Xallakova Barnoxon Bahodirjonovna 1991-yil Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llari institutini servis yo‘nalishini tamomlagan, 2015-yilda ushbu yo‘nalishning magistraturasini tugatgan.
Xallakova Barnoxon Bahodirjonovna mehnat faoliyatini 2013-yildan “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Respublika ilmiy-o‘quv konsalting markazida xizmat bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan va ushbu lavozimda 2017-yilgacha faoliyat olib borgan. 2017-yildan 2019-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Turizm o‘quv konsalting markazi” xizmat bo‘limi boshlig‘i, 2019-yildan buyon Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti Kadrlar va devonxona bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyatini olib bormoqda.
O‘z faoliyati davomida Yaponiya va Xitoy davlatlarida malaka oshirish dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro sertifikatlariga ega bo‘lgan. Singapur, Turkiya va Rossiya davlatlarida xalqaro konferensiya va forumlarda turizm sohasidagi ilmiy maqola va ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.
Xallakova Barnoxon Bahodirjonovna lavozim vazifasini reja asosida o‘z vaqtida bajarish bilan birga, jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib keladi. 2017-yilda Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent, Samarqand, Xiva shaharlarida Xalqaro forumlar tashkilotchisi sifatida ishtirok etgan.
2018-yilda Italiyaning “Gallileo Ferraris” hamkorligida turizm, oshpazlik va somele yo‘nalishlari bo‘yicha “Italiya turizm haftaligi” loyihasi a’zosi sifatida ishlagan va xalqaro loyihalar bo‘yicha yaxshi ko‘nikmalarga ega bo‘lgan. 2025-yilning may oyida Xallakova Barnoxon Bahodirjonovnaning koordinatorligida “Italiya turizm haftaligi” ilmiy va amaliy tadbiri yana bir bor muvaffaqiyatli tashkil etildi. Haftalik davomida xorijiy ekspertlar tomonidan bir qator yo‘nalishlarda mahorat darslari o‘tkazildi.
Xallakova Barnoxon Bahodirjonovna, shuningdek, 2019-yilda Turizmni rivojlantirish instituti tomonidan tashkil etilgan “Me’moriy merosni saqlash va madaniy turizmni rivojlantirish” mavzusidagi birinchi xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi, 2024-yildagi “Ipak yo‘li: turizm prizmasi orqali hamkorlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2025-yildagi “Turizm va ekskursiya faoliyati: yangi muammolar va rivojlanish yo‘llari” mavzusidagi VIII Xalqaro gidlar forumi tashkilotchisi va koordinatori sifatida qatnashib, mazkur muhim tadbirlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilishida o‘z hissasini qo‘shdi.
Xallakova Barnoxon Bahodirjonovna 2021-yilda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga kirib, “Jahon inkirozi sharoitida turizm sohasini jonlantirish va rivojlantirish yo‘llari” mavzusida o‘z ilmiy ishini himoyaga tayyorladi.
Yosh olima doimiy ravishda o‘z sohasi bo‘yicha malakasini, amaliy saviyasini oshirish ustida qat’iyat bilan ishlaydigan xodimlardan hisoblanadi.
Xallakova Barnoxon Bahodirjonovna mehnat faoliyati davomida o‘zining ishchanlig, qobiliyati bilan jamoatchilik hayotida faol ishtirok etib kelmoqda, kasbdoshlariga bo‘lgan hurmati bilan ajralib turadi. O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, sifatli bajaradi. U har ishda tashabbuskor, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, to‘g‘ri so‘z, o‘z kasbdoshlariga mehribon va g‘amxo‘r xodim.