MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MENLIMURATOVA ELMIRA AZATOVNA

MENLIMURATOVA ELMIRA AZATOVNA

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi dotsenti

Menlimuratova Elmira Azatovna 1967 yil 8 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida  tug‘ilgan.  1989  yilda  Nukus  davlat universitetining roman-german fakultetini tugatgan  (kunduzgi  bo‘lim).  Mutaxassisligi:  ingliz  tili  va  adabiyoti.  Mehnat  faoliyatini  1989 yilda Nukus shahridagi 35-sonli o‘rta maktabda ingliz tili o‘qituvchisi, 1992 yilda Toshkent davlat universiteti Nukus flialining tillar kafedrasi assistenti, 1993 yilda kafedraning as-
sistenti  sifatida  boshlagan.  Qoraqalpoq  davlat universitetida chet tillari, 2003 yildan beri Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida Oliy ta’lim sohasida ishlaydigan Elmira Azatovna Menlimuratova 74 ta nashr muallifi. Ular orasida xalqaro jurnallarda chop etilgan maqolalar va tezislar, shuningdek Oliy ta’lim vazirligi shtampi tushirilgan o‘quv qo‘llanmalari mavjud. 9 ta o‘quv qo‘llanma, 65 ta maqolasi chop etilgan. 2024-yildan  Berdaq  nomidagi  Qoraqalpoq davlat  universiteti  “Fakultetlararo  chet  tillar” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda. Pedagogika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Menlimuratova E. 2023-yilda 28-fevralida  Chirchik  davlat    pedagogika  universiteti  huzuridagi  ilmiy  darajalar  beruvchi  
DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01  raqamli  ilmiy kengashda«Ingliz  tilini  o‘rganish  jarayonida talabalarda  madaniyatlararo  muloqot  kompetentsiyasini takomillashtirishning pedagogik asoslari” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha  falsafa  doktori  (PhD)  dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Elmira Menlimuratova xalqaro darajadagi TEFL, TESOL sertifikatlariga ega. "Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi" (2003) ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Tajribali o‘qituvchi, o‘z ishining ustasi sifatida Menlimuratova Elmira Azatovna talabalar orasida eng katta hurmatga loyiqdir.

Tajribali o‘qituvchi, o‘z ishining ustasi sifatida Menlimuratova Elmira Azatovna talabalar orasida eng katta hurmatga loyiqdir.

Universitetning ijtimoiy hayotida va talabalarning madaniy tarbiyasida faol ishtiroki uchun u faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlandi. Menlimuratova Elmira Azatovna talaba-lar bilan ko‘plab madaniy tadbirlarni o‘tkazadi, ular bilan muzey va teatrlarga tashrif buyuradi, bu talabalar o‘rtasida dunyoqarashni rivojlantirishga yordam beradi.

Menlimuratova Elmira ishbilarmon, mustaqil fikriga ega, tashabbuskor, izlanuvchi, o‘zining 35-yilga yaqin serqirra mehnat faoliyatini mamlakatimiz ta’lim, ilm-fan sohasining rivojiga, yoshlarning malakali kadr bo‘lib yetishishiga va xalqiga xizmat qilishga bag‘ishlab kelmoqda.