MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ALIMOVA SHAXNOZA OKTYAMOVNA

ALIMOVA SHAXNOZA OKTYAMOVNA

Buxor davlat universiteti, Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, i.f.f.d., PhD • Iqtisodiyot falsafa fanlari doktori (PhD), • Oilali • 1 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya, 10 ta metodik qoʻllanma, mahalliy va xorijiy nashrlarda 40 ta ilmiy maqolalar jumladan 1 ta Scopus Q1 bazasida maqola chop ettirgan.
Alimova Shaxnoza Oktyamovna 1991-yil 27-aprelda Buxoro shahrida tugʻilgan, millati — oʻzbek. Buxoro shahridagi 34-umumtaʼlim maktabini 2007-yilda imtiyozli shahodatnoma bilan tamomlagan. 2007–2010-yillarda BuxOO va YesTI huzuridagi akademik litseyda xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha tahsil olib, uni ham imtiyozli tugatgan. 2011–2015-yillarda Buxoro davlat universitetining Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish yo‘nalishi bakalavriatini, 2018–2020-yillarda esa Turizm magistratura mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2023–2025-yillarda Turizmni rivojlantirish tadqiqot instituti tayanch doktoranti boʻlgan. 2026-yilda Turizmni rivojlantirish tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy kengashda 08.00.17 – "Turizm va mehmonxona faoliyati" ixtisosligi boʻyicha dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Sh.O. Alimova mehnat faoliyatini 2016–2019-yillarda TIIAME Buxoro filialida Xalqaro bo‘lim uslubchisi lavozimida boshlagan. 2020-yildan buyon Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

2024-2025 yilning noyabr-yanvar oylarida Sh.O.Alimova Ispaniya davlatining Valensiya, Madrid va Barselona shaharlari hamda Turkiya, Italiya, Fransiya davlatlarida boʻlib, turizm sohasida olib borilayotgan islohotlarni oʻrgangan. Oʻz ishiga masʼuliyatli, talabchan va izlanuvchan yosh olima sifatida jamoa aʼzolari va malaka oshirish tinglovchilari orasida alohida hurmatga sazovor. U har qanday jamoaning munosib aʼzosi boʻlib, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajara oladi hamda oʻz faoliyati davomida oʻzini tirishqoq, izlanuvchan va mustaqil ilm olishga qobiliyatli shaxs sifatida namoyon etib kelmoqda.