MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

XONKELDIYEVA  MUXABBAT  TURGUNOVNA

XONKELDIYEVA MUXABBAT TURGUNOVNA

Kimyo fanlari falsafa doktori, Toshkent davlat agrar universiteti Biokimyo va fiziologiya kafedrasi dotsenti

Xonkeldiyeva Muxabbat Turgunovna  1975-yil  5-dekabrda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1982-1992-yillari  Yu.Gagarin (hozirda A.Temur nomi berilgan) nomli 3-umumta’lim maktabini imtiyozli tamomlagan. A’lo baholarga o‘qiganligi va na’munali xulqi uchun maktab bitiruvchisi sifatida oltin medal bilan taqdirlangan. 1992-1997-yillari Farg‘ona davlat universiteti Kimyo fakultetida tahsil olib, kimyogar va kimyo o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis diplomini olgan. 1997-2004-yillari Farg‘ona politexnikumi, Yozyovon agrobiznes kolledji hamda Quva tumani 4-umumta’lim maktabida kimyo o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2004-2006-yillari Farg‘ona politexnika institutida katta laborant vazifasida olib borgan faoliyati unga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga turtki bo‘lgan. 2006-2007-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy Umumiy va noorganik kimyo instituti tadqiqotchi-izlanuvchisi,  2007-2014-yillarida esa O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, 2014-2016-yillari Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida (hozirda tayanch doktorantura deb ataladi)   tahsil olgan. 2020 yildan buyon Toshkent davlat agrar universitetida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.  

M.Xonkeldiyeva 2009-yil ITEC/SCAAP dasturi asosida Hindiston davlatida ingliz tili va IT-dasturlar tizimi bo‘yicha 240 soatlik malaka oshirish kursini tamomlagan.

Xalqaro kristallografiya Ittifoqining  Bosh Assambleyasi tomonidan 2014-yilni IUCr yili deb e’lon qilingani munosabati bilan Turkiya davlatining Izmir shahridagi Dokuz Eylül Universitetida tashkil qilingan “Agilent-IYCr2014 OpenLab Turkey” Xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etgan.

M.T.Xonkeldiyevani Toshkent davlat agrar universitetida olib borgan ilmiy va pedagogik faoliyatidagi kamtarona mehnatlari e’tirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

U 2024-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №278118-sonli Tasdiqnomasiga asosan “Yangi O‘zbekistonda yosh olimlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida olib borilgan 72 soatlik “Mahorat darsi – 2024” malaka oshirish  kursini tamomlab, diplom bilan taqdirlangan.

Xalqaro hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari oliy ta’lim tizimida yo‘lga qo‘yilgan professor-o‘qituvchilarning o‘zaro akademik mobillik dasturi asosida 2024-yil aprel va iyun oylarida M.O.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti hamda Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti talabalariga o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosiga oid mavzularda ma’ruza, seminar darslarini olib borgan.

2024-yilning oktyabr oyida Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) tomonidan Ozarbayjon davlatining Baku shahrida “Iqlim o‘zgarishi va qishloq xo’jaligi sohasida ayollarning roli” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro Seminarda o‘z ma’ruzasi bilan faol istirok etgan.

U 2018-yil “Gossipol klatratlarining tuzilish xususiyatlari va issiqlik ta’sirida o‘zgarishi” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2020-yil O‘zR OAK tomonidan Bioorganik kimyo ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga tasdiqlandi va tegishli diplom sohibasiga aylandi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda agrar sohaga oid o‘quv qo’llanmasi, uslubiy qo‘llanmalari, monografiya bilan bir qatorda  Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya to‘plamlarida 100 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr qilingan.

M.T.Xonkeldiyeva ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan, 2021-2023-yillari universitetning Magistratura bo‘limi hamda Sirtqi va masofaviy ta’lim fakultetlari, 2023-yildan esa Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi, dekan maslahatchisi sifatida universitetda turli xil tanlovlar, Xalqaro, respublika miyosida ilmiy-amaliy konferentsiyalar kabi turli xil tadbirlarni tashkil etishda faol ishtirok etmoqda.

2024-yilda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan “INNOWOMEN WEEK – 2024” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligida «Agrar sohada ayollarning roli» mavzusidagi taqdimot-ma'ruzasi bilan ishtirok etgan.

M.T.Xonkeldiyeva pedagogik faoliyati bilan bir qatorda “Tarkibida ikkilamchi metabolitlar tutgan dorivor o‘simliklardan biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishni nazariy va amaliy asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiya (DSc) ishini olib bormoqda.  Bu dissertatsiya ishi  bo‘yicha Respublika va Xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar  nashr qilingan bo‘lib, ulardan 4 tasi Scopus, 4 tasi WOS ma’lumotlar bazasiga kirgan IF ga ega bo‘lgan ilmiy jurnallar qatoriga kiradi.

Xonkeldiyeva Muxabbat Turgunovna hozirgi kunda Toshkent davlat agrar universiteti Biokimyo va fiziologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Pedagogik faoliyatida bakalavriat talabalariga “O‘simliklar biokimyosi”, “Biokimyo”, “Biokimyo asoslari”, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari biokimyosi” fanlaridan magistrantlarga esa “Atrof muhit biokimyosi”, “Klinik biokimyo” kabi fanlardan bilim berib kelmoqda.