MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

TOSHKUVATOVA NODIRA AKTAM QIZI

TOSHKUVATOVA NODIRA AKTAM QIZI

Samarqand shahar Zarmed Universiteti kimyo kafedrasi oʻqituvchisi

Toshkuvatova Nodira Aktam qizi 1994-yil 27-martda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida ziyoli oilada tug`ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Turmush qurgan va 2 nafar farzandning onasi.

2000-2009-yillari – Samarqand shahar ixtososlashtirilgan 17-sonli gimnaziya maktabida tahsil olgan.

2009-2012-yillar Samarqand shahar So’zangaron tibbiyot kolleji hamshiralik ishi yo’nalishi talabasi.

2015-2019-yillar Samarqand davlat universiteti kimyo fani mutaxassisligi bo’yicha bakalavriat bosqichi va 2019-2021-yili magistratura bosqichida tahsil olgan.

2022-2024-yillari tayanch doktoranturada tahsil olgan.

2008-yilgi viloyat fan olimpiadasida biologiya fanidan 2-o‘rinni olgan.

2012-2014-yillar Samarqand davlat universiteti “ITD7-12” va Sfp983981 grant mavzular laboranti bo’lib ishlagan.

2019-2020-yillari Samarqand shahar 50-sonli umumta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi, 2021-2022-yillar Samarqand shahar 4-sonli umumta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi bo’lib faoliyat yuritgan. 

Toshkuvatova Nodira Aktam qizi kimyo fani sohasining pedagogik va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.

U “Turg'un xlor-organik ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy obyektlarda tarqalishini analiz qilish usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilish arafasida. Uning  Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya to‘plamlarida 20 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgan. N.Toshkuvatova Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir. Jumladan, 2014-yili Almata shahrida o‘tkazilgan  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida taqdimot-ma`ruza bilan ishtirok etgan.

2024-yildan hozirgi kunga qadar Samarqand shahrida joylashgan Zarmed Universiteti kimyo kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2025-yil Zarmed universitetida tashkil etilgan xalqaro fan olimpiadasida tibbiy kimyo fanidan rais sifatida ishtirok etdi.