Djumayev Mamanazar Irgashevich, 1960-yilda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani Poshxurt qishlog‘ida tug‘ilgan. Sherobod tumanidagi 33-o‘rta maktabni tugatgan. 1979–1984-yillarda Termiz davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti talabasi bo‘lgan. 1984-yil Termiz DPI ning matematika yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1984–1989-yillar Sherobod tumanidagi 33-o‘rta maktab matematika o‘qituvchisi, ilmiy bo‘lim mudiri lavozimlarida ishlagan. 2001–2002-yilda Nizomiy nomidagi TDPUning “Amaliy psixologiya” mutaxassisligini tugatgan. 1999-yildan pedagogika fanlari nomzodi. 2017-yildan professor. Xalq ta’limi a’lochisi (2007). 2022-yil “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 1995–2002-yillarda aspirantura bo‘limi boshlig‘i; M. Djumayev 2006–2008-yillarda Gumanitar fakultetlarda matematika kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. M. Djumayev 4 ta monografiya va 15 dan ortiq darsliklar muallifi. Oliy o‘quv yurtlari uchun «Oliy matematika», «Matematika o‘qitish metodikasi», «Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi» darsliklari va «Matematika o‘qitish metodikasidan praktikum», «Matematika o‘qitish metodikasidan laboratoriya mashg‘ulotlari» o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek, pedagogik yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlari uchun «Matematika o‘qitish metodikasi», «Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi» o‘quv qo‘llanmalari, 3 ta monografiya va respublikamizda o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, qoraqalpoq tillarda o‘qitiladigan umumta’lim maktablarining 1 va 2-sinfi uchun «Matematika» darsliklari, «Matematika daftari», «O‘qituvchi kitobi» o‘quv qo‘llanmalari muallifidir. M. Djumayev ustoz-shogird tizimida 10 dan ortiq talaba va magistrlari bir necha marotaba Respublika fan olimpiadalari g‘olibi bo‘lgan. M. Djumayev ilmiy rahbarligida “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” yo‘nalishida talaba bir nechta shogirdlari Respublikada “Innovatsion g‘oyalar” tanlovi g‘olibi va ilmiy rahbarligida magistrant shogirdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi bo‘ldi. 2009-yil Almatida o‘tkazilgan Dunyo matematiklari III kongressi ishtirokchisi, 10 dan ortiq davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda shaxsan chiqish qilgan. M. Djumayev 500 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Shundan 100 dan ortiq ilmiy maqolasi nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilingan. M. Djumayevning ilmiy maqolalari AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston mamlakatlari ilmiy jurnallarida chop etilgan. M. Djumayev Rossiyaning “Gumanitarnыy traktat”, Tojikistonning “Payomi Donishkada”, “Vestnik Instituta”, “Anvori ilim/Svetoch nauki”, O‘zbekiston OAK tasarrufidagi jurnallar “Muallim ham uzluksiz bilimolgay” (Nukus), Journal of “Science-Innovative Research in Uzbekistan”, “Pedagogika va psixologiyada innovatsiyalar” ilmiy jurnallar tahririyati a’zosi bo‘lgan. M. Djumayev ilmiy rahbarligida 10 nafar shogirdi nomzodlik (PhD) ilmiy darajasini oldi. OAKning ilmiy kengashlaridagi himoyada 15 ta fan nomzodlariga rasmiy opponent bo‘lgan. M. Djumayev O‘zbekiston hamda xorij talabalari o‘rtasidagi aloqalarning o‘rnatilishi va do‘stlik rishtalarining mustahkamlanishiga ham sabab bo‘lmoqda. Uning ko‘p yillik sa’y-harakatlari natijasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda M. Avezov nomidagi Janubiy Qozig‘iston universiteti, S. Ayniy nomidagi Dushanbe davlat pedagogika universiteti, Nosir Xisra nomidagi Boxtar universiteti o‘rtasida Memorandum imzolandi. Mazkur Memorandum doirasida 2022–2026-yillar talabalar mobil almashinuvi amalga oshirildi. O‘qituvchilar sulolasining munosib vakili Djumayev Mamanazar Irgashevich hamkasblari va talaba-magistrantlarining hurmatiga sazovor bo‘lgan, mas’uliyatli, tashabbuskor pedagogdir. U o‘zining tajribasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha fikrlari, g‘oyalari bilan muntazam ravishda hamkasblari doirasida va respublika o‘qituvchi pedagoglari bilan 2002–2022-yillarda boshlang‘ich sinf matematika darsligi muallifi sifatida o‘rtoqlashib keladi, turli tashkilotlarda ma’ruzalar bilan qatnashadi, OTMlarda master-klass o‘tkazadi, Respublika miqyosida, shuningdek, Qozog‘iston OTMlarida hammualliflikda matematika va uni o‘qitish metodikasi darsliklari chop etilib, ta’limda innovatsion yondashuv nufuzini oshirish yo‘lida tinmay mehnat qiladi. M. Djumayev bilimga chanqoq, izlanuvchan, o‘z ustida ijodiy ishlaydigan o‘qituvchi, ilmiy ishga nisbatan layoqatli, ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib turadi. Bir necha bor darsliklar tanlovi g‘olibi. Respublika gazetalari, radio va televideniye orqali bir necha bor ta’lim-tarbiya samaradorlikka erishish borasidagi eshittirishlar muallifi. M. Djumayev jamoa orasida mehnatsevarligi bilan obro‘-e’tiborga ega. Bir necha bor fakultet va universitet rahmatnomasiga sazovor bo‘lgan. Oilali, 4 farzandning otasi.