AKBAROVA DONO RAHMATDJONOVNA
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi katta o‘qituvchisi
• “Navoiy” nomli davlat stependiya sohibi
• Oilali 3 nafar farzandning onasi
• 1 ta oʻquv qoʻllanma, mahalliy va xorijiy nashrlarda 80 ga yaqin ilmiy maqolalar chop ettirgan.
Akbarova Dono Rahmatdjonovna 1985-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek. Toshkent shahridagi 179-umumtaʼlim maktabini imtiyozli tamomlagan. 2001-2004-yillarda Toshkent shahridagi “Mehr-shafqat” tibbiyot kollejini “Hamshiralik” yoʻnalishida tahsil olgan va imtiyozli tamomlagan. 2013-2017-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini Jismoniy madaniyat (Xotin-qizlar sport) yo‘nalishi bakalavriat, 2017-2019-yillarda Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2016-yilda “Navoiy” nomli davlat stependiya sohibi bo‘lgan. 2023-2026-yillar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi boʻlgan. 2026-yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy Ilmiy kengashda “13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligiidan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2025-yil jismoniy madaniyat yoʻnalishi boʻyicha katta o‘qituvchi lavozimiga o‘tgan. 2004-2017-yillarda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida hamshira lavozimida faoliyat yuritgan. D.R. Akbarova 2017–2019-yillarda Toshkent shahridagi 232-umumtaʼlim maktabida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2015-yil 30-aprelda “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlari” respublika ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan. 2016-yil 30-martda Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda amaliyoti fani bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining 2-bosqich saralash bosqichida 2-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2016-yil aprel-may oylarida ilmiy-tadqiqot ishlari asosida “E-yoshlar” internet tanlovining “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” nominatsiyasida “O‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom tarbiyalash – bizning farzimiz” shiori ostida eng yuqori ko‘rsatkichni qo‘lga kiritgan. 2016-yil 10-mayda “Place of physical exercises in the schedule” nomli maqolasi International Conference on European Science and Technology xalqaro jurnalida chop ettirilib, sertifikat bilan taqdirlangan. 2016-yil 12-mayda “Features of anatomic and psychophysiological development of juvenile school students” nomli maqolasi Londonning nufuzli Global International Scientific Analytical Project jurnalida chop ettirilib, sertifikat olgan. 2016-yilda “Проблема здорового образа жизни в исследованиях” nomli maqolasi Volgogradning Science and world. International scientific journal nufuzli jurnalida nashr etilib, sertifikat bilan taqdirlangan. 2016-yil 31-mayda “Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari” talabalarning an’anaviy ilmiy-amaliy anjumanda “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” nominatsiyasi bo‘yicha diplom va sertifikat bilan taqdirlangan. 2016-yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovining Toshkent viloyati hududiy bosqichida faol ishtirok etgani uchun faxriy yorliq bilan mukofotlangan. 2016-yilda “Kamalak bilimdonlari” respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichini yuqori saviyada o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatgani uchun tashakkurnoma olgan. 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahri Uchtepa tumani XTMFMTTET bo‘limi tasarrufidagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzurida “Yoshlarga tibbiy bilimlarni jismoniy tarbiya va sport orqali singdirish” mavzusida o‘tkazilgan tadbirdagi hamkorligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. 2023–2026-yillarda Science and Innovation xalqaro ilmiy jurnalida chop etilgan ko‘plab ilmiy maqolalari uchun sertifikatlar olgan. 2023-yil 6-oktyabrda Nizomiy nomidagi TDPU professor-o‘qituvchilari o‘rtasida 1-oktyabr – "O‘qituvchilar va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlab o‘tkazilgan shahmat va shashka bo‘yicha "Rektor kubogi" sport musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egallab, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. D.R. Akbarova 2024-yil 12-sentabrda “Besh tashabbus olimpiadasi”ga bag‘ishlangan sport musobaqasida ham faol ishtirok etgan. D.R. Akbarova 2025-yil 3-aprelda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab “Rektor kubogi” doirasida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalarida hakam sifatida amaliy yordam ko‘rsatgan. D.R. Akbarova 2023–2026-yillarda “Adiblar xiyoboni”da talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatib kelgan. D.R. Akbarova 2025-yil 7-aprelda “7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan “Sog‘lom hayot boshlash – farovon kelajak garovidir” shiori ostida Yakkasaroy sport majmuasida havaskor sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqasida darts turi bo‘yicha qatnashib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. D.R. Akbarova 2025-yil 5-mayda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 29-apreldagi 154-sonli buyrug‘iga asosan talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazishda badminton turi bo‘yicha hakam sifatida amaliy yordam ko‘rsatgan. D.R. Akbarova 2025-yil 14-noyabrda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘limi kengashi kubogi uchun Toshkent shahar bo‘linma xizmatidagi ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan “Sport – salomatlik garovi” sport musobaqasida badminton turi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. D.R. Akbarovaning 2025-yil 17-fevralda “Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari (fiziologiya)” nomli o‘quv qo‘llanmasiga patent olinib, ushbu qo‘llanma xorijda nashr ettirilgan. D.R. Akbarova pedagog sifatida o‘z kasbiy mahorati va ma’naviy dunyoqarashini takomillashtirishga katta e’tibor beradi. U mamlakatimiz yoshlarini sog‘lom fikrli, fidoyi va intellektual salohiyatli etib tarbiyalashga, fan va ta’limda yangiliklar yaratishga hamda yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida halol va fidokorona xizmat qiladigan vatanparvar, diyonatli va yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.