Sultanov Alisher Sabirjanovich 1990-yil 16-aprelda Qozog’iston Respublikasi Turkiston shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
1996-2001-yillarda Qozog’iston Respublikasi Turkiston shahrida Alisher Navoiy nomidagi 13-o‘rta maktabda o‘qigan.
2001-2005-yillarda Toshkent shahrida 122-o‘rta maktabda ta’lim olgan.
2005-2007-yillarda Toshkent shahrida 274-maktabda o‘qigan.
2009-2013-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutini Menejment yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
2013-2015-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutining magistraturasi Menejment mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2013-2015-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutining Menejment kafedrasida laborant bo‘lib ishlagan. 2015-2016-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutining Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida uslubchi lavozimida ishlagan. 2016-2019-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-2021-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutining Qurilishda menejment kafedrasi doktoranti. 2019-yilda Xitoy xalq respublikasi Uxan texnologiyalari universitetida stajirovka o‘tagan. 2021-yilda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2021-2023-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Kengashi kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yilda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2023-yilda Belorussiya milliy texnika universitetida ilmiy stajirovka o‘tagan.
2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti dekan muovini va shu yilning o‘zida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Inson resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan.
2023-2025-yillarda Fan va texnologiyalar universitetida Iqtisodiyot kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2025-yildan hozirgi kunga qadar Geologiya fanlari universiteti, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Faoliyat davomida Menejment, Tashkiliy xulq kabi mutaxassislik fanlaridan darsliklar chop ettirgan. Undan tashqari nufuzli xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar va tezislar chop ettirgan. Shu bilan birga 2021- yilda ilmiy rahbarligida 1 nafar talabasi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.