Xolmurodova Dilnoza Xolmurod qizi 1986-yil 9-noyabrda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tugʻilgan.
1993-2003-yillarda Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 37-oʻrta maktabida a’lo baholar bilan oʻqigan.
2003-2007-yillarla Samarqand davlat chet tillar institutining filologiya mutaxassisligida tahsil olgan.
2007-2009-yillarda Samarqand davlat chet tillar institutining magistraturasida tahsil olgan.
Pedagogik faoliyatini 2008-yilda oʻzi tahsil olgan Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 37-oʻrta maktabida ingliz tili oʻqituvchisi sifatida boshlagan, 2009-2012-yillarda Samarqand davlat tibbiyot institutining “Tillar” kafedrasida ingliz tili oʻqituvchisi, 2012-2016-yillarda Samarqand davlat chet tillar institutining “Ingliz tili tarixi va grammatikasi” kafedrasida ingliz tili oʻqituvchisi, 2016-yildan Samarqand davlat chet tillar institutining “Ingliz tili oʻqitish metodikasi va amaliyoti” kafedrasida katta oʻqituvchi, 2022-yildan Samarqand davlat chet tillar institutining “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogikasi” kafedrasi v.b dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
2022-yil sentabr oyida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga musharraf bo’ldi.
Xolmurodova Dilnoza Xolmurod qizi Challenges in teaching speaking to EFL learners, Oliy ta‘lim muassasalarida uzluksiz ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, Oliy ta‘lim muassasasi talabalarining til qobiliyatlari rivojlanish jarayonining shaxsiy yondashuv nuqtayi nazaridan tahlili, Challenges in teaching speaking to EFL learners, An analysis of students’ speaking ability on specific, Purpose of learning Issues in Teaching Speaking to EFL Learners, Needs Analysis for Developing Speaking Skills of Medical Students, Oliy ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonida talabalar til qobiliyatini rivojlantirish pedagogik asoslarini ishlab chiqish, Importance and benefits of teaching communications skills to medical students, Issues in teaching speaking to EFL learners, Talabalarning til qobiliyatini rivojlantirishdagi pedagogik muammolar, Activities to promote speaking in a second language, Talabalarning til qobiliyati fenomenini nazariy o’rganish kabi 30 dan ortiq respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
2021-yilda “Textbook for medical students” nomli oʻquv metodik qoʻllanmasi nashrdan chiqqan.
Xolmurodova Dilnoza Xolmurod qizi oilali, 2 nafar farzandi bor.