshlar delegati sifatida faol ishtirok etgan. Forum doirasida u xalqaro sessiyalarda ishtirok etib, suv resurslaridan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv xavfsizligini ta’minlash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlagan hamda ularni milliy amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqqan. A.I. Ernazarov 2020-yilning Iyun-Iyul oylarida Janubiy Koreyaning Daejeon shahrida K-water Academy hamda UNESCO International Centre for Water Security and Sustainable Management tomonidan tashkil etilgan “Integrated Water Resources Management” xalqaro o‘quv kursida ishtirok etdi. Mazkur kurs davomida u suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillari, suvdan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini boshqarish strategiyalari hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi. 2019-yilning Noyabr oyida A.I. Ernazarov Janubiy Koreyada Korea Institute of Human Resources Development in Science and Technology tomonidan tashkil etilgan “Creating a Healthy Research Environment for Business Plus BK21” o‘quv kursida ishtirok etdi. Mazkur kurs davomida u ilmiy loyihalarni samarali boshqarish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, ilmiy muassasalarda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini qo‘llash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi. A.I. Ernazarov 2022-yilning Dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan tashkil etilgan “Davalt fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi”da ishtirok etdi. Kurs davomida u davlat boshqaruvi tizimi, davlat xizmatini tashkil etish, zamonaviy boshqaruv usullari, strategik rejalashtirish va qaror qabul qilish jarayonlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. 2025-yilning Fevral oyida A.I. Ernazarov Jaxon Banki va Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Project Management Practices based on PMBOK Guide – 7th Edition” xalqaro o‘quv kursida ishtirok etdi. Mazkur kurs davomida u loyiha boshqaruvining zamonaviy tamoyillari, PMBOK 7-chi nashri asosidagi yondashuvlar, loyiha hayotiy sikli, risklarni boshqarish, manfaatdor tomonlar bilan ishlash hamda natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv metodologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi. A.I. Ernazarov 2025 yil aprel oyida Polsha mamlaktining Belostok Oliy Iqtisodiyot Universtittetida ilmiy stajirovka o‘tadi. Stajirovka davomida u suv xo‘jaligi iqtisodiyoti, suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bordi. Shuningdek, stajirovka davomida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni shakllantirish, hamda suv xo‘jaligi sohasida innovatsion yechimlarni iqtisodiy asoslash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi. Xalqaro tajriba asosida suv resurslarini boshqarishda iqtisodiy yondashuvlar, investitsiyalarni jalb qilish va resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar bilan tanishdi. A.I. Ernazarov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan xalqaro ilmiy stajirovkalar tanlovi gʻolibi boʻlgan va 2026-yilning Mart-May oylarida Malayziya mamlakatining Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI)da bo‘lib o‘tkan ilmiy stajirovka dasturida ishtirok etdi. Ilmiy stajirovka davomida u suv resurslarini boshqarish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish raqamli modellashtirish usullari va suv xo‘jaligida “smart” texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Shuningdek, xalqaro olimlar bilan tajriba almashib, ilmiy maqolalar tayyorlash, yuqori reytingli jurnallarda chop etish hamda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tajriba orttirdi. 2026-yilning iyun oyida A.I. Ernazarov Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat departamenti koʻmagida American Councils for International Education tomonidan tashkil etilgan nufuzli Uzbekistan Business Leaders (UBL) xalqaro dasturi tanlovi gʻolibi boʻldi. Mazkur dastur doirasida u AQShning yetakchi universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, innovatsion kompaniyalari va texnologik startap ekotizimlarida malaka oshirdi. Dastur davomida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, innovatsion mahsulotlarni bozorga olib chiqish, ilm-fan, taʼlim va biznes integratsiyasini rivojlantirish, texnologiyalar transferi, startaplar va spin-off korxonalarini tashkil etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrgandi. Shuningdek, AQShning yetakchi mutaxassislari va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyib, Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, qoʻshma ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda suv xoʻjaligi sohasida zamonaviy texnologiyalarni tijoratlashtirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqdi. 2026-yilning avgust oyida A.I. Ernazarov Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligi (German Federal Foreign Office), IHE Delft Institute for Water Education, Kazakh-German University (DKU), GIZ, International Fund for Saving the Aral Sea (IFAS) hamda boshqa xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan 8th Aral Sea Summer School – “Teaching for Sustainability: From Knowledge to Impact” xalqaro yozgi maktabida qatnashish uchun o‘tkazilgan tanlov gʻolibi boʻldi. Mazkur dastur Qozogʻistonning Olmaota shahri va Orolboʻyi hududida oʻtkazilib, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi, integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish, suv va oziq-ovqat xavfsizligi, Orol dengizi ekotizimini tiklash yoʻnalishlarini qamrab oldi. Dastur davomida u xalqaro ekspertlar, olimlar va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan yosh mutaxassislar bilan tajriba almashib, Orolboʻyi hududida olib borilayotgan ekologik tiklanish va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, GAT va masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanish, dala tadqiqotlari natijalarini taʼlim va ilmiy-amaliy faoliyatga integratsiya qilish, ilmiy bilimlarni keng jamoatchilikka samarali yetkazish hamda mintaqaviy ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilgʻor tajribalarni oʻrgandi. Mazkur xalqaro dasturda ishtirok etishi uning barqaror suv resurslarini boshqarish, iqlim oʻzgarishiga moslashish hamda xalqaro ilmiy hamkorlik sohalaridagi kasbiy malakasi va ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qildi. A.I. Ernazarov 2025-yildan boshlab Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasining KOICA dasturlari bitiruvchilari kengashi a’zosi hisoblanadi. A.I. Ernazarovning ilmiy izlanishlari gidravlika, muhandislik gidrologiyasi, sug‘orish texnologiyalari, tuproq namligi dinamikasi va suv resurslarini samarali boshqarish masalalariga qaratilgan. Uning ilmiy faoliyatida gidrodinamik modellashtirish, irrigatsiya tizimlarining samaradorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda suv xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish muhim o‘rin tutadi. 2014-2026-yillar davomida A.I. Ernazarov mahalliy va xorijiy ilmiy loyihalarda samarali faoliyat olib borgan, xususan: - FA-F5-T125 “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishdagi subirrigatsiya jarayonlarining gidrodinamik qonuniyatlarini yaratish” fundamental loyihalasida kichik ilmiy hodim. Loyiha doirasida sug‘orish jarayonlarini turli rejimlarida egatdagi sug‘orish suvi, namlik infiltratsiyasi hamda grunt suv sathining o‘zgarishining o‘zaro bog‘liqligi hamda tuproq namlanish sohasining holatini boshqarish bo‘yicha qonuniyatlar yaratildi. - QX-A-QX-2018-276 “Chirchiq Bozsuv derivatsiya kanali suvini Mirzacho‘l hududiga tashlash va Katta Namangan kanalidan foydalanish samaradorligini oshirish” amaliy loyihasida katta ilmiy hodim. Loyiha doirasida Chirchiq-Ohangaron havzalaridan Sirdaryo daryosiga (Qozog‘iston Respublikasi tomon) behuda tashlab yuborilayotgan 2 km3/yil suv resurslarini (O‘zbekiston Respublikasi limiti doirasida) Sirdaryo va Jizzax viloyatlari iqtisodiyoti uchun foydalanish mexanizmlari ishlab chiqildi - PZ-2020112930 “Yirik daryolardan to‘g‘onsiz suv olish gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda gidravlik moslash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasida katta ilmiy hodimi. Loyiha doirasida Amudaryodan Qarshi mashina kanaliga to‘g‘onsiz suv oluvchi gidrotexnik inshootlaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishning gidravlik moslash texnologiyasi ishlab chiqildi. Yirik daryolardan to‘g‘onsiz suv olish gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda gidravlik moslash texnologiyasi asosida zemsnaryadlar sonini maqbullashtirish orqali Qarshi mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan elektr energiyasi va yoqilg‘i moylash materiallari uchun xarajat qilinadigan yillik 8,0 mlrd. so‘m mablag‘larni iqtisod qilinishiga erishildi. - Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish” (REP) grant sub-loyihasi doirasida amalga oshirilgan REP-24112021/66 “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini egatlab sug‘orishda tuproq namligini boshqarishning gidravlik texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy loyiha rahbari. Loyiha doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanish sohasi holati dinamikasini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirildi hamda botqoqlanishga uchragan so‘g‘orish erlari uchun raqamlashtirilgan sayoz drenaj tizimini texnologiyasi va yangi turdagi drenaj tizimining o‘zan inshooti yaratildi. - Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi “Ilmiy tashkilotlarni modernizasiya qilish” (PRIM) grant sub-loyihasi doirasida amalga oshirilgan “Irrigasiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutini modernizasiya qilish” mavzusidagi loyihada strategik rivojlantirish va menejment bo‘yicha mutaxassis. Loyiha doirasida Institutning ilmiy tadqiqot infratuzilmasi takomillashtirilib, institut laboratoriyalari zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Irrigasiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining 2026-2030-yillarha mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatini rivojlantirish kontsepsiyasini ishlab chiqildi. Institut qoshida tadqiqot, biznes hamkorlik va tijoratlashtirishni ta‘minlash uchun suv sohasida raqamli texnologiyalarni yig‘ish va ishlab chiqarish bo‘yicha konstruktorlik byurosi tashkil etildi. - Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga biznes-investitsiya (BIRD) grant sub-loyihasi doirasida amalga oshirilgan “Kompozit materialli LK-60, LK-80 va LK-100 sug‘orish lotoklarni tayyorlashning avtomatlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish hamda sanoat miqyosida joriy etish” mavzusidagi loyihada bosh texnolog. Loyiha doirasida LK-60, LK-80 va LK-100 turdagi innovatsion kompozit sug‘orish lotoklarining sanoat prototiplari ishlab chiqilib, ularning yuqori mustahkamlikka, gidravlik samaradorlikka va mavjud irrigatsiya tizimlariga mosligi ta’minlandi. Turli hududlarda o‘tkazilgan dala sinovlari natijasida suv yo‘qotishlarining kamayishi, ekspluatasiya xarajatlarining pasayishi va ishonchlilikning oshishi tasdiqlandi. Loyiha doirasida mamlakatimizning 10ta hududida ishlab chiqarilgan mahsulot joriy etildi.
A.I. Ernazarov institut ilmiy faoliyatida o‘z ishiga mas’uliyatli, talabchan va izlanuvchan mutaxassis bo‘lib, ilmiy hodimlar va soha vakillari orasida katta hurmatga sazovor. U o‘ziga yuklatilgan vazifalarni doimo sidqidildan, zamon talablari darajasida va samarali bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, u malakali va adolatli ilmiy xodim sifatida o‘ziga nisbatan yuqori talab qo‘yadi. O‘z faoliyati davomida tirishqoqligi, mustaqil fikrlashi va ilmiy izlanishga bo‘lgan yuqori salohiyati bilan ilmiy jamoa orasida alohida obro‘-e’tiborga ega.