Dehqonov Javohir Mirzali o‘g‘li 1991 - yil 26 - iyulda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
1998-2001- yilning Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 17-o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.
2001-2007- yillarda tanlov asosida Uchko‘prik tumanidagi “Ziyo” iqtidorli bolalar maktab internatida ta’lim olgan.
2007-yilda tanlov asosida Farg‘ona harbiy - texnika yo‘nalishidagi akademik litseyga o‘qishga kirgan hamda uni 2010 - yilda tamomlagan.
2013-yil Toshkend shahridagi 71186-sonli harbiy qismda telefonist lavozimida muddatli harbiy xizmatni o‘tadi.
2013-2017-yillarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yakka kurash sport turlari fakulteti taekvondo WTF yo‘nalishida o‘qidi.
2013-2017-yillarda Taekvondo sport turi boyicha milliy terma jamoa safida shug‘ullangan. Sport sohasida quyidagi yutuqlarga erishgan: Xalqaro toifadagi sport ustasi, Taekvondo ITF yo‘nalishi bo‘yicha 4-DAN qora belbog‘ sohibi, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni va xalqaro musobaqalar ishtirokchisi bo‘lgan. 2015-yili Janubiy Koreyaning Geongju shahrida o‘tkazilgan “Geongju open” musobaqasida 87-kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni, 2016-yili Birlashgan arab amirligida o‘tkazilgan “Fujairah open” musobaqasida 87 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egallagan.
2017-2021-yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumani 2-sonli bolalar va o‘smirlar maktabida taekvondo sport turi bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlagan.
2018-2019-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida iqtidorli yoshlar bilan ishlash ma’naviy marifiy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
2019-2020-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti sport kompleksida muhandisi lavozimida ishlagan.
2019-2021-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti sport inshootlari mudiri hamda, Taekvondo va sport faoliyati fakultetida stajyor o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
2018-2020-yillarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sport menejmenti bo‘yicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
2021-yil 30-iyun kuni dotsent ilmiy unvonini olgan. Uzunlikka sakrovchilarning mashg‘ulot jarayonida tezkorlik-kuch sifatlarini rivojlantirish uslubiyati, Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarni jismoniy tarbiya sifatlari hamda estetik hususiyatlarini rivojlantirishda harakatli o‘yinlarini o‘rni va amaliy ahamiyati, Volebol tarixi rivojlanishi va musobaqa qoidalari haqida tushunchalar, Gandbol sport turning rivojlanishi tarixi va istiqbollari “Muallim ham uzluksiz bilim beradi,, ilmiy - metodik jurnali, Yuqori malakali taekvondochilarni musobaqa qoidalarining o‘zgarishiga xos ravishda jismoniy tayorgarligini oshirish yo‘llari, Yuqori malakali taekvondochilarning jismoniy tayorgarligini oshirishning samarali usullari “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, nazariy va amaliy strategiyalar tadqiqi” mavzusida Respublika ko‘p tarmoqli ilmiy konferensiyalarida chop etilgan maqolalar muallifi hamdir.
2021-2022-yil Termiz davlat universitetida xo‘jalik bo‘lim boshlig‘i.
2022-yildan hozirgi kunga qadar Termiz davlat universiteti fizika va matematika fakultetida yoshlar masalalari, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda sport faoliyati va boshqaruv fakultetida dotsent vazifasida ishlab kelmoqda.