DJUMAYEVA SANOBAR ABSAATOVNA
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Pedagogika kafedrasi dotsenti
• Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
• Oilali 2 nafar farzandning onasi
• 1 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya, 5 ta uslubiy qo’llanma, mahalliy va xorijiy nashrlarda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan.
. Djumayeva Sanobar Absaatovna 1975-yil 29-dekabrda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1992-yilda oʻrta maktabni tugatgan. Millati – oʻzbek. Oilali, 2 nafar farzandning onasi. Djumayeva Sanobar Absaatovna 1993-yilda Nizomiy nomidagi TDPIga oʻqishga kirib, Maktabgacha tarbiya fakultetining pedagogika va psixologiya oʻqituvchisi, tarbiyachisi mutaxassisligi boʻyicha 1998-yilda Nizomiy nomidagi TDPUni tamomlagan. Mehnat faoliyati: 1998-1999 yy. – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kabinet mudiri. 1999-2013 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi oʻqituvchisi. 2013-2020 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta oʻqituvchisi. 2020-yil 2-sentabrdan – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Umumiy pedagogika” kafedrasida dotsent v.b. lavozimida. 2025-yil sentabrdan hozirgi vaqtga qadar – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 2020-yil 14-iyulda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengashda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Pedagogik korreksiya vositasida oliy taʼlim jarayonida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etish texnologiyasi” mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2020-yil 28-avgustdagi 285/1-sonli bayonnomasiga asosan unga pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan (01 № 003330). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 29-noyabrdagi 4-sonli bayonnomasi asosida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan (03 № 012850). S. A. Djumayevaning umumiy ish staji – 34 yil, ilmiy va pedagogik ish staji – 27 yil. Djumayeva Sanobar Absaatovna oʻquv jarayoniga zamonaviy oʻqitish usullarini, yangi pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, texnik vositalarni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik uslublarini joriy etishda faol qatnashib kelmoqda. Asosiy dars mashgʻulotlarini “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” fakultetida va “Tarix” fakultetida olib boradi. Shu kungacha ilmiy izlanishlari davomida 200 dan ortiq Oʻzbekiston va chet ellarda ilmiy maqolalar va 5 ta metodik qoʻllanma, 1 ta oʻquv qoʻllanma nashr ettirgan. Sanobar Djumayeva 14 nafar magistrga rahbarlik qilgan va muvaffaqiyatli yakunlagan. Hozirgi kunda esa 3 nafar magistrning magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Djumayeva Sanobar Absaatovna “Umumiy pedagogika” kafedrasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul boʻlib ishladi. Kafedraning talabchan professor-oʻqituvchilaridan biri sifatida oʻz mavqeiga ega. Rahbariyat tomonidan zimmasiga yuklatilgan topshiriqlarni vijdonan va sidqidildan oʻz vaqtida bajaradi. Universitet miqyosida oʻtkaziladigan bayramlarda faol ishtirok etib keladi. Shuningdek, barcha fakultet miqyosidagi talabalar turar joyida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning tashkilotchisi boʻlib, ishga masʼuliyat bilan qaraydi.